12.3. HUQUQ SOHASI VA HUQUQ INSTITUTI
TUSHUNCHALARI
Huquq normasi – davlat tomonidan o‘rnatiladigan yoki ma'qullanadigan, muayyan shaklda ifodalanadigan, ijtimoiy munosabatni tartibga solishga qaratilgan umummajburiy xulq-atvor qoidasi. Huquq normasi – huquq tizimining eng asosiy, dastlabki tarkibiy qismi bo‘lib, davlat joriy etgan, bajarilishi jamiyatning barcha a'zolari uchun majburiy bo‘lgan, ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi yurish-turish qoidasidir. Huquq normasi umumiy, ya'ni hammaga taalluqlidir. Unda subyektlarning huquq va majburiyatlari, rag‘batlantirish yoki bajarmaganlik uchun ta'sir choralari belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |