Ўзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Mehnat nizolari bo‘yicha sudda ish qo`zg`atish, tayyorlash va ichni sudda ko`rishning protssessual xususiyatlari



Download 1,29 Mb.
bet157/220
Sana08.02.2022
Hajmi1,29 Mb.
#438041
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   220
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

14.3. Mehnat nizolari bo‘yicha sudda ish qo`zg`atish, tayyorlash va ichni sudda ko`rishning protssessual xususiyatlari

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat qonunchiligiga ko‘ra, quyidagilar mehnat nizosini ko`rish haqidagi ariza bilan sudga murojaat qilish huquqiga egadirlar:


1) xodim, kasaba uyushmasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi;
2) mehnatning huquq bo‘yicha inspektori;
3) beruvchi, mehnat nizolari komissiyasining qaroriga rozi bo‘lmagan taqdirda, shuningdek unga xodim tomonidan yetkazilgan zararni qoplash haqidagi nizolar bo‘yicha;
4) prokuror.
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksining 270-moddasiga ko`ra sudga yoki mehnat nizolari komissiyasiga murojaat etish uchun quyidagi mud­datlar belgilanadi:
ishga tiklash nizolari bo‘yicha – xodimga u bilan mehnat shart­nomasi bekor qilinganligi haqidagi buyruqning nusxasi berilgan kundan boshlab bir oy;
xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan moddiy zararni to‘lash haqidagi nizolar bo‘yicha – zarar yetkazilganligi ish beruvchiga ma’lum bo‘lgan kundan boshlab bir yil;
boshqa mehnat nizolari bo‘yicha – xodim o‘z huquqi buzilganligi­ni bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan boshlab uch oy.
Ushbu belgilangan muddatlar uzrli sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan taqdirda, bu muddatlar sud yoki mehnat nizolari komis­siyasi tomonidan qayta tiklanishi mumkin.
Xodimning sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplashga doir nizo­lar bo‘yicha sudga murojaat qilish uchun muddat belgilanmaydi.
Sudda fuqarolik ishlari yozma shaklda ariza berish yo‘li bilan qo‘zg‘atiladi (FPKning 189-moddasi).
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 277-moddasiga muvofiq, mehnat huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizoli ishlar bo‘yicha sudga murojaat qilgan da’vogarlardan da’vo arizalari uchun davlat boji undirilmaydi. Bu esa mehnatga oid nizoli ishlarni sudda ko‘rishning o‘ziga xos protsessual xususiyatlaridan biri bo‘lib, xodimlarning manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan chora sifatida e’tirof etiladi. Xuddi shu kabi norma O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 329-moddasida ham nazarda tutilgan bo‘lib, unga ko‘ra, da’vogarlar - ish haqini undirib olish to‘g‘risidagi da’volar va mehnat huquqlari munosabatlaridan kelib chiqadigan boshqa talablar yuzasidan umumiy yurisdiksiya sudlarida davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi.
Mehnat ishlarini sudda ko‘rishga tayyorlash bilan bog‘liq harakatlarni amalga oshirishga fuqarolik ishini qo‘zg‘atganidan so‘ng kirishadi. Ishni sudda ko‘rishga tayyorlash to‘g‘risida ajrim chiqarilishi sudya tomonidan ishni sudda ko‘rishga tayyorlash harakatlarini boshlaganligidan dalolat beradi.
Ishni sudda ko‘rishga tayyorlash bo‘yicha sudyaning amalga oshirishi lozim bo‘lgan protsessual harakatlari FPKning 204-moddasida o‘z ifodasini topgan. Masalan, ish beruvchining tashabbusi bilan ishdan bo‘shatilgan yoki boshqa ishga o‘tkazilgan xodimni ishga tiklash to‘g‘risidagi nizoni sudda ko‘rishga tayyorlash bosqichida sudya bu to‘g‘risida buyruq bergan mansabdor shaxsni javobgar tomonidan turib ishtirok etish uchun uchinchi shaxs sifatida jalb etish masalasini hal qiladi. Shuningdek, sudya mehnat nizolari yuzasidan sud majlisida davlat boshqaruvi organlari, mehnat jamoasi va jamoat tashkilotlari vakillarining ishtirok etish masalasini hal qiladi. Shu o‘rinda, mehnat intizomini buzish, ish beruvchining mol-mulkiga zarar yetkazish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha mehnat jamoasining vakilini jalb etish alohida ahamiyat kasb etadi.
Mehnat jamoalari va jamoat tashkilotlari vakillarining sud majlisiga jalb qilish sudyaning ajrimi asosida hal qilinadi. Mehnatga doir huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan nizoli ishlarni sudda ko‘rishga tayyorlashning muhim protsessual xususiyatlari mazkur turkumdagi ishni sudda ko‘rishga tayyorlash uchun maxsus muddatlarning joriy etilganligidir. Xususan, mehnatga doir huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan talablar bo‘yicha ishni sudda ko‘rishga tayyorlash ariza qabul qilingan kundan boshlab o‘n kunlik muddatdan kechiktirmay amalga oshirilishi lozim (FPKning 202-moddasi).
Mehnatga doir huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni sudda ko‘rish muddatlarida o‘ziga xos protsessual xususiyatlar mavjudligini alohida qayd etish lozim. Jumladan, FPKning 207-moddasiga muvofiq, mehnat ishlari birinchi instansiya sudi tomonidan sudda ko‘rishga tayyorlab bo‘lingan kundan e’tiboran yigirma kundan kechiktirmay ko‘rilishi lozim.
Mehnatga oid nizolarni sudda ko‘rishning protsessual xususiyatlari quyidagilar:
1) da`vogarning davlat boji to‘lashdan ozod qilinishi;
2) xodimning sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplashga doir ni­zolar bo‘yicha sudga murojaat qilish uchun muddat belgilanmaydi;
3) protsessual huquqiy vorislikka yo‘l qo‘yilmasligi (masalan, ishga tiklashda);
4) mehnat nizolari da’vo tartibida yoki sud buyrug‘i tartibida ko‘rilishi mumkin;
5) mehnat nizolari qisqa muddatda ko‘riladi (FPKning 207-moddasi);
6) mehnat nizolari bo‘yicha sud hal qiluv qarori darhol ijro etiladi (FPKning 266-moddasi);
7) mehnat nizolari bo‘yicha sud hal qiluv qarorini qaytarma ijroga yo‘l qo‘yilmasligi;
8) mehnat nizolari bo‘yicha voyaga yetmagan shaxsni sudga murojaat qilishga haqli ekanligi.



Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish