1.2. DAVLAT VA HUQUQ NAZARIYASI FANINING BOSHQA IJTIMOIY FANLAR BILAN ALOQASI
Ijtimoiy fanlarning markazida jamiyat, shaxs, uning huquq va erkinligi turadi. Ijtimoiy hayot asosida davlat va huquq to‘g‘risidagi, uning jamiyat hayotidagi roli va o‘rni haqidagi masalalar yotadi. Ushbu masalalarni barcha ijtimoiy fanlar muayyan darajada o‘rganadi. Shu bois, davlat va huquq nazariyasining falsafa, iqtisodiyot nazariyasi, sotsiologiya, politologiya va boshqa fanlar bilan mustahkam bog‘liqligini ko‘rish mumkin. Davlat va huquq nazariyasi o‘z predmetini tadqiq etish jarayonida boshqa ijtimoiy fanlarning metodologiyasiga va ular tomonidan yaratilgan turli ma'lumotlar, nazariyalarga tayanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |