Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUTSIYASIDA JAMIYAT, DAVLAT VA HUQUQ MASALALARI



Download 1,34 Mb.
bet38/265
Sana11.02.2022
Hajmi1,34 Mb.
#442393
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   265
Bog'liq
№9. Davlat va huquq nazaruyasi va tarixi

2.7. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUTSIYASIDA JAMIYAT, DAVLAT VA HUQUQ MASALALARI

Konstitutsiya mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish sharoitida shaxs – jamiyat – davlat tizimida o‘zaro uyg‘unlikka va mutanosiblikka erishini ta'minlashga xizmat qiladi. Unda shaxs, jamiyat va davlat o‘rtasidagi munosabatlarning asosiy prinsiplari, davlat hokimiyatining tuzilishi, subyektlari, hokimiyatni amalga oshirish mexanizmi belgilangan hamda jamiyat, inson va fuqaroning davlat tomonidan qo‘riqlanadigan huquqlari mustahkamlangan.


O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi mamlakatimizda yashayotgan xalqning irodasini aks ettiradi. Konstitutsiya, avvalambor, umuminsoniy qadriyatlar va xalqaro huquqning ustunligi prinsipiga amal qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi olti bo‘limdan iborat bo‘lib, unda inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari (ikkinchi bo‘lim), jamiyat va shaxs (uchinchi bo‘lim), ma'muriy-hududiy va davlat tuzilishi (to‘rtinchi bo‘lim), davlat hokimiyatining tashkil etilishi (beshinchi bo‘lim) bilan bog‘liq qoidalar o‘z ifodasini topgan. Ularda jamiyat, davlat va huquqqa oid asosiy konstitutsiyaviy tamoyillar belgilab qo‘yilgan.
Konstitutsiyaning muqaddimasida uning asosiy maqsadi “insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish” ekanligi alohida ta'kidlanadi. Suveren, demokratik huquqiy davlat shaxs hamda jamiyat huquq va erkinliklarining himoyachisidir. Shu ma'noda, Konstitutsiya fuqaro, jamiyat va davlat o‘rtasidagi o‘ziga xos ijtimoiy shartnoma sifatida namoyon bo‘ladi. Konstitutsiyaga binoan davlat fuqarolarga shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda keng huquq va erkinliklar beradi hamda ularning amalga oshirilishini kafolatlaydi. Shu bilan birga, uning 19-moddasida ko‘rsatilganidek, fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo‘yishga hyech kim haqli emas. Konstitutsiyaning
44-moddasiga binoan har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi. Davlat fuqarolarga huquq va erkinliklar berish bilan birga, ularning zimmasiga muayyan mas'uliyat ham yuklaydi. Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha'ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga hamda Konstitutsiyada ko‘zda tutilgan boshqa burchlarni og‘ishmay bajarishga majburdirlar.
Har qanday davlatda inson va jamiyat, shaxs va jamoa o‘zaro aloqador bo‘lib, shaxs jamoaning bir a'zosi hisoblanadi. Shaxsning ham, jamoaning ham o‘z manfaatlari bo‘ladi. Konstitutsiyamiz ijtimoiy va shaxsiy manfaatlarning uyg‘unligini kafolatlaydi. Shu bilan birga, shaxsiy manfaatlar ijtimoiy manfaatlarga ziyon keltirmasligi lozimligini qonunlashtirib beradi. Aynan Konstitutsiyaning 20-moddasi fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shart deb bel­gilaydi. Demak, har bir fu­qaro Konstitutsiyada mustahkamlangan huquq va erkin­liklardan foydalanar ekan, boshqa shaxslarning manfaatlari bilan ham hisoblashmog‘i lozim. Ushbu prinsip Konstitutsiyaning boshqa moddalarida ham belgilangan. Masalan, 48-moddaga ko‘ra fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha'ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar.
Konstitutsiyada mustahkamlab ko‘yilgan shaxsiy huquq va erkinliklar, siyosiy huquqlar va demokratik erkinliklar, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar fuqarolik jamiyatida inson shaxsining moddiy, ma'naviy, ijtimoiy-siyosiy jihatlardan shakllanishi va rivojlanishi, o‘zidagi barcha qobiliyat va iste'dodni to‘la ro‘yobga chiqarishi, Vatanimiz, xalqimiz va millatimizning fidoyi, jasur kishisi, komil inson bo‘lishiga keng imkoniyat ochib beradi. Konstitutsiyamizda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining uyg‘unligi o‘z aksini topib, bunda, avvalo, shaxs, so‘ngra jamiyat va undan keyin davlat manfaatlari himoya qilinishi nazarda tutiladi.



Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   265




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish