Ўзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Sudda ish yuritishni to‘xtatib turish muddatlari FPKning 118-moddasi bilan tartibga solinadi. Unga ko‘ra, ish yuritish quyidagi vaqtga qadar to‘xtatib turiladi



Download 1,29 Mb.
bet109/220
Sana08.02.2022
Hajmi1,29 Mb.
#438041
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   220
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

Sudda ish yuritishni to‘xtatib turish muddatlari FPKning 118-moddasi bilan tartibga solinadi. Unga ko‘ra, ish yuritish quyidagi vaqtga qadar to‘xtatib turiladi:
1) FPK 116-moddasining 1 va 2-bandlarida nazarda tutilgan hollarda – huquqiy voris ishga kirishguniga yoki ishga jalb qilinguniga qadar yoxud muomalaga layoqatsiz shaxsga qonuniy vakil tayinlanguniga qadar;
2) FPK 116-moddasining 3-bandida nazarda tutilgan hollarda – tarafning O‘zbekistan Respublikasi Qurolli Kuchlari-ning harakatdagi qismida bo‘lishi tugaguniga qadar;
3) FPK 116-moddasining 4-bandida nazarda tutilgan hollarda – sudning hal qiluv qarori yoki hukmi qonuniy kuchga kirguniga qadar yoki ma’muriy tartibda ko‘rilayotgan ish bo‘yicha qaror chiqarilguniga yohud tergov tamom bo‘lguniga qadar;
4) FPK 116-moddasining 5-bandida nazarda tutilgan hollarda – chet davlat sudining yoki hakamlik sudining (arbitraji-ning) hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi yoxud uning ijrosini to‘xtatib turish haqidagi iltimosnoma chet davlatning vakolatli organi tomonidan hal qilinguniga qadar;
5) FPK 117-moddasining 1-bandida nazarda tutilgan hollarda – tegishincha tarafning O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibida muddatli haqiqiy harbiy xizmatda bo‘lishi tugaguniga yoki mazkur shaxslar davlat majburiyatini bajarib bo‘lguniga qadar;
6) FPK 117-moddasining 2-bandida nazardatutilgan hollarda – taraf davolash muassasasidan chiqquniga yoki tarafning sudga kelishiga to‘sqinlik qilayotgan kasallik tuzalguniga qadar;
7) FPK 117-moddasining 3-bandida nazarda tutilgan hollarda – javobgarni qidirish tugallanguniga qadar;
8) FPK 17-moddasining 4-bandida nazarda tutilgan hollarda – taraf qaytguniga qadar;
9) FPK 117-moddasining 5-bandida nazarda tutilgan hollarda – ekspertiza o‘tkazish bo‘yicha harakatlar tugaguniga qadar;
10) FPK 117-moddasining 6-bandida nazarda tutilgan hollarda – sud topshirig‘ini ijro etish bo‘yicha harakatlar tugaguniga qadar to‘xtatib turiladi.
Sudning ish yuritishni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi ajrimi ustidan xususiy shikoyat qilinishi yoki xususiy protest keltirilishi mumkin.
Ish yuritish uni to‘xtatib turishga sabab bo‘lgan holatlar barham topgach, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga muvofiq yoki sudning tashabbusi bilan tiklanadi.
Ish yuritish tiklanganida sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarni umumiy asoslarda chaqiradi.
Sud ishini to‘xtatish sud qaroriga ko‘ra amalga oshadi va yuqoridagi sudlarga shikoyat arizasi bilan murojat qilish mumkin. To‘xtatilgan sud ishi yana sudning o‘z tashabbusi yoki ishda ishtirok qilayotgan shaxslarning iltimoslariga ko‘ra qayta davom qildiriladi.

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish