Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


DAVLAT VA HUQUQ NAZARIYASI FANINING METODLARI



Download 1,34 Mb.
bet14/265
Sana11.02.2022
Hajmi1,34 Mb.
#442393
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   265
Bog'liq
№9. Davlat va huquq nazaruyasi va tarixi

1.4. DAVLAT VA HUQUQ NAZARIYASI FANINING METODLARI


Davlat va huquq nazariyasi fanining metodlari davlat va huquq hodisalarini o‘rganish usullari hisoblanadi. Ular davlat va huquqning turli sohalari va jihatlarini ochib berishga ko‘maklashadi. Davlat va huquq to‘g‘risidagi bilimlarni o‘rganish, to‘plash, umumlashtirish va muayyan tizimga keltirishga yordam beradi.


Davlat va huquq nazariyasining metodlari uning predmeti bilan chambarchas bog‘liqdir. Agarda fanning predmeti u nimani o‘rganadi degan savolga javob bersa, metodlari esa fanni qanday o‘rganilishi haqidagi savolga javob beradi.


Fanning usuli asosida uning predmeti yotadi, chunki nazariyasiz usul predmetsiz qoladi, fan esa – mazmun va mohiyatsiz hisoblanadi. Nazariya va metod bir paytda yuzaga kelgan. Davlat va huquq nazariyasi davlat va huquq hodisalarini o‘rganish uchun o‘zining xususiy metodlarini ishlab chiqadi, lekin shu bilan birga ijtimoiy va tabiiy fanlarning umumiy usullarni ham qo‘llaydi.
Falsafiy yoki eng umumiy metodlarga metafizik va dialektik metodlarni kiritish mumkin.
Shuningdek, davlat va huquq haqidagi hodisalarni o‘rganishda tarixiy usul ham qo‘llaniladi. Chunki fan davlat va huquqning ildizini bilish uchun tarixiy an'analarni bilishi zarur bo‘ladi.
Davlat va huquqni o‘rganishning yana bir usuli tizimli usul hisoblanadi. Davlat va huquq mohiyatiga, tuzilishiga ko‘ra – murakkab tizimli hodisadir.
Yuqoridagi usullarning barchasi umumilmiy usullar jumlasiga kiradi.
Davlat va huquq nazariyasi xususiy ilmiy metodlardan ham foydalanadi. Bu metodlarga quyidagilar kiradi: formal-mantiqiy; formal-yuridik; qiyoslash; davlat va huquqni modellashtirish;
sotsial-eksperiment va boshqalar.
Formal-mantiqiy usul – davlat va huquq obyektining mohiyatini, asosiy mazmunini nazariy shaklda, mavhumlik va mantiqiy qonuniyatlarga asosan o‘rganadi.
Formal-yuridik usul – huquq nomalarini va huquqning ichki tuzilishini o‘rganadi, huquqning shakllari va manbalarini tahlil qiladi. Umuman, bu usul davlat va huquqning tabiatidan kelib chiqqan holda davlat va huquqning fenomenini ochib berishga va ma'lum tizimga solishga yordam beradi.
Qiyoslash usuli orqali davlat va huquq haqidagi hodisa va qarashlar (fikrlar) qiyoslab o‘rganiladi.
Davlat va huquqni modellashtirish usulining mohiyati shundaki, turli davlat va huquq hodisalari o‘rtasida ma'lum bir o‘xshashlik mavjudligi bois ulardan birining xususiy belgilari (modeli)ni o‘rgangan holda boshqalari haqida yetarlicha fikr yuritish mumkin bo‘ladi.
Sotsial-eksperiment usuli – davlat va huquqqa doir biror norma qo‘llanishining maqsadga muvofiqligini tajriba (eksperiment) yo‘li bilan muayyan hududlarda sinab ko‘rish.

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   265




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish