Siyosiy-boshqaruvlik funksiyasi. Davlat va huquq nazariyasi davlat ichki va tashqi siyosatining ilmiy asosini shakllantirishga hamda davlat boshqaruvining ilmiyligini ta'minlashga, davlat qurilishidagi ko‘pgina muammolarni yechishga oid taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishga qaratilgan.
Mafkuraviy funksiya. Davlat va huquq nazariyasi ushbu funksiya orqali ijtimoiy hayotga, kishilarning xulqiga nafaqat davlat va huquq orqali, balki to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta'sir o‘tkazadi, huquq subyektlarining huquqiy ongi va madaniyatini shakllantirishda hamda ijtimoiy hayotni tartibga solishda g‘oyaviy omil sifatida yuzaga chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |