Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti



Download 1,34 Mb.
bet162/265
Sana11.02.2022
Hajmi1,34 Mb.
#442393
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   265
Bog'liq
№9. Davlat va huquq nazaruyasi va tarixi

Konstitutsiya – (lotincha “conctitutio” – o‘rnatish, tuzilish) moddiy ma'noda, avvalo, inson va fuqaro huquqlari hamda erkinliklarini e'lon qiluvchi va kafolatlovchi, shuningdek ijtimoiy tuzum, boshqaruv shakli, davlat tuzilishi, hokimiyatning markaziy va mahalliy organlarini tashkil etish asoslarini, ularning vakolatlari, o‘zaro munosabatlarini, davlat ramzlari va poytaxtini belgilaydigan qonun hujjati, hujjatlar yoki konstitutsiyaviy odatlar majmui.
O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini ifodalovchi norma quyidagicha tavsiflangan: “O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustuvorligi so‘zsiz tan olinadi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi oliy yuridik kuchga ega va O‘zbekiston Respublikasining butun hududida qo‘llaniladi. O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosida va uni ijro etish uchun qabul qilinadi hamda uning normalari va prinsiplariga zid kelishi mumkin emas”.
O‘z yuridik tabiati va mohiyatiga ko‘ra Konstitutsiya boshqa normativ-huquqiy hujjatlardan quyidagi muhim jihatlari bilan ajralib turadi: birinchidan, Konstitutsiya maxsus subyekt tomonidan yoki uning nomidan o‘rnatiladi; ikkinchidan, konstitutsiyaviy qoidalar ta'sis etuvchi, yo‘naltiruvchi, birlamchi ahamiyatga ega; uchinchidan, konstitutsiyaviy tartibga solish o‘z hajmining keng qamrovliligi bilan tavsiflanadi, ya'ni u nihoyatda muhim va keng ko‘lamdagi ijtimoiy munosabatlar doirasiga ta'sir ko‘rsatadi; to‘rtinchidan, Konstitutsiya alohida yuridik xususiyatlarga, ya'ni ustuvorlikka, oliy yuridik kuchga, o‘ziga xos muhofaza shakliga, maxsus tarzda qabul qilinish va o‘zgartirilish tartibiga ega1.
Qonun – davlat hokimiyatining oliy vakillik va qonunchilik hokimiyati organi tomonidan yoki bevosita xalqning xohish - irodasiga ko‘ra (masalan, referendum o‘tkazish yo‘li bilan) qabul qilingan, qoida tariqasida eng muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi yuridik hujjat. Qonun davlat huquq tizimining negizini tashkil etadi, davlatning boshqa organlari normativ hujjatlariga nisbatan oliy yuridik kuchga ega bo‘ladi. Qonun muhim deb hisoblanadigan ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlash, rivojlantirish va tartibga solish vositasidir.
O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 8-moddasida O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini ifodalovchi norma quyidagicha ifodalangan: “O‘zbekiston Respublikasining qonunlari eng muhim va barqaror ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan yoki referendum o‘tkazish yo‘li bilan qabul qilinadi. O‘zbekiston Respublikasining qonunlari konstitutsiyaviy qonunlar tarzida qabul qilinishi mumkin. Kodekslar O‘zbekiston Respublikasining qonunlari bilan tasdiqlanadi”.
Qonunosti hujjati qonunga asosan va uning ijrosini ta'minlash yuzasidan chiqariladi. Qonunosti hujjatlari umummajburiy tusdagi (normativ) va umummajburiy tusga ega bo‘lmagan (normativ bo‘lmagan) huquqiy hujjatlarga bo‘linadi.



Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   265




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish