30
2-BOB: MUSIQA TINGLASH VA TAHLIL QILISHGA
YO’NALTIRILGAN PEDAGOGIK FAOLIYAT MAZMUNI.
2.1. O’quvchilarni musiqa asarlarini tinglash va tahlil qilishga
o’rgatishning pedagogik psihologik omillari.
Umumta’lim maktablari musiqa darslarining o’ziga xos jihatlaridan biri
shundan iboratki, maqsad musiqachilar tayyorlashga qaratilmaganligi uchun
o’quvchi faoliyatining doirasi ancha keng va ko’p tarmoqliligi bilan ajralib
turadi. Uning ichida o’quvchining badiiy estetik va madaniy kamolotiga
yordam beradigan ishlarni, ya’ni, musiqaning elementar nazariy qoidalarini
o’rganish xalq musiqa ijodiyotiga mehr-muhabbat, uning o’ziga xos janr,
uslublari, ijrochiliklaridan xabardor bo’lish, ijrochilik turlari, cholg’u
asboblari bilan yaqindan tanishish, yakka va jamoa bo’lib kuylash, vokal-xor
malakalarini egallash, musiqa tarixi, adabiyoti, qolaversa chet el musiqa
madaniyati bilan ma’lum darajada tanishish kabilarni qamrab oladi.
Musiqa mashg’ulotlari jarayonida o’quvchilarning estetik va aqliy
kamolotini shakllantirish imkoniyati vujudga keladi. Badiiy idrok va amaliy
ijrochilikning eng oddiy shakllarini solishtirish hamda taqqoslashdan chuqur
tahlil qilish va umumlashtirishgacha bo’lgan fikrlash, mushohada qilish
kabilar tarkibli bog’lanadi. O’quvchilarda badiiy-musiqiy bilimlar qancha
ko’p bo’lsa, ular har xil san’at asarlaridagi obraz, voqelik, mazmun va
muallif g’oyasini shuncha to’la va chuqur tushunishlari va anglashlari
mumkin. San’at bilan bevosita amaliy shug’ullanishning o’ziyoq juda katta
tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Ijro etilayotgan obrazlarda va ularda
mujassamlashgan voqelikdagi hodisalarga, hissiyot va kechinmalarga estetik
munosabat o’quvchilarni estetik tarbiyalashning eng samarali va faol yo’lidir.
Musiqaning inson ruhiyati, hissiyotiga ta’siri bevosita psihologik
omillar bilan bog’liq kechishi tufayli, ularni tarbiyaviy-ta’sirchanlik kasb
31
etishida uning pedagogik maqsadlarga yo’naltirilganligi eng muhim maqsad
va vazifa hisoblanadi.
Hayotni obrazli bilish, voqea-hodisalarni adabiyot, san’at orqali obrazli
tasavvur qilish, ularda aks etgan o’zga insonlarga taaluqli hissiy
kechinmalarni o’ziniki sifatida his etish, anglash, o’zini o`sha obraz,
voqeilikda tasavvur qilishlari, bir so’z bilan aytganda o’quvchi yoshlarni
musiqiy dunyoga chuqurroq olib kirish uchun, musiqiy tarbiya ularda
musiqiy eshitish, musiqiy tafakkurni, musiqiy did, dunyoqarashni
shakllantirishi zarur.
O’sib kelayotgan o’quvchilarni ilk bolalik davridanoq musiqa
madaniyati asoslarini rivojlantirishga shart-sharoitlar yaratib bermog`imiz
kerak. Musiqa tarbiyasida o’quvchilar musiqaga shunchaki vaqtini
xushchaqchaq o’tkazish vositasi sifatida emas, balki, o’z ma’naviyati va
madaniyati, ichki dunyo va ruhiyatini boyituvchi vosita sifatida qarashlariga
erishish muhimdir, toki bu musiqaga bo’lgan ehtiyojga aylansin.
O’quvchilarni extiyojlari, qiziqishlari, his-tuyg`ulari, emotsiyalari, didlarini,
musiqiy-estetik tafakkurlarini shakllantirish orqali ularni tom ma’nodagi
musiqa madaniyatini rivojlantirishimiz mumkin.
Musiqiy tarbiya tushunchasini keng va tor ma’nolarda tushunish
mumkin. Keng ma’noda-insonning ruhiy extiyojlarini, hissiyoti, g’oyaviy
emotsional tafakkurlarini va hayotiy voqeiliklarni estetik baholash hissini
shakllantiradi.
Tor ma’noda-bu musiqani idrok etish qobiliyatini shakllantirish
tushuniladi. Idrok etish qobiliyati musiqaning turli xil jarayonlarida amalga
oshiriladi. Musiqani emotsional his etish, uning mazmun va mohiyatini
anglash, har bir shaxsga xos fazilatdir. Musiqa a`loxida shaxsga va ko’pchilik
jamoaga ham ta’sir qiladi (emotsional, ijodiy, estetik, g’oyaviy, pedagogik,
psihologik, fiziologik va hokazo). Buni musiqa o’qituvchisi doimiy ravishda
32
yodida tutmog`i, bir xususiyatni shakllantirish hisobiga boshqasini chetlab
o’tmagan holda dars o’tmogi lozim.
Kundalik hayotimizda biz ko’pincha har xil fikrlarni eshitamiz:
«Hamma ham musiqa bilan shug’ullana olmaydi», «hammada ham musiqiy
qobiliyat bo’lmaydi», «musiqa bilan shug’ullanish vaqtni behuda sarf etadi»,
«alohida qobiliyati bo’lmagan bolalarni o’qitishdan nima foyda?». «Musiqa
bilan shug’ullanishni istamaganlarni musiqa darslaridan ozod qilish kerak»
kabi. Pedagogik nazardan bu fikrlarni ma’qullab bo’lmaydi. Faqatgina
musiqaga qiziqish va qobiliyati bo’lganlarnigina darslarga jalb qilish
noto’g’ri bo’ladi. Tabiatdan berilgan nasliy qobiliyat barchada bo’ladi, faqat
u barchada birdek bo’lmaganligi yoki, har bir inson uni yetarli darajada
namoyon qilaolmasliklari mumkin. Shuni aytish joizki, har bir jismoniy
sog`lom bolada musiqiy idrok, eshituv kabi qobiliyatlarni yuzaga chiqarish
mumkin. Bu jarayonda o’quvchining nasliy qobiliyati emas, balki darsda
o’qituvchi tomonidan qo’llaniladigan pedagogik yondashuv, metodika
muhim ahamiyat kasb etadi.
Albatta, bir xil sharoitda, masalan, musiqa darslarida bir sinfda, bir
o’qituvchida ta’lim tarbiya olgan o’quvchilarning o’zlashtirish darajasi teng
bo’lmaydi. Shuning uchun, har bir bolaning harakteri, qiziqishlarini
shakllanishi ham har xil kechadi. Pedagogika fani shu bois ham har bir
o’quvchining individual xususiyatlarini hisobga olgan holda darslarni tashkil
etishni e’tirof etadi. Bu individuallik musiqiy tarbiyada ayniqsa a’lohida
e’tiborni talab qiladi.
Pedagogik va psihologik tadqiqotlarga ko’ra o’quvchilarda musiqani
idrok etish malakalarini shakllantirish uchun avvalambor, ularda musiqiy
eshituv (slux) qobiliyatini shakllantirish kerak. Musiqiy asarni tinglab, idrok
etish uchun uning kuy yo’nalishi, lad-garmonik tuzilishi, eng muhimi
qiziqishini uyg’otish kerak. Hayotda ba`zan musiqani nazariy va amaliy
33
faoliyatlaridan xabardor mutaxasis musiqachilarni uchratamiz, lekin ular
musiqa san’atiga nisbatan emotsional loqayd bo’ladilar. Gohida esa, musiqa
qonun-qoidalaridan mutlaqo bexabar, ammo, musiqani jonu-dili bilan
sevuvchi insonlarni ko’ramiz. Shuning uchun, musiqiy tarbiyaning eng
muhim xususiyati o’quvchilarda ijobiy munosabatni shakllantirishdan
iboratdir.
Bu jarayonning amalga oshirilishida tafakkur, diqqat, xotira,
emotsional-ko’tarinki ruh a’lohida o’rin tutadi. Pedagogika va psihologiya
fanlarida ko’rsatilishicha badiiy ijodiyotning barcha turlarida bu omillar
bevosita aloqador bo’lib, qolaversa butun ta’lim-tarbiya jarayonini ularsiz
tasavvur etib bo’lmaydi. Musiqa dasrlarida xotirani kuchaytirish va
rivojlantirishning eng muhim shartlaridan biri darslarni soddadan
murakkabga,
quyidan
yuqoriga
tamoyillariga
asoslangan
holda
uyushtirishdir.
Musiqa darslarini pedagogik va metodik jihatdan to’g’ri tashkil
etilishida mavjud shart-sharoitlar, imkoniyatlar ham pedagogik-psihologik
jihatdan katta ahamiyat kasb etadi. Sinf xonalarini ozodaligi, yorug`ligi,
cholg’u sozlarini, ko`rgazmali (bastakor, kompozitorlar suratlari, nota
yozuvlari belgilari ifodalangan chizmalar) va texnik vositalar (magnitofon,
televizor, proyektor, video yozuvlar, fonogramma), tuvaklarda gullar,
chiroyli oq pardalar o’quvchilarni musiqa darslariga qiziqishlarini, katta
ishtiyoq bilan mashg’ulotlarga qatnashishlari va o’z-o’zidan ravshanki,
yaxshi bilim, taassurot bilan chiqishlarida muhim psihologik-pedagogik omil
bo’lib xizmat qiladi, o’quvchilarni xuddi o’zlarini musiqa olamiga kirgandek
his etishlarini ta’minlaydi.
O’qituvchi dars jarayonida musiqiy qobiliyati sust, o’zlashtirishi past
darajada bo’lgan o`quvchilarni oldingi qatorga, musiqani yaxshi eshitadigan
(musiqiy eshituvi yaxshi rivojlangan), o’zlashtirishi yaxshi bo’lgan
34
o’quvchilarni orqa qatorlarga joylashtirishi lozim. Ayrim hollarda «bo`sh»
o’quvchilarni «kuchli» o`quvchilar bilan yonma-yon o’tqazib qo`yish yaxshi
samara beradi. Shuningdek, musiqa ta’limida o’quvchilarning yosh
xususiyatlariga a’lohida e’tibor qaratish talab etiladi. Masalan, boshlang`ich
sinf o’quvchilarining diqqatlari tarqoq bo’lishi, tez zerikib, charchab
qolishlari tabiiydir. Shuning uchun dars faoliyatlarini tez-tez almashtirib
turish, o’quvchilarga dam beruvchi hikoya, mavzuga mos hikoyalar aytib
berish, yaxshi musiqalar tinglatish yaxshi natijalar beradi. Ayrim hollarda
o’quvchilarga mustaqil topshiriqlar berish va baholash ham mumkin.
Musiqa pedagogikasida musiqiy ta’lim-tarbiyaning muvaffaqiyatli
amalga oshirish uchun uning psihologik asoslarini o’rganish o’ta muhimdir.
Bizning hayotimizda musiqa keng o’rin to’tadi. Har bir musiqiy asar o’z
mavzu xususiyatiga ega bo’lib, insonning ichki dunyosi va uni o`rab turgan
voqeilikdagi barcha tomonlarni badiiy ifodalaydi va insonda estetik tuyg`u va
kayfiyatlar o`yg’otadi. Musiqadagi tuyg`ular hayotiy tuyg`ularning aynan
o’zi bo’lmay, orzular, ma’lum darajadagi bilim, tushunchalar orqali
anglangan bo’ladi. Musiqada ifodalangan mazmun, g’oya, kechinma, ruhiy
holat, voqelik, obrazlar qiyofasini hamma birdek tushunaolmasliklari ham
tabiiy holdir. Mana shu jarayonda musiqa asarlarini tahlil qilib borishda
o’qituvchining ona tili, adabiyot, tarix, musiqa tarixi va boshqa fanlardan
tayyorgarligi, keng qamrovli bilimlarga ega bo’lishligi muhim ahamiyat kasb
etadi.
Buyuk bastakorlar ijodida u yoki bu xalqqa mos bo’lgan ruhiy tizim
xususiyatlari va voqeilikni idrok etish imkoniyatlari beqiyos ekanligi yaqqol
ko’rinadi. Milliy ruhiy xususiyatlarni musiqada aks etishi jarayonida xalq
musiqa ijodi katta o’rin tutadi. Xalq musiqa ijodi katta ummon bo’lib, unda
xalq hayotining turli qirralari, o’ziga xos betakror holatlari, ko’rinishlari, urf-
odatlari o’z aksini topadi. Bunday asarlarni o’rganish, ular haqidagi
35
ma`lumotlar o’quvchilarni o’zi mansub bo’lgan xalqning tarixi, adabiyoti,
tili, milliy qadriyatlarini yaxshiroq bilib olishlariga olib keladi. Chunki,
musiqani hamma, har joyda tinglashi mumkin. Lekin, darsda tinglangan
musiqa shunchaki tinglash bo’lib qolmasligi lozim. Bu ma’lum bir ta’limiy-
tarbiyaviy maqsadlarga yo’naltirilgan bo’lishi va ana shu mazmun-maqsadni
o`quvchilar tomonidan muvaffaqiyatli idrok etilishi, o’zlashtirishlarida
o’qituvchining tahliliy suhbatlari asosiy o’rin to’tadi.
Buyuk rus fiziolog olimi I.P.Pavlov ta’limotiga ko’ra, inson
kechirayotgan turli his-tuyg`ular bosh miya yarim sharlari pustloq qismining
faoliyati asosida yuzaga keladi. Atrof-muhitning inson organizmiga doimiy
ta’siri va organizmning bu ta’sirlariga qonuniy javob reaksiyasi natijasida
asta sekin ma’lum bir munosabatlar tizimi vujudga keladi. I.P.Pavlov buni-
dinamik stereotin, degan. I.P.Pavlovning dinamik stereotin haqidagi ta’limoti
kishidagi hissiyotlarning fiziologik va psihologik tabiatini chuqurroq
o’rganishda katta ahamiyatga egadir. Gap maktab o’quvchilarida estetik
hissiyotni tarkib toptirish haqida borar ekan, e’tiborni avvalo ikki muhim
masalaga qaratish o’rinli bo’ladi:
1. O’quvchilarda estetik hissiyotni paydo bo’lishi uchun obyektiv shart-
sharoitlar mavjudmi?
2. O’quvchilar musiqa asarlarini go’zallik nuqtai-nazardan baholay
olakdilarmi?
Psihologiya fanidan ma’lumki, voqeilik ta’siri ostida bo’ladigan sezgi
va idrok hissiyotning asosiy manbaidir. Bolalarda bosh miya va sezgi
organlarining rivoji yetarli darajada bo’lmaganligi uchun ularda sezuvchanlik
bir muncha ta’sirli bo’ladi.
O’quvchilar hissiyotning o’ziga xos xususiyatlaridan biri uning
muayyan sharoit bilan bog’liqligidir. Ya’ni, bolalarda sodir bo’ladigan hissiy
kechinmalar aniq bir sharoitdagina vujudga keladi. Shunga ko’ra ularni
36
qiziqtiradigan, diqqatini jalb etadigan sharoitni yaratish ularda estetik
hissiyotning, musiqiy madaniyatni ustirishning eng muhim shartidir.
O’quvchilar biror bir musiqani tinglar ekan, yoki o’rganar ekanlar, rang
barang ohanglar, kayfiyat, harakterni farqlashlari davomida ularda musiqiy
did shakllana boradi. Musiqiy did, musiqiy dunyoqarashning shakllanishida
darsdan tashqari, maktabdan tashqari ishlarni qay darajada yo`lga
qo`yganligi, o’quvchilarning yaxshi sharoitlari, oiladagi muhit va musiqaga
bo’lgan munosabatlar ham g’oyat muhimdir.
Musiqa o’qituvchisi musiqa darsini samarali kechishida asosiy figura
bo’lib, ana shu faoliyatga doir barcha ta’limiy va tarbiyaviy ishlarni
boshqarishi kerak va bular bizningcha quyidagilardan iborat:
1.Ta’lim-tarbiya jarayonining hamma qismlarini aniq belgilab olishi;
(faoliyatlarda qilinadigan ishlar).
2.Darsni qiziqarli va mazmunli kechishiga xizmat qiluvchi vositalarni
tayyorlashi;
37
3.A’loqa ishlari-o’qituvchining ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilar
bilan munosabati, shuningdek, maktab pedagoklar jamoasi, ota onalar va
jamoatchilik bilan o’zaro hamkorligi;
4.Dars jarayonida olib boriladigan ta’limiy-tarbiyaviy ishlar rejasini
amalga oshirishga doir ishlarni e’tiborda tutish (o’zining bayoni,
o’quvchilarning hatti-harakati, o’qitishda qo’llaniladigan usullarni);
5.Har bir o’quvchidagi o’zgarish-o’sishni, o’quvchilar jamoasining
takomillashuvini kuzatib borishi, qobiliyati sust va yaxshi rivojlangan
bolalarni uyg’un kamol toptirish vazifalarini belgilash va izchil amalga
oshirishdan iborat rivojlantiruvchi ishlarni olib borish;
6.O’quvchilarda
ijtimoiy-ahamiyatli
qadriyatlarning
muayyan
sistemasini: g’oyalar va qadriyatlarni shakllantirishga, ehtiyojlar, qiziqishlar,
didlarni shakllantirishga yo’naltirilgan faoliyat va hatti-harakat me’zonlarini
belgilash;
7.Pedagogik faoliyat samaradorligini tahlil qilib borish, bunda quyidagi
ishlarga e’tiborni qaratish maqsadga muvofiq bo’ladi:
a) o’quvchilarning qobiliyatlarini, musiqaga va musiqa darslariga
qiziqishlarini, nazariy bilim, amaliy ijrochilik ko`nikma va malakalarini
dinamikasini o’rganib borish;
b) o’qitishning ilg`or usullarini o’zlashtirib, ilgor tajribalarni darsga
tadbiq etib, ulardan unumli foydalanish shart-sharoitlarni aniqlash;
v) musiqiy ta’lim va tarbiya yo’nalishida respublikamizda olib borilgan
va olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar, ularning natijalari, ilmiy uslubiy va
o’quv qo’llanmalar, boshqa fanlar o’qitilishiga oid manbalar bilan tanishib
borish;
g) o’zining va boshqa o’qituvchilarning ijobiy hamda salbiy
tajribalarini tahlil qilishi, ishning samarali usullari va shakllarini
umumlashtirish va ulardan o’z amaliyotida foydalanishni o’rganish;
38
d) muntazam ravishda pedagogik kuzatishlar va tajribalar o’tkazish;
8.
Do'stlaringiz bilan baham: |