Zo‘ravonlik nazariyasi. Mazkur nazariya vakillari (Ye.Dyuring, L.Gumplovich, K.Kautskiy (XIX asr)) davlatning vujudga kelishiga harbiy-siyosiy omillar sabab bo‘lgan deb hisoblaydi. Ya'ni zo‘ravonlik nazariyasining asosida davlat va huquqni kelib chiqishining bosh sababi – bosqinchilik, zo‘ravonlik va bir qabilani ikkinchi qabila tomonidan zulmga duchor etish degan g‘oya yotadi. Bunda davlat bosib olingan hududlar (xalqlar)ni boshqarish uchun zo‘rlov apparati vazifasini o‘taydi. Ta'kidlash joizki, yevropadagi ayrim xalqlar, xususan, german qabilalari va vengerlarda davlatning kelib chiqishida aynan harbiy-siyosiy omillar muhim rol o‘ynagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |