Da’vodan voz kechish – da’vogarning sud protsessida olib borilayotgan ishni tugatishga qaratilgan da’vodan voz kechishini bildiruvchi ma’lumoti. Da’vogar agarda uning da’vosi bir necha qismdan iborat bo‘lsa, da’voning bir qismidan voz kechishga ham haqli. Da’vodan voz kechish da’vogarning bir taraflama harakati bo‘lib, har xil holatdan kelib chiqishi mumkin. Bunda ish asosan javobgarning foydasiga hal bo‘ladi, chunki uning da’vogarning huquqlarini buzishdagi ayblarini oqlashiga hojat qolmaydi va ish tugatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |