Ўзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Sud buyrug‘ini bekor qilish



Download 1,29 Mb.
bet143/220
Sana08.02.2022
Hajmi1,29 Mb.
#438041
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   220
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

12.5. Sud buyrug‘ini bekor qilish

O‘zbekiston Respublikasi FPKning 170-moddasiga muvofiq, sud buyrug‘i ijro hujjati kuchiga ega ekanligi belgilangan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2001 yil 29 avgustdagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga ko‘ra, sud buyrug‘i ijro hujjati hisoblanadi.


Sud buyrug‘i bo‘yicha undiruv buyruq berilganidan keyin va sud qarorlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Fuqarolik protsessual qonunchilik sud buyrug‘i chiqarilganidan keyin sudyaga uning ko‘chirma nusxasini darhol qarzdorga yuborish majburiyatini yuklaydi. Sud buyrug‘ining ko‘chirma nusxasini olgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddat ichida qarzdor arz qilingan talabga qarshi o‘z e’tirozlarini buyruqni chiqargan sudga yuborishga haqli bo‘ladi. FPKning 179-moddasi talabida sud buyrug‘i chiqaril-ganidan keyin sud uning ko‘chirma nusxasini darhol qarzdorga yuborishi lozim. Sud buyrug‘i sudyaning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin.
Amaldagi FPKning 181-moddasida ko‘rsatilgan sud buyrug‘ini bekor qilish asoslari qarzdor huquqlarining kafolati hisoblanadi. Qarzdor arz qilingan talabga qarshi e’tirozlarini buyruqni bergan sudga sud buyrug‘ining ko‘chirma nusxasini olgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatda yuborishga haqli. Bunday holda sudya sud buyrug‘ini bekor qilib, bu haqda ajrim chiqaradi. Sud buyrug‘ini bekor qilish to‘g‘risidagi ajrimda sudya undiruvchi bildirgan talab da’vo ishini yuritish tartibida takdim etilishi mumkinligini tushuntiradi. Sud buyrug‘ini bekor qilish to‘g‘risidagi ajrimning ko‘chirma nusxasi ajrim berilganidan keyin uch kundan kechiktirmay undiruvchiga va qarzdorga imzo qo‘ydirib topshiriladi yoki ularga pochta orqali yoxud elektron hujjat tarzida yuboriladi.
Aliment undirish to‘g‘risidagi sud buyrug‘i ijro ishini yuritish bo‘yicha undiruv tugaguniga qadar undiruvchining arizasiga ko‘ra bekor qilinishi mumkin.
Agar belgilangan muddatda qarzdordan sudga e’tiroz tushmasa, sudya sudning muhri bilan tasdiqlangan sud buyrug‘ini ijro etishga taqdim qilish uchun undiruvchiga beradi. Undiruvchining iltimosiga ko‘ra, sud buyrug‘i ijro etish uchun bevosita sud tomonidan yuborilishi ham mumkin. Qarzdordan davlat bojini undirish maqsadida sudning muhri bilan tasdiqlangan sud buyrug‘ining alohida nusxasi ijro etish uchun bevosita sud tomonidan yuboriladi. Qonun talabiga ko‘ra, qarzdorning davlat boji miqdori yuzasidan keltirgan e’tirozlari sud buyrug‘ini bekor kilish uchun asos bo‘la olmaydi, chunki davlat foydasiga davlat boji undirish undiruvchi va qarzdor o‘rtasidagi munosabatlarga daxldor emas. Faqat asosiy talablar yuzasidan bildirilgan e’tirozlargina sud buyrug‘ini bekor qilish uchun asos bo‘ladi.
Sud buyrug‘iga nisbatan e’tiroz bildirish uchun qonunda belgilangan o‘n kunlik muddatning qarzdor tomonidan o‘tkazib yuborilganligi sud tomonidan uzrli deb topilgan taqdirda, sud uning arizasiga asosan ushbu muddatni tiklashi mumkin. Muddatni tiklash haqida ariza bilan murojaat qilinmasdan turib, muddat o‘tkazilgandan so‘ng berilgan shikoyatlar sud tomonidan ko‘rilmaydi va muallifga qaytariladi.
FPKning 179-moddasida ko‘rsatilgan qarzdor tomonidan e’tirozlar taqdim qilinishi mumkin bo‘lgan o‘n kunlik muddat protsessual muddatlar toifasiga kirishi sababli ushbu muddatlarga nisbatan FPKning 15-bobida ko‘rsatilgan talablar qo‘llanilishi, shu jumladan, o‘tkazib yuborilgan protsessual muddatni uzaytirishni rad etish yoki tiklashni rad etish haqidagi sud ajrimi ustidan FPKning 155-moddasiga muvofiq xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.
Sud buyrug‘i shaklida qabul qilinadigan sud qarorlari barcha subyektlar uchun majburiy hisoblanadi va respublika hududida so‘zsiz ijro etilishi lozim. Bunda sud buyruqlari boshqa sud hujjatlaridan, ularni ijroga qaratishda, ijro varaqasini berishni talab qilishda farq qiladi, chunki sud buyrug‘ining o‘zi ijro hujjati bo‘lib hisoblanadi va bevosita ijro etiladi.



Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish