1-kazus
K. sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, I. bilan o‘zaro tuzilgan nikohdan ajratishni hamda javobgar muntazam ravishda spirtli ichimliklarni suiste’mol qilishi va o‘z oilasini moddiy jihatdan qiyin ahvolga solib qo‘yganligini ko‘rsatib, I. ning muomala layoqatini cheklashni so‘ragan.
Tumanlararo sud da’vogarning da’vo arizasini qabul qilib, ishni mazmunan ko‘rib chiqqan va da’vogarning barcha da’vo talablarini qanoatlantirish to‘g‘risida hal qiluv qaror qabul qilgan.
Savol: 1) Sudning harakatlari to‘g‘rimi? 2) Mazkur ish qanday hal etilishi lozim?
Do'stlaringiz bilan baham: |