8.2. Da’vo arizasi, uning tuzilishi va mazmuni
Da’vo arizasida da’vogarning talablari va iltimoslari ko‘rsatib o‘tilgan bo‘ladi. Taraflar o‘rtasida kelib chiqqan moddiy-huquqiy nizoni sudda ko‘rib hal qilish maqsadida sudga taqdim etilgan da’vogarning da’vo arizasi sudda bir vaqtning o‘zida huquq himoyasining protsessual vositasi bo‘lish bilan birga sudda ish qo‘zg‘atishning protsessual vositasi bo‘lib ham xizmat qiladi.
Da’vo arizasi subyektiv huquq to‘g‘risidagi nizoni hal qilish uchun sudga murojaat qilishning qonun bilan belgilab qo‘yilgan shaklidir.
|
FPKning 188-moddasiga ko‘ra sudda ishlar yozma shaklda, shu jumladan pochta orqali yoki elektron hujjat tarzida ariza berish yo‘li bilan qo‘zg‘atilishi nazarda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |