Ўзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Sud hujjatining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi masalaning hal qilinishi



Download 1,29 Mb.
bet215/220
Sana08.02.2022
Hajmi1,29 Mb.
#438041
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   220
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

20.4. Sud hujjatining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi masalaning hal qilinishi

Ish yangidan ko‘rish uchun o‘ziga topshirilgan sud o‘z tashabbusi bilan qaytarma ijro to‘g‘risidagi masalani ko‘rishi va uni yangi sud hujjatida yoki ajrimida hal qilishi shart bo‘lib, shu bilan ish yuritish tamomlanadi. Ishni yangidan ko‘rayotgan sud bekor qilingan sud hujjatining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi masalani hal qilmagan takdirda, javobgar bu sudga qaytarma ijro to‘g‘risida ariza berishga haqli. Bu ariza ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilgan holda, sud majlisida ko‘riladi. Biroq bu shaxslarning kelmaganligi sud oldiga qo‘yilgan masalaning hal etilishi uchun to‘sqinlik qilmaydi. Sud hujjatining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi ariza davlat boji to‘lanmagan holda umumiy da’vo muddati ichida berilishi mumkin. Sud hujjatining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi ariza ariza kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatda sud tomonidan ko‘riladi. Arizaga ilgari qabul qilingan sud hujjatining ijrosini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi. Sud hujjatining kaytarma ijrosi to‘g‘risidagi arizani ko‘rish natijalari bo‘yicha ajrim chiqariladi. Sud hujjatining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi masala bo‘yicha sudning ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. Sud hujjatining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi ariza qanoatlantirilgan taqdirda, sud undirilgan pul mablag‘larini, mol-mulkni yoki uning qiymatini qaytarish uchun ijro varaqasi beradi (FPKning 459-moddasi).
Sud hujjatining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi masalaning apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat instansiyasi sudi, agar u o‘zining ajrimi yohud qarori bilan hukuq to‘g‘risidagi nizoni uzil-kesil hal kilsa yoki ish yuritishni tamomlasa, sud hujjatining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi masalani hal qilishi yohud uni hal qilish uchun birinchi instansiya sudiga topshirishi shart.
Agar yuqori sudning ajrimida yoki qarorida sud hujjatining
qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi masala bo‘yicha hech qanday ko‘rsatma bo‘lmasa, javobgar birinchi instansiya sudiga tegishli ariza berishga haqli. Birinchi instansiya sudi bu arizani FPKning 459-moddasi qoidalariga binoan ko‘rib chiqadi va hal qiladi.
Mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar bo‘yicha pul summalarini undirish to‘g‘risidagi, intellektual mulk ob’ektlaridan foydalanganlik uchun haq undirish haqidagi, alimentlar undirish to‘g‘risidagi, mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha shikast yetganlik, shuningdek boquvchining vafot etishi natijasida yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash haqidagi ishlar bo‘yicha sud hujjatlari bekor qilingan taqdirda, agar bekor qilingan sud hujjati da’vogar bergan soxta ma’lumotlarga yohud u taqdim etgan qalbaki hujjatlarga asoslangan bo‘lsa, sud hujjatining qaytarma ijrosiga yo‘l qo‘yiladi.



Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish