Ўзбекистон республикаси адлия вазирлиги



Download 1,29 Mb.
bet36/220
Sana08.02.2022
Hajmi1,29 Mb.
#438041
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   220
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

3.6. Boshqa shaxslarning huquqlarini himoya qiluvchi davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va ayrim fuqarolarning fuqarolik protsessida ishtirok etishi asoslari va maqsadi

Davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va ayrim fuqarolar quyidagi asosga ko‘ra ishtirok etadilar:


qonunda nazarda tutilgan hollarda, boshqa shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun sudga ariza bilan murojaat etish;
o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish, fuqarolar, jamiyat va davlatning huquqlari, erkinliklari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida ish yuzasidan xulosalar berish uchun sud tomonidan sud protsessida ishtirok etishga jalb qilinishi;
o‘z tashabbusi bilan protsessga kirishishi mumkin.
Davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va ayrim fuqarolarning fuqarolik protsessidagi ishtirokining asosiy shakli da’vo taqdim etish hisoblanadi. FPKning 52-moddasi tartibida fuqarolik protsessida asosan davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar ishtirok etadi.



Masalan, Oila kodeksining 11-moddasida oilaviy huquqlarni himoya qilish sud tomonidan fuqarolik sud ishlarini yuritish qoidalari bo‘yicha, Oila kodeksida nazarda tutilgan hollarda esa, vasiylik va homiylik organlari yoki boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshirilishi mustahkamlab qo‘yilgan. Undan tashqari, vasiylik va homiylik organlari zimmasiga belgilangan tartibda ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risida da’vo taqdim etish, sudlarda ota-onalik huquqidan mahrum qilish yoki ularning huquqini cheklash to‘g‘risida, shuningdek ota-onalik huquqlarini tiklash to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqilayotganda ishtirok etish vazifasi yuklatiladi (Oila kodeksining 80, 82, 83-moddalari).

Qonunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan hollarda fuqarolik protsessida boshqa shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun da’vo taqdim etish yo‘li bilan jamoat tashkilotlari, shuningdek korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning vakillari va ayrim fuqarolar ham ishtirok etishlari mumkin.





Masalan, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga ko‘ra, fuqarolar yig‘ini raisining (oqsoqolining) vakolatlaridan biri sifatida davlat organlarida, shu jumladan sudda, yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlarda fuqarolar yig‘inining manfaatlarini ifodalash bayon etiladi. Shuningdek, spiptli ichimliklap, giyohvandlik vositalapi va psixotrop moddalarni suiiste’mol qilishi natijasida fuqaponi muomala layoqati cheklangan deb topish to‘g‘pisida yoki fuqaponi puhiy holati buzilganligi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) tufayli muomalaga layoqatsiz deb topish haqida sudga ariza beradi. Fuqarolik kodeksining 123-moddasida ko‘rsatilganidek, aldash, zo‘rlik, qo‘rqitish ta’siri ostida yoki bir taraf vakilining ikkinchi taraf bilan yomon niyatda kelishuvi tufayli tuzilgan bitim, shuningdek boshqa ba’zi g‘ayriqonuniy bitimlar faqat jabrlangan shaxsning da’vosi bo‘yichagina emas, davlat yoki jamoat tashkilotining da’vosi bo‘yicha ham qonunda ko‘rsatilgan organlarda haqiqiy emas deb topilishi mumkin.

Biron bir fuqaroning spirtli ichimliklar yoki narkotik moddalarni is’temol qilishi tufayli muomala layoqatini cheklash to‘g‘risida yoki ruhiy kasalligi yoxud aqli zaifligi sababli muomalaga layoqatsiz deb topilishi to‘g‘risidagi fuqarolik ishi uning oila a’zolari arizasi bo‘yicha kasaba uyushmalari va boshqa jamoat tashkilotlarining, davolash muassasasining arizasi bo‘yicha sudda vasiy, homiy organlarining vakillari ishtirokida ko‘rib hal etiladi.


Mualliflik huquqidan kelib chiqadigan nizolarda muallifning shaxsiy va mulkiy huquqlarini himoya qilish maqsadlarida sud ishida muallif huquqlarini himoya qilish bo‘yicha respublikadagi Agentlikning vakili ishtirok etishi mumkinligi qonunda o‘z ifodasini topgan.
Fuqarolik kodeksining 1054-moddasida muallif vafot etganidan so‘ng uning shaxsiy huquqlari himoya qilinishi mualliflar huquqlarini muhofaza qiladigan tashkilotlarning da’vosi bo‘yicha amalga oshirilishi mumkinligi ko‘rsatilgan.
Ba’zi hollarda fuqarolik ishining to‘g‘ri hal qilinishidan manfaatdor bo‘lgan jamoat tashkilotlari ham sudda qatnashishlari mumkin. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari, huquqlari va ularning faoliyati kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni 11-moddasiga ko‘ra, kasaba uyushmalari mehnatkashlarning mehnat huquqlarini himoya qilib, da’vo ariza bilan sudga murojaat qilishga haqlidir. Shu maqsadda kasaba uyushmalari huquqiy yordam xizmatlari va boshqa zarur idoralarga ega bo‘lishi mumkin. Xodimlarning vakillik organlari boshqa ishlar bilan bir qatorda mehnat nizolarini ko‘ruvchi organlarda xodimlar manfaatini himoya qilishda qatnashishlari mumkin.
Mehnatga oid ishlarni sudda ko‘rishda xodimlarga ishlab chiqarishda yetkazilgan zararlarni undirish va baxtsizlik hodisasining ro‘y berishi sabablari to‘g‘risida xodimlar vakillik organlarining fikr berishi (FPKning 52, 53-moddalari, MKning 259-moddasida) ko‘rsatilgan. Yakka mehnat nizolarini sudda ko‘rishda xodim manfaatini ifoda etuvchi taraf sifatida xodimlarning vakillik organi ishtirok etishi qonunda o‘z ifodasini topgan.
Mehnat nizolarini ko‘rish haqidagi ariza bilan sudga murojaat qilish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar qatorida Mehnat huquqi bo‘yicha inspektorlari ham e’tirof etiladilar (MKning 268-moddasi).
Boshqa shaxslarning huquqlarini himoya qilayotgan davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va ayrim fuqarolarning fuqarolik protsessida ishtirok etishining asosiy maqsadi sog‘lig‘ining yomonligi, mehnatga layoqatsizligi, yoshi va boshqa sabablarga ko‘ra o‘zlarining huquqlarini himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘lmagan shaxslarga sud orqali himoya qilishda ko‘maklashish va yordamlashishdan iboratdir. Shuningdek, davlat boshqaruvi idoralari, tashkilotlar va ayrim fuqarolarning fuqarolik protsessida xulosa berish maqsadida sud tomonidan jalb etilishi fuqarolik ishini to‘g‘ri hal qilish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.



Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish