Ўзбекистон республикаси адлия вазирлиги



Download 1,29 Mb.
bet167/220
Sana08.02.2022
Hajmi1,29 Mb.
#438041
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   220
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

Mulkdorlar ortasidagi uy-joydan foydalanish tartibini belgilash to‘g‘risidagi ishlarni sudda korishga tayyorlashda sudya qu­yidagi xujjatlarni talab qilishi lozim: uyga nisbatan taraflar­ning egalik huquqi mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar (uy-joy huquqiy ro‘yxatdan o‘tkazgan-ligi haqidagi yakka tartibdagi imorat­larni hisobga olish va nazorat qilish bo‘limidan (YaTIHONQB) ma’­lumotnoma, oldi-sotdi, hadya, ayirbosh-lash shartnomalari, meros ha­qidagi guvohnoma, sudning hal qiluv qarori va boshqalar), uy plani, mulkdorning oilasi haqidagi ma’lumotnoma, davlat boji to‘langan­ligi haqidagi chipta. Bunday holda sud mulkdorlarning da’volari bo‘yicha umumiy ulushda bo‘lgan uy-joydan foydalanish tartibini belgilashga haqli.

Ushbu toifadagi ishlar sud tomonidan umumiy muddatlarda ko‘rib chiqiladi. Sudda ish ko‘rib chiqilganidan so‘ng, hal qiluv qarori chiqaradi. Uy-joyga oid nizoli ishlar bo‘yicha hal qiluv qarori sud tomonidan fuqarolik protsessual qonunchiligi normalari hamda turar joyga oid munosabatlarni tartibga soladigan O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi va Fuqarolik kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga to‘liq rioya qilgan holda chiqarilishi lozim.


Mazkur ishlar bo‘yicha ham hal qiluv qarorining kirish qismida hal qiluv qarorining chiqarilgan vaqti va joyi, hal qiluv qarori chiqargan sudning nomi, sudyaning familiyasi (sud tarkibi), sud majlisining kotibi, taraflar, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar, shuningdek, nizo predmeti ko‘rsatiladi.
Hal qiluv qarorining bayon qismida da’vogarning talablari, javobgarning e’tirozlarining qisqacha mazmuni va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning tushuntirishlarini aks ettiriladi. Hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida sudning ish bo‘yicha chiqargan xulosasining faktik va huquqiy asoslari bayon etilishi lozim. Jumladan, hal qiluv qarorining bu qismida ishning sud tomonidan aniqlangan holatlari, ishning holatlari to‘g‘risidagi sud hulosalariga asos bo‘lgan dalillar, sud u yoki bu dalilni rad qilishda asoslangan xulosalar, shuningdek, ushbu munosabatni tartibga soluvchi moddiy huquq me’yorlari keltirilmog‘i, qonunning nomi, moddasi, bandi, boshqa qonun xujjatlarining soni va qabul qilingan sanasi hamda protsessual huquqiy me’yorlari ko‘rsatilishi shart. Zarur holatlarda sud O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining tegishli qarorlarini ham qo‘llashi mumkin.
Hal qiluv qarorining xulosa qismida taraflarning familiyasi, ismi, otasining ismi to‘liq keltirilishi, da’vogar talablarining qanoatlantirilganligi (to‘liq yoki qisman) yoki butunlay yoxud qisman rad etish haqidagi sudning xulosasi aniq aks ettirilgan bo‘lishi shart. Shuningdek, sud harajatlarining taqsimlanishi, hal qiluv qarori ustidan shikoyat berish (protest keltirish) muddati va tartibi ko‘rsatilishi shart.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 268-moddasiga ko‘ra, fuqarolarni binodan ko‘chirish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha hal qiluv qarori darhol ijro etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Uy-joyga oid ishlar bo‘yicha sud hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi va “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonun va boshqa qonun hujjatlari asosida umumiy tartibda ijro etiladi.



Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish