9.Муддатларнинг турлари қайсилар.
Ijtimoiy hayotda vujudga kelgan yangi munosabatlarni huquqiy tartibga solishda fuqarolik huquqining boshqa institutlari kabi “muddatlar va da’vo muddati” instituti ham muhim ahamiyatga ega. Aynan muddatlar orqali fuqarolik huquqida “aniqlik”, “vaqt”, “majburiyatlarni lozim darajada bajarish”, “sub’ektlarning o`z huquqlariga e’tiborli bo`lishlari”, “xatti-harakatlarni bajarishda kechikmaslik” holatlari e’tiborga ega bo`ladi va har bir fuqarolik-huquqiy munosabat uchun zarur shartlardan biri sanaladi.
Fuqarolik huquqida muddat deb, aniq belgilangan, o`tishining boshlanishi va tamom bo`lishi muayyan huquqiy oqibatlarni vujudga keltiradigan, fuqarolik huquqlarini amalga oshirish va muhofaza qilishga qaratilgan paytlar va vaqt davrlariga aytiladi.
Muddatlar muddatning kim tomonidan tayinlanishiga ko`ra, huquqiy oqibatiga ko`ra, aniqlanish tavsifiga ko`ra va boshqa bir qator asoslarga ko`ra turlarga bo`linadi.
Muddatlar kim tomonidan tayinlanishiga ko`ra:
1) qonuniy muddatlar;
2) shartnomaviy muddatlar;
3) sud tomonidan belgilanadigan muddatlarga bo`linadi.
Muddatlar huquqiy oqibatiga ko`ra:
huquqni vujudga keltiruvchi, o`zgartiruvchi va bekor qiluvchi muddatlarga bo`linadi.
Muddatlar o`zining aniqlanish tavsifiga ko`ra:
imperativ va dispozitiv, mutlaq aniq, qisman aniq va noaniq, umumiy va maxsus muddatlarga bo`linadi.
Fuqarolik huquqida fuqarolik huquqlarini amalga oshirish muddatlarining quyidagi turlari mavjud:
fuqarolik huquqlarini amalda bo`lish vaqtini belgilaydigan muddatlar;
cheklovchi (preklyuziv) muddatlar; e’tiroz (pretenziya) bildirish muddatlari;
kafolat muddati;
yaroqlilik muddati, tovarning xizmat qilish muddati, tovardan foydalanish, tovarni saqlash muddati va boshqa muddatlar.
Muddatlar turlari
Kim tomonidan tayinlanishiga koʻra
qonuniy, shartnomaviy va sud tomonidan belgilanadigan muddatlarga
huquqni vujudga keltiruvchi, oʻzgartiruvchi va huquqni bekor qiluvchi muddatlarga
Huquqiy oqibatiga koʻra
fuqarolik huquqlarini amalda bo`lish vaqtini belgilaydigan muddatlar;
cheklovchi (preklyuziv) muddatlar; e’tiroz (pretenziya) bildirish muddatlari;
kafolat muddatlari;
yaroqlilik muddati; tovarning xizmat qilish muddati, tovardan foydalanish, tovarni saqlash muddati, da’vo muddati va boshqa muddatlar
Fuqarolik huquqlarini amalga oshirish muddatlari
fuqarolik majburiyatlarini bajarish muddatlari
Muddatlar belgilanishi va hisoblanishiga ko`ra ikki turga bo`linadi:
o`rnatilgan vaqt davrlari (yillar, oylar, haftalar va shunga o`xshash) bilan belgilanadigan muddatlar va aniq payt (to`lovni amalga oshirish kuni, ishni bajarishning aniq sanasi) bilan belgilanadigan muddatlar. Odatda, aniq payt bilan belgilanadigan muddatlar vaqt oralig`i bilan belgilanadigan muddatlar kabi o`tishi boshlanmaydi, faqatgina belgilangan paytdagina uning o`tishi boshlanadi va ularni boshlanish vaqtini aniqlash hech qanday qiyinchilik tug`dirmaydi. Shu bilan birga, hisoblash qiyinchilik tug`dirmaydigan holatlardan yana biri boshlanishi va tamom bo`lishi aniq kalendar sana bilan belgilanadigan muddatlar (masalan, televizorni 1-iyundan 1-oktyabrgacha prokatga olish) yoki soatlar bilan hisoblanadigan muddatlar (bu muddatlar shartnomada belgilangan paytdan boshlanadi va soatlar bilan hisoblanadi.
Bu muddatlarni hisoblash vaqt oralig`i hisoblanishini nazarda tutmaydigan hollarda muddatning birinchi kuni ham yillar, oylar, haftalar va hatto kunlar bilan belgilanganda qiyinchilik tug`diradi.
FKning 146-moddasi umumiy qoida tarzida vaqt davri bilan belgilangan muddat kalendar sanadan keyingi yoki uning boshlanish kuni deb belgilangan voqea yuz berganidan keyingi kundan o`ta boshlashini belgilaydi.
Vaqt davri bilan belgilangan muddatning tamom bo`lish paytini aniqlash ham fuqarolik huquqlarini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. FKning 147-moddasiga muvofiq, yillar bilan hisoblanadigan muddat uning oxirgi yilidagi tegishli oy va kunda tamom bo`ladi.
Yarim yil deb belgilangan muddatga nisbatan oylar bilan hisoblanadigan muddatlar uchun belgilangan qoidalar qo`llaniladi (FK, 147-modda ikkinchi qism). Bunda yarim yil sifatida oltinchi oyning so`nggi kuni muddat tamom bo`lish payti hisoblanadi. Masalan, 3-may kuni boshlangan yarim yillik muddat 3-noyabr kuni tamom bo`ladi.
Yil choraklari bilan hisoblanadigan muddatga nisbatan oylar bilan hisoblanadigan muddatlar uchun belgilangan qoidalar tatbiq etiladi. Bu holatda yil choragi uch oyga teng deb hisoblanadi, yil choragining hisobi esa – yil boshidan yuritiladi.
Oylar bilan hisoblanadigan muddat shu muddatning oxirgi oydagi tegishli kunida tugaydi.
Haftalar bilan o`lchanadigan muddat shu muddatning oxirgi haftasidagi tegishli kunda tugaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |