Ўзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Mehnatga oid nizoli ishlarda ishtirok etuvchi shaxslar



Download 1,29 Mb.
bet156/220
Sana08.02.2022
Hajmi1,29 Mb.
#438041
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   220
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

14.2. Mehnatga oid nizoli ishlarda ishtirok etuvchi shaxslar

Mehnatga oid huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan nizoli ishlarda taraflar korxona, tashkilot, muassasa va xodimlar hisoblanib, ular o‘rtasida nizo mehnat qonunchiligini qo‘llash borasida yuzaga kelib, sudlarda ko‘rish uchun tegishli bo‘ladi.


Sudda buzilgan huquq va qonuniy manfaatlarni himoya qilish maqsadida da’vo arizasi taqdim etish huquqini amalga oshirishning muhim shartlaridan biri protsessual harakatlarni amalga oshirishga qobiliyatli bo‘lish, ya’ni protsessual muomala layoqatiga ega bo‘lish hisoblanadi.
Sudda o‘z huquq va majburiyatlarini amalga oshirish layoqati voyaga yetgan fuqarolar va tashkilotlarga tegishlidir. Fuqaro 18 yoshga to‘lgach, fuqarolik protsessida shaxsan ishtirok etishi, protsessual harakatlarni amalga oshirishi va o‘ziga tegishli protsessual huquqlardan foydalanishi mumkin bo‘ladi. Voyaga yetmagan, ya’ni yoshi o‘n to‘rtdan o‘n sakkizgacha bo‘lgan fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari sudda ularning ota-onalari, ularni farzandlikka olganlar yoki homiylar tomonidan himoya qilinadi (FPKning 42-moddasi).
Mazkur qoidadan istisno ravishda mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar bo‘yicha xodimlarning fuqarolik muomala layoqati 15 yoshdan boshlanadi. Mehnat kodeksining 77-moddasiga ko‘ra, xodimlarning mehnat huquq layoqati umumiy qoida bo‘yicha 16 yoshdan boshlanadi. Voyaga yetmagan xodim sudda boshqa turkumdagi huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar yuzasidan protsessual muomala layoqatiga ega bo‘lmasligi mumkin, lekin mehnat ishlari bo‘yicha o‘zining protsessual huquq va majburiyatlarini to‘la hajmda amalga oshirish huquqiga ega. Xususan, FPKning 42-moddasiga muvofiq, mehnat bilan bog‘liq huquqiy munosabatlardan va olingan ish haqini yoki boshqa daromadni tasarruf etish bilan bog‘liq bitimlardan kelib chiqadigan ishlar bo‘yicha voyaga yetmaganlar sudda o‘z huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini shaxsan himoya qilish huquqiga ega ekanliklari e’tirof etiladi.
Mehnat ishlari bo‘yicha sudga shaxsan murojaat qilish huquqiga yoshidan qat’i nazar barcha xodimlar haqli bo‘ladi. Shunday ekan, sudya mehnat ishlari bo‘yicha 18 yoshga to‘lmagan xodimning da’vo arizasini FPKning 195-moddasi 1-bandiga ko‘ra, ya’ni ariza muomalaga layoqatsiz shaxs tomonidan berilganligini asos qilib qaytarishi mumkin emas.
Mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar bo‘yicha voyaga yetmaganlarga yordam berish uchun sudya o‘z tashabbusi bilan ularning ota-onalarini, farzandlikka olganlar yoki homiylarini sud protsessiga jalb qilishi mumkinligi fuqarolik protsessual qonunchiligida o‘z aksini topgan (FPKning 42-moddasi). Ushbu huquqiy norma voyaga yetmagan xodimlarning protsessual muomalaga layoqatini cheklashga qaratilmay, balki voyaga yetmagan shaxslarning sudda huquqlarini himoya qilinishining samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizoli ishlarda boshqa turkumdagi ishlardan farqli ravishda birgalikda ishtirok etuvchilar ko‘plab uchraydi. Masalan, texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda bir xil asos bilan bir necha xodimlar ishdan bo‘shatilishi mumkin va ushbu xodimlar sudda sherik da’vogarlar sifatida e’tirof etiladi.
Mehnat nizolarida uchinchi shaxslar ham ishtirok etadi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodek­sining 184-moddasiga ko‘ra, mehnat shartnomasi g`ayriqonuniy ra­vishda bekor qilingan xodimlarni yoki g‘ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazilgan xodimlarni avvalgi ishiga tiklash to‘g‘risidagi ish­lar bo‘yicha sud o‘z tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qi­lishga yoki boshqa ishga o`tkazishga farmoyish bergan mansabdor shaxs­ni uchinchi shaxs sifatida ishda ishtirok etish uchun javobgar tomo­niga jalb qilishi shart.
Sud mehnat shartnomasining bekor qilinishi yoki boshqa ishga o`tkazish ochiqdan-ochiq qonunga xilof bo‘lganligini aniqlasa, shu protsessning o‘zidayoq aybdor mansabdor shaxs zimmasiga majburiy progul yoki kam haq to‘lanadigan ish bajarilgan vaqt uchun haq to‘lash natijasida tashkilotga yetkazilgan zararning o`rnini qoplash majbu­riyatini yuklaydi. Bunday hollarda mansabdor shaxsdan undiriladi­gan summaning miqdori mehnat qonunchiligiga ko‘ra, yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash uchun to‘lanadigan haq miqdori mansabdor shaxsning uch oylik maoshidan ortib ketmasligi lozim.
Ishga tiklash to‘g‘risidagi ishlarda mansabdor shaxsni jalb etishdan maqsad, mehnat qonunchiligini buzilishini va regress da`­voni oldini olish hamda xodimga yetkazilgan zararni mansabdor shaxsdan undirishdan iboratdir.
Mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni sudda ko‘rilishida vakillarning ishtiroki o‘zining maqsadi va vazifalari bilan vakillikning boshqa turlaridan ajralib turadi.
Mehnatga oid nizoli ishlarda xodimning vakili sifatida xodim ishlayotgan korxonaning kasaba uyushmasi qo‘mitasi ishtirok etishi mazkur turkumdagi ishlarning o‘ziga xos protsessual xususiyatlaridan biridir. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 20-moddasiga muvofiq, kasaba uyushmalari, ularning korxonadagi saylab qo‘yiladigan organlari, xodimlar tomonidan saylab qo‘yiladigan organlari, ish beruvchilarning vakillik organlari mehnatga oid munosabatlarning subyektlari sifatida qatnasha oladilar.
Xodimning vakillik organi bo‘lmish kasaba uyushmalari mehnat nizolarini ko‘ruvchi organlarda xodimlar manfaatini himoya qilish huquqiga ega bo‘lib, ushbu huquqni o‘z vakillari orqali bajaradilar.

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish