Sotsiologiya fani bilan bog‘liqligi. Sotsiologiya fani jamiyatni yaxlit, uyushgan tizim sifatida tadqiq etadi. U jamiyat a'zolarining huquqqa, huquqiy amaliyotga, davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga bo‘lgan munosabatini hamda ularning davlat va huquq hodisalarining bugungi holati va istiqboliga oid qarashlari va istaklarini o‘rganuvchi fandir. Mazkur fan davlat va huquq nazariyasi fani uchun tegishli ma'lumot va xulosalarni beradi. O‘z navbatida, davlat va huquq nazariyasi fani ushbu ma'lumot va xulosalarni umumlashtiradi hamda muayyan nazariy-ilmiy taklif va tavsiyalarni shakllantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |