Ўзбекистон республикаси адлия вазирлиги


 Otalikni belgilash to‘g‘risidagi ishlarni sudda ko‘rishning protsessual xususiyatlari



Download 1,29 Mb.
bet151/220
Sana08.02.2022
Hajmi1,29 Mb.
#438041
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   220
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

13.3. Otalikni belgilash to‘g‘risidagi ishlarni sudda ko‘rishning protsessual xususiyatlari
Oilaviy-huquqiy munosabatlarga oid normalar ichida otalikni belgilash to‘g‘risidagi masalalar oila huquqining asosiy institutlaridan biri hisoblanadi. Oila qonunchiligida otalikni belgilash masalasi o‘zaro nikohda bo‘lmagan shaxslar o‘rtasida bola tug‘ilishi va unga nisbatan nasl-nasab belgilanishi munosabati bilan vujudga keladi. Odatda otalik tushunchasi negizida biologik va yuridik asoslar mavjud bo‘lib, ular birgalikda otalikni belgilash munosabatlarini vujudga keltiradi. Oila kodeksi normalariga binoan otalikni belgilash deb o‘zaro nikohda bo‘lmagan shaxslardan tug‘ilgan bolaga nisbatan qonunda belgilangan tartibda FHDYo yoki sud organlarida nasl-nasabning belgilanishiga aytiladi.
Otalikni belgilash to‘g‘risidagi ishlarning taalluqliligini FHDYo organi yoki sudga taalluqli ishlar deb turkumlash mumkin.
Otalikni belgilash to‘g‘risidagi talab qaysi organga, ya’ni FHDYo organi yoki sudga yoxud sudning qaysi ish yuritish turiga taalluqli bo‘lishidan qat’i nazar, otalikni belgilash to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish uchun yagona asos bu-bolaning onasi bilan otaligi taxmin qilinayotgan shaxs o‘rtasida FHDYo organida qayd etilgan nikohning bo‘lmasligidir. Boshqa holatlar esa, otalikni belgilash to‘g‘risidagi ishlarni da’vo yoki alohida ish yuritish tartibida ko‘rib chiqilishiga turlicha ta’sir qiladi. Masalan, bolaning 1968 yil 1 oktyabrgacha yoki undan keyin tug‘ilganlik vaqti da’vo tartibida ish yuritishga imkon bersa, alohida tartibda ish yuritishda esa ushbu sana otalikni tan olish va otalik faktlarini belgilashga sabab bo‘ladi.
Otalikni belgilash to‘g‘risidagi talabning FHDYo organiga taalluqli bo‘lishi uchun quyidagi shartlar mavjud bo‘lishi kerak:
♦ bolaning onasi bilan o‘zini bolaning otasi deb tan olayotgan shaxs o‘rtasida FHDYo organida qayd etilgan nikohning mavjud emasligi;
♦ bolaning onasi bilan o‘zini bolaning otasi deb tan olayotgan shaxsning birgalikdagi arizasining mavjudligi;
♦ ona vafot etganda, ona muomalaga layoqatsiz deb topilganda, onaning qayerdaligini aniqlash imkoniyati bo‘lmaganda, ona onalik huquqidan mahrum qilinganda o‘zini bolaning otasi deb tan olayotgan shaxsning vasiylik va homiylik organi bilan kelishilgan arizasining mavjudligi;
♦ bolaning otasi sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilganida ota homiysining vasiylik va homiylik organi bilan kelishilgan arizasining mavjudligi.
Otalikni sud yo‘li bilan belgilashda sudya ish qo‘zg‘atish jarayonida dastlab talabning oila qonunchiligining tegishli normalariga mos kelish-kelmasligini, talabning sudga taalluqli ekanligini, talabning qaysi turkumdagi ish yuritish tartibida ko‘rilishini hal qilishi lozim.
Da’voli ishlarni sudga taalluqligining umumiy qoidalariga asoslangan holda otalikni belgilash to‘g‘risidagi ishlarning sudga taalluqli ekanligini quyidagi shartlarda ko‘rish mumkin:



FHDYo organiga otalikni belgilash to‘g‘risida ariza beruvchi subyektlar sifatida ota-ona, voyaga yetmagan ota-onaning qonuniy vakili, muomalaga layoqatsiz otaning homiysi yoki vasiylik va homiylik organlarini ko‘rsatish mumkin. Shuningdek, FHDYo organida otaning arizasi asosida otalikni belgilashga quyidagi holatlarda, ya’ni ona vafot etganda; ona sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilganda; onaning qayerdaligini aniqlash imkoniyati yoki uning yashash joyini belgilashning imkoniyati bo‘lmaganda; ona onalik huquqidan mahrum qilinganda yo‘l qo‘yiladi. Bunday holatlarda vasiylik va homiylik organining roziligi olinib, arizaga onaning o‘limi haqidagi guvohnoma nusxasi, onasi muomalaga layoqatsiz deb topilganligi to‘g‘risidagi sud qarorining nusxasi, onaning onalik huquqidan mahrum etilganligi to‘g‘risidagi sud qarorining nusxasi, ichki ishlar organlarining olti oydan ortiq muddat davomida bolaning onasi haqidagi ma’lumotlarning mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi ilova qilinadi. Shuningdek, arizaga yuqoridagi holatlarni tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari hamda vasiylik va homiylik organining roziligi ifodalangan hujjat ilova qilinishi kerakligi ta’kidlangan.


Otalikni belgilash to‘g‘risidagi ishlarning da’voli ishlar turkumiga mansubligini hisobga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi FPKning 33-moddasiga asosan, umumiy qoida bo‘yicha javobgarning doimiy yashab turgan yoki doimiy mashg‘ul bo‘lgan joyidagi sudga beriladi. Agar javobgarning yashash joyi noma’lum bo‘lsa, uning mol-mulki turgan joydagi yoki uning oxirgi yashash joyidagi sudga murojaat qilinadi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi FPKning 34-moddasiga ko‘ra, fuqarolarning huquq va manfaatlari himoyasini ta’minlash maqsadida da’vogar aliment undirish to‘g‘risidagi, otalikni belgilash haqidagi va mayib bo‘lganlik hamda sog‘liqqa boshqacha tarzda shikast yetkazganlik yoxud boquvchisining o‘limi natijasida ko‘rilgan zarar o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’volarni o‘zi yashab turgan joydagi sudga ham taqdim etishi mumkin va sudlovlilikning bunday shakli muqobil (alternativ) sudlovlilik deb yuritiladi.
Otalikni belgilash to‘g‘risidagi ishlarning alohida ish yuritish tartibida ham ko‘rib chiqilishini inobatga olsak, bunday turkumdagi arizalar arizachi yashab turgan joydagi sudga beriladi (O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 296-moddasi).
Otalikni belgilash to‘g‘risidagi ishlarni sudda ko‘rish da’vo qo‘zg‘atish va alohida ish yuritish tartibida amalga oshiriladi.
Otalikni belgilash to‘g‘risidagi ishlarni da’vo qo‘zg‘atish tartibida sudda ko‘rib hal qilish uchun quyidagi maxsus shartlarning bo‘lishi talab etiladi:

  1. bolaning onasi bilan otaligi taxmin qilinayotgan shaxs o‘rtasida FHDYo organlarida qayd etilgan nikohning mavjud emasligi;

  2. bolaning onasi bilan otaligi taxmin qilinayotgan shaxs o‘r-tasida otalikni belgilash to‘g‘risida birgalikdagi arizaning mavjud emasligi;

  3. otaligi taxmin qilinayotgan shaxsning hayot ekanligi;

  4. ona vafot etganda, ona muomalaga layoqatsiz deb topilganda, onaning qayerdaligini aniqlash imkoniyati bo‘lmaganda, ona onalik huquqidan mahrum qilinganda o‘zini bolaning otasi deb tan olayotgan shaxsning vasiylik va homiylik organi bilan kelishilgan arizasining bo‘lmasligi;

  5. bolaning otasi sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilganida ota homiysining vasiylik va homiylik organi bilan kelishilgan arizasining bo‘lmasligi;

Otalikni belgilash to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha yuqoridagi maxsus shartlar bilan birgalikda sudga murojaat qilishning quyidagi umumiy shartlari ham amal qiladiki, bularga: da’vogarning fuqarolik protsessual huquq va muomala layoqatiga ega bo‘lishi; ishning sud organlariga taalluqli va uning sudlovga tegishli ekanligi; sudning aynan o‘sha taraflar o‘rtasida, aynan bir predmet to‘g‘risida va aynan bir asoslar bo‘yicha chiqqan nizo yuzasidan qabul qilinib, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorining yoki ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrimining bo‘lmasligi kabi holatlar kiradi. Bizning nazarimizda, otalikni sud yo‘li bilan belgilash to‘g‘ri-sida da’vo qo‘zg‘atgan ona protsessual ma’noda da’vogar deb e’tirof etilishi mumkin. Lekin ish bo‘yicha ona haqiqiy da’vogar hisoblanmay, barcha hollarda da’vogar bola bo‘lib qolaveradi.
Otalikni belgilash to‘g‘risidagi fuqarolik ishini da’vo qo‘zg‘a-tish tartibida ko‘rib chiqishdan tashqari, alohida ish yuritish tartibida ko‘rib hal qilishga ham yo‘l qo‘yiladi. Oila kodeksining 62-moddasi to‘rtinchi qismida bolaning onasi bilan nikohda bo‘lmagan, lekin o‘zini bolaning otasi deb tan olgan shaxs vafot etgan taqdirda, uning otalik fakti sud tomonidan belgilanishi mumkinligi ta’kidlangan.
Qonunchilikda alohida ish yuritish tartibida otalikni tan olish va otalik faktini belgilash kabi turlari ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, ushbu faktlarni belgilash arizachiga qarindoshlik, qaramog‘ida bo‘lganlik, merosga bo‘lgan huquqni belgilash, boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasini olish va boshqa shu kabi faktlarni belgilashga imkon tug‘diradi.
Alohida ish yuritish tartibida otalikni belgilash xususiyatlaridan biri – bu bolaning onasi bilan nikohda bo‘lmagan, lekin o‘zini bolaning otasi deb tan olgan shaxsning vafot etganlik fakti hisoblanadi. Bu haqda amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 62-moddasi 4-qismida, bolaning onasi bilan nikohda bo‘lmagan, lekin o‘zini bolaning otasi deb tan olgan shaxs vafot etgan taqdirda, uning otalik fakti sud tomonidan belgilanishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi.
Ushbu turkumdagi ishlarni to‘g‘ri tushunish va aniq belgilash maqsadida ularga taalluqlilik shartlarini izohlab o‘tish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Chunonchi, otalikni tan olish faktini belgilash uchun quyidagi shartlar bo‘lishi talab etiladi:


20

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish