Ўзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Ijro harakatlarini amalga oshirishning



Download 1,29 Mb.
bet213/220
Sana08.02.2022
Hajmi1,29 Mb.
#438041
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   220
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

20.2. Ijro harakatlarini amalga oshirishning
umumiy shartlari

Jamiyatimizda olib borilayotgan keng qamrovli sud-huquq sohasidagi islohotlar zamirida sud hujjatlarini to‘laqonli ijro etish, buzilgan huquqlar va qonuniy manfaatlarni to‘laligicha tiklash va shu orqali sud hokimiyatining mavqeini oshirish, sudlar tomonidan chiqarilayotgan odil sudlov hujjatlarining ta’sirchanligi va samaradorligini oshirish muammosi yotadi.


Buzilgan huquqlar va qonuniy manfaatlarni sud orqali himoya qilishga oid halqaro tajriba shundan dalolat beradiki, shaxs huquqlari va manfaatlarini to‘la-to‘kis himoya qilishda sudlov organlari va boshqa organlarning hujjatlarini ijro etish o‘ziga xos o‘rin tutadi. Darhaqiqat, qonuniy va asosli chiqarilgan deb qaraladigan sud hal qiluv qarori bilan huquq buzilgan bo‘lsa, bunda huquqni to‘la va har tomonlama tiklanishiga erishishning o‘zi bo‘lmaydi. Buning uchun avvalo ushbu sud qarori to‘liq ijro etilishi lozim bo‘ladi. Zero, sud hujjatlari lozim darajada ijro etilmas ekan, sudlar tomonidan qabul qilingan odil sudlov hujjatlarining tarbiyaviy va amaliy ahamiyatiga putur yetishi mumkin.
Sud hujjatlari ular qonuniy kuchga kirgandan keyin ijroga
qaratiladi, bundan uning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda darhol ijro etilishi hollari mustasno. Sud hujjatining majburiy ijrosi, agar FPKda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, sud tomonidan beriladigan ijro varaqasi asosida amalga oshiriladi (FPKning 446-moddasi).
O‘zbekiston Respublikasi FPKning 447-moddasi talabida ijro varaqasi sud tomonidan berilgan, undiruvchining sud hujjatini majburiy ijro etishga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjat ekanligi qayd etilgan.
Har bir sud hujjati bo‘yicha bitta ijro varaqasi beriladi. Biroq, agar ijro turli joylarda yoki bir nechta undiruvchining foydasiga amalga oshiriladigan bo‘lsa, sud undiruvchilarning iltimosiga binoan ijro joyini yohud hal qiluv qarori ijrosining har bir ijro varaqasiga tegishli qismini aniq ko‘rsatgan holda bir necha ijro varaqasi beradi. Bir nechta javobgardan pul summalarini undirish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori asosida javobgarlarning soni bo‘yicha bir nechta ijro varaqasi beriladi. Bunda, agar solidar javobgarlardan undirish nazarda tutilayotgan bo‘lsa, har bir ijro varaqasida undiruvning umumiy summasi ko‘rsatilishi va solidar javobgar ekanligi ko‘rsatilgan holda javobgarlarning hammasi sanab o‘tilishi kerak. Ijro varaqasi sud hujjatini qabul qilgan sud tomonidan undiruvchiga beriladi yoki sud hujjati konuniy kuchga kirgandan so‘ng besh kun ichida undiruvchining iltimosnomasiga ko‘ra davlat ijrochisiga ijro etish uchun yuboriladi, bundan sud hujjati chiqarilishi bilanoq ijro varaqasi berilib, darhol ijro etiladigan hollar mustasno.
Jinoyat sodir qilish natijasida yetkazilgan zararni undirish,
alimentlarni undirish, mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha shikast yetganlik, shuningdek boquvchi vafot etganligi natijasida ko‘rilgan zararning o‘rnini qoplash, xodim bilan mehnat shartnomasini g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilish yohud xodimni g‘ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazishda yoki sudning ishga tiklash to‘g‘risidagi hal qiluv qarorini bajarmaganlikda aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslardan pul summalarini undirish, davlat daromadiga pul mablag‘larini undirish hollarida sud o‘z tashabbusiga ko‘ra ijro varaqasini ijro etish uchun yuboradi.
Davlat foydasiga mulkiy undiruvlar bo‘yicha ijro varaqasi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgandan so‘ng uch ish kuni ichida sud tomonidan qarzdorning joylashgan yeridagi davlat ijrochisiga yuboriladi. Ijro varaqasi elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin (FPKning 449-moddasi).
Ijro varaqasining yoki sud buyrug‘ining asl nusxasi yo‘qotilgan hollarda, sud hujjatini chiqargan sud undiruvchining yohud davlat ijrochisining arizasiga ko‘ra, ijro varaqasining dublikatini berishi mumkin. Dublikat berish haqidagi ariza ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida ko‘riladi, biroq ularning kelmaganligi dublikat berish to‘g‘risidagi masalani hal etish uchun to‘sqinlik qilmaydi. Dublikat berish to‘g‘risidagi ariza bunday ariza sudga kelib tushgan paytdan e’tiboran o‘n kun ichida sud majlisida ko‘riladi. Sudning dublikat berish to‘g‘risidagi masalaga doir ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. Xususiy shikoyatda (protestda) xususiy shikoyat (protest) bergan shaxsning yoki uning vakilining telefonlari va fakslari raqamlari, elektron pochta manzili ko‘rsatilishi mumkin.
Shu o‘rinda, ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddatiga alohida to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiqdir. Ya’ni, sudning hal qiluv qarori majburiy tartibda ijro etish uchun, agar qonunda boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, u qonuniy kuchga kirgan paytdan e’tiboran uch yil ichida taqdim etilishi mumkin. Davriy to‘lovlarni undirish uchun berilgan ijro varaqalari bu to‘lovlar undiriladigan butun davr ichida ijroga taqdim etilishi mumkin. Ijro varaqasi ijroga taqdim etilguniga qadar o‘tgan vaqt uchun davriy to‘lovlar ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan muddatlar doirasida undiriladi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan muddatlarning o‘tishi har bir to‘lov muddati tugagan kundan e’tiboran boshlanadi. Agar sud tomonidan ijro varaqasi berilguniga qadar sud hujjatining ijrosi kechiktirilgan yoki bo‘lib-bo‘lib ijro etilishiga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, unda ijro varaqasini taqdim etish muddati qaysi vaqtdan boshlanishi ko‘rsatiladi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik protsessual kodeksining 452-moddasi bayoniga ko‘ra ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddatining uzilishi, ya’ni, ijroga takdim etish muddati, agar qonunda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, ijro varaqasining ijroga takdim etilishi, shuningdek hal qiluv qarorining qisman ijro etilishi bilan uziladi. Muddat uzilgandan so‘ng uning o‘tishi yangidan boshlanadi, bunda oldingi o‘tgan vaqt yangi muddatga qo‘shib hisoblanmaydi. Ijro varaqasi to‘liq yoki qisman undirilmay qaytarilgan taqdirda, ijro varaqasini ijroga takdim etish uchun yangi muddatni hisoblash ijro varaqasi undiruvchiga qaytarilgan kundan e’tiboran boshlanadi.
Shu o‘rinda, ijro varaqasini ijroga taqdim etishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklash haqidagi norma FPK 453-moddasi tartibida belgilangan bo‘lib, ijro varaqasini ijroga takdim etishning o‘tkazib yuborilgan muddati, agar qonunda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, sud uzrli deb topgan sabablarga ko‘ra tiklanishi mumkin. O‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risidagi ariza sud hujjatini chiqargan sudga yoki u ijro etiladigan joydagi sudga beriladi. Ariza sudga kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida sud majlisida, ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilgan holda ko‘riladi, biroq bu shaxslarning kelmagan-ligi o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun to‘sqinlik qilmaydi. Arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ajrim chiqarilib, u undiruvchi va qarzdorga yuboriladi. O‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash rad qilinganligi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.
Sud hujjatining ijrosini qiyinlashtiradigan ob’ektiv holatlar mavjud bo‘lgan takdirda, sud undiruvchining, qarzdorning yoki davlat ijrochisining arizasiga binoan hal qiluv qarorining ijrosini kechiktirishga yohud uning bo‘lib-bo‘lib ijro etilishiga yo‘l qo‘yishga, uni ijro etish usuli va tartibini o‘zgartirishga haqli. Agar vakolatli davlat organining qarorida yoki taraflarning kelishuvida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, sud hujjatining ijrosini kechiktirish yohud bo‘lib-bo‘lib ijro etish uchun ko‘pi bilan bir yil muddat berilishi mumkin. Qarzdorga sud hujjatining ijrosini kechiktirish yoki uning bo‘lib-bo‘lib ijro etilishiga yo‘l qo‘yish chog‘ida, sud ushbu FPKning 9-bobida nazarda tutilgan tartibda uning ijrosini ta’minlash choralarini ko‘rishi mumkin. Sud hujjatining ijrosini kechiktirish yoki uni bo‘lib-bo‘lib ijro etish, uni ijro etish usuli va tartibini o‘zgartirish haqidagi ariza kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatda sud tomonidan ko‘riladi. Arizani ko‘rish natijalari bo‘yicha ajrim chiqarilib, uning ko‘chirma nusxasi undiruvchiga, qarzdorga, shuningdek sud hujjatining ijrosi davlat ijrochisining ish yurituvida bo‘lgan takdirda, davlat ijrochisiga yuboriladi. Ajrim ustidan FPKda belgilangan tartibda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi mumkin (FPKning 454-moddasi).



Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish