Normativ-huquqiy hujjatning quyidagi xususiyatlarini ko‘rsatish mumkin:
davlat nomidan qonunda belgilangan tartibda qabul qilinadi;
vakolatli subyektlarning huquq ijodkorligi faoliyati mahsuli hisoblanadi;
barcha uchun umummajburiy qoidalarni o‘rnatadi, o‘zgartiradi (takomillashtiradi) yoki bekor qiladi;
maxsus protsessual tartibda amalga oshiriladi;
rasmiy shaklga ega (qonun, farmon, qaror va boshqalar);
muayyan turdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan bo‘ladi;
huquqiy qoidaning mazmuni, ya'ni huquqiy munosabat ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari bayon etiladi;
unda mustahkamlangan qoidalar bajarilmagan yoki buzilgan taqdirda muayyan huquqiy oqibatlar kelib chiqadi va qoida bo‘yicha davlatning majburlov kuchi ishga solinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |