Ўзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Chet davlat sudlarining va chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) hal qiluv qarorlarini tan olish hamda ijro etish



Download 1,29 Mb.
bet196/220
Sana08.02.2022
Hajmi1,29 Mb.
#438041
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   220
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

18.4. Chet davlat sudlarining va chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) hal qiluv qarorlarini tan olish hamda ijro etish

Chet davlat sudlarining va chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) hal qiluv qarorlari, agar bu O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan bo‘lsa, tan olinadi hamda ijroga qaratiladi.


Chet davlat sudlarining fuqarolik ishlari yuzasidan hal qiluv qarorlari, jinoyat ishlari bo‘yicha chiqarilgan hukmlarining jinoyat oqibatida yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashga oid qismi, shuningdek chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) fuqarolik nizolari bo‘yicha chiqargan hal qiluv qarorlari O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlari tomonidan tan olinishi hamda ijroga qaratilishi mumkin.
Chet davlat sudlarining yoki chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) hal qiluv qarori, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, u qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran uch yil muddat ichida majburiy ijroga qaratilishi mumkin.

Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi ariza hal qiluv qarori foydasiga chiqarilgan nizo tarafi tomonidan qarzdorning yashash joyidagi yoki turgan joyidagi sudga, agar yashash joyi va turgan joyi noma’lum bo‘lsa, uning mulki turgan joydagi sudga beriladi.


Mazkur arizada quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
1) ariza berilayotgan sudning nomi;
2) chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) nomi va joylashgan yeri;
3) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), yashash joyi yoki turgan joyi (pochta manzili), shuningdek, agar ariza vakil tomonidan berilayotgan bo‘lsa, vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi;
4) undiruvchi e’tirof etilishini va ijro etilishini iltimos qilayotgan chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarori haqidagi ma’lumotlar;
5) chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish hamda ijroga qaratish to‘g‘risida undiruvchining iltimosnomasi;
6) ilova qilinayotgan hujjatlarning ro‘yxati.
Arizada undiruvchining yoki uning vakilining telefonlari, fakslari raqamlari, elektron pochta manzili ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin.
Ariza undiruvchilarning soniga qarab ko‘chirma nusxalari bilan birga sudga beriladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan ariza mustasno.
Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi arizaga, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
1) chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) undiruvchi tan olinishi va ijroga qaratilishini iltimos qilayotgan hal qiluv qarorining chet davlat yoki O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi;
2) hal qiluv qarorining qonuniy kuchga kirganligi to‘g‘risidagi rasmiy hujjat, agar bu qaror matnining o‘zidan kelib chiqmasa;
3) hal qiluv qarori ilgari tegishli chet davlat hududida ijro etilgan bo‘lsa, uning ijro etilganligi to‘g‘risidagi hujjat;
4) hal qiluv qarori o‘z zarariga chiqarilgan va protsessda ishtirok etmagan taraf ishni ko‘rib chiqish vaqti va joyi to‘g‘risida o‘z vaqtida hamda tegishli tarzda xabardor qilinganligiga oid hujjat;
5) vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma yoki boshqa hujjat;
6) agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida davlat bojini to‘lashdan ozod qilish nazarda tutilmagan bo‘lsa, davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;
7) mazkur moddaning 1 – 5-bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlarning, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, davlat tiliga qilingan, belgilangan tartibda tasdiqlangan tarjimasi (FPKning 367-moddasi).

Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi ariza, agar O‘zbekiston Respublikasining tegishli xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, u sudga kelib tushgan kundan e’tiboran bir oydan oshmaydigan muddatda sud majlisida ko‘rib chiqiladi.


Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qilinadi. Sud majlisining vaqti va joyi haqida belgilangan tartibda xabardor qilingan shaxslarning sudga kelmaganligi ishni ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
Sud arizani ko‘rib chiqishda sudga taqdim etilgan, arz qilingan talablarni va bildirilgan e’tirozlarni asoslovchi dalillarni tekshirish yo‘li bilan holatlarni aniqlaydi.
Sud arizani ko‘rib chiqishda chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini qayta ko‘rib chiqishga haqli emas.



Sud chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olishni va ijroga qaratishni quyidagi hollarda to‘liq yoki qisman rad etadi, agar:
1) hududida hal qiluv qarori qabul qilingan davlatning qonuniga binoan u qonuniy kuchga kirmagan bo‘lsa;
2) hal qiluv qarori o‘z zarariga qabul qilingan taraf ishni ko‘rib chiqish vaqti va joyi to‘g‘risida o‘z vaqtida hamda belgilangan tartibda xabardor qilinmagan yoki boshqa sabablarga ko‘ra sudga o‘z tushuntirishlarini taqdim eta olmagan bo‘lsa;
3) ishni ko‘rib chiqish O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarga yoki qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi sudining mutlaq vakolatiga tegishli bo‘lsa;
4) O‘zbekiston Respublikasi sudining ayni bir taraflar o‘rtasida, ayni bir predmet to‘g‘risida va ayni bir asoslar bo‘yicha chiqqan nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud bo‘lsa;
5) O‘zbekiston Respublikasi sudining ish yurituvida ayni bir taraflar o‘rtasida, ayni bir predmet to‘g‘risida va ayni bir asoslar bo‘yicha nizoga doir ish mavjud bo‘lib, u yuzasidan ish yuritish chet davlat sudida ishni yuritish qo‘zg‘atilganidan oldin qo‘zg‘atilgan bo‘lsa;
6) chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini majburiy ijroga qaratish muddati o‘tgan bo‘lib, bu muddat sud tomonidan tiklanmagan bo‘lsa;
7) taraf nizoning vakolati bo‘lmagan chet davlat sudi tomonidan hal etilganligini isbotlovchi dalilni taqdim etgan bo‘lsa;
8) hal qiluv qarori chet davlatning vakolatli organi tomonidan bekor qilingan bo‘lsa;
9) hal qiluv qarori O‘zbekiston Respublikasining chet davlat sudi yoki chet davlat hakamlik sudi (arbitraji) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish bilan bog‘liq xalqaro shartnomalari ishtirokchisi bo‘lmagan chet davlat sudi tomonidan chiqarilgan bo‘lsa;
10) chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish O‘zbekiston Respublikasining suverenitetiga, xavfsizligiga zarar yetkazsa yoki qonun hujjatlarining asosiy prinsiplariga zid bo‘lsa.
Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijro etish O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra ham rad etilishi mumkin (FPKning 370-moddasi).

Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha sud FPKning 24-bobida belgilangan qoidalarga binoan ajrim chiqaradi.
Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi ish bo‘yicha sud ajrimida, shuningdek quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) nomi va joylashgan yeri;
undiruvchining va qarzdorning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi);
chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) undiruvchi tan olinishi va ijroga qaratilishini so‘rayotgan hal qiluv qarori to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
hal qiluv qarorini tan olish va ijro etish haqidagi yoxud uni e’tirof etishni va ijro etishni rad qilish to‘g‘risidagi ko‘rsatma.
Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi sud ajrimi ustidan FPKda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini ijro etish O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risida ajrim chiqargan sud tomonidan beriladigan ijro varaqasi asosida amalga oshiriladi.



Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish