1.2 Musiqa tinglash va uni tahlil qilishning maqsad va
vazifalari:
Hozirgi kunda umumiy o`rtata’lim maktablari oldida har tomonlama
rivojlangan barkamol shaxsni tarbiyalashdek ma’suliyatli vazifa turibdi. Bu
vazifani bajarishda san’at, madaniy sohalar qatorida musiqa ta’limi va
tarbiyasining ham o’z o’rni va ahamiyati kattadir.
Maktabda «Musiqa madaniyati» darslari o’ziga xos metodika asosida,
o’ziga xos tuzilishida va aytib o’tilganidek, bir necha a’lohida va bir biriga
o’zviy bog’liq faoliyatlar negizida tashkil etiladi. Birinchi sinfdan musiqa
darslarida musiqa ta’limiga jalb etilgan bolalarning har xil mazmundagi xalq
va zamonaviy janrlardagi sho’x kuy-qo’shiqlarni berilib ijro etishlariga
erishish, ularda musiqaga bo’lgan qiziqishni tarbiyalash, qobiliyat va
iqtidorlarini rivojlantirish musiqa ta’limi va tarbiyasining muhim
qismlaridandir. Musiqani qiziqish va faollik bilan tinglash o’quvchilarda
20
o’ziga xos badiiy nafosatni hamda amaliy ijrochilik ko`nikma va malakalarni
shakllantiradi. Musiqa tinglangandan so`ng u haqidagi nazariy ma`lumotlar,
o’qituvchining tahliliy suhbati o’zaro fikr almashuvlar juda katta tarbiyaviy
ahamiyatga ega bo’lib, o’quvchilarda musiqadagi badiiy obrazni, uning
g’oyaviy-badiiy
mazmunini,
musiqaning
o’ziga
xos
ifodaviylik
xususiyatlarini anglash, shu orqali musiqani ongli idrok etilishga olib keladi.
Shuning uchun musiqa o’qituvchisi har bir dars uchun tinglanadigan va
kuylanadigan asarlarni tanlashda nihoyatda ehtiyotkorlik bilan ish tutishi
kerak bo’ladi. Tanlangan asarlar o’quvchilarga tushunarli va mavzu, mazmun
hamda janr jihatdan rang-barang, bolalar ruhiyatiga, dunyosiga yaqin
bo’lmog’i lozim.
Musiqa asarlarini tinglash, o’rganish, ijro etish hamda idrok etish shu
jarayonda uni ongli idrok etish bilan bog’liq hissiy va ruhiy kechinmalar
bilan chambarchas bog’liq ravishda sodir bo’ladigan murakkab pedagogik va
psihologik jarayondir. Uning ta’siri ostida bo’ladigan har qanday hissiy,
badiiy, emotsional kechinmalar esa, ayniqsa yosh bolalar qalbida o’ziga xos
yuksak oliyjanob his-tuyg`u, kechinmalarni uyg’otadi, ularni «odamiy va
21
mehribon» qilib tarbiyalab boradi. «Buyuk musiqa san’atini seving va
o’rganing»-deb yozgan edi atoqli kompozitor D.Shostakovich. -U sizga olam
jaxon ulug’ hislar, jushqin kayfiyat va fikrlar hosil qiladi. Sizni ruhan
boyitadi, pok qiladi, kamolga yetkazadi. Musiqa tufayli siz o’zingizda yangi
kuch sezasiz, u sizni barkamol inson darajasiga yaqinlashtiradi».
1/
Har bir san’at singari musiqa san’atini tushunish va idrok eta olishga
erishish uchun kishi ma’lum badiiy va umumiy kamolot darajasiga erishgan
bo’lmog’i lozim. Har qanday musiqa asarida voqea va hodisalar, ruhiy
kechinma, badiiy tasavvur, talqin, obrazli yoki ayrim syujetli lavhalar
qanchalik keng, chuqur va ta’sirchan ifodalangan bo’lsa, uni to’laligicha
idrok etish va tushunish uchun kishidan shunchalik maxsus tayyorgarlik zarur
bilimlar va aqliy kamolot talab etiladi.
Ulug’ allomalardan biri aytganidek «San’atdan zavqlanishni istagan har
bir kishi badiiy jihatdan ma`lumotli bo’lmog’i lozim». Aks holda musiqa
asarini tinglashga ko`nikmagan quloq uchun eng go’zal musiqa ham ma`nisiz
narsa bo’lib qolaveradi.
Ma’lumki, yosh bolalarga o’z hayotlarida musiqa bo’yicha chinakam,
maqsadli, tizimli, ilmiylikka asoslangan musiqiy-nazariy ma`lumotlar
maktabda beriladi. Barcha fanlarning o’qitilishida bo’lgani kabi bolalarning
musiqa san’atiga bo’lgan havas va qiziqishlari, unga bo’lgan munosabatlari
mana shu yerda, ya’ni maktabdagi musiqiy ta’lim-tarbiya jarayonida
shakllanib boradi.
«Inson faqat yoshlik yillaridagina ona tilini ham, musiqa madaniyati,
musiqa savodini ham, kuy go’zalligini idrok etish, tushunish, his etish,
zavqlanish qobiliyatini egallab oladi»-degan edi mashhur pedagok
V.A.Suxomlenskiy, … agar shu yoshlik chog’idanoq bola qalbiga musiqa
go’zalligi ta’sir ettirilsa, agar bola musiqiy tovushlarda ifodalangan inson his
1.D.Shostakovich. Znayte i lyubite muziku. –M., Presvesheniye, 1973g.19str.
22
tuyg`ularini, uning ko’p qirrali ma’nolarini sezsa, u hech qanday o’zga vosita
bilan erishib bo’lmaydigan madaniyat chuqqisiga ko’tariladi.
Umumta’lim maktablarda birinchi sinfdan boshlab o’quvchilarga
beriladigan musiqiy bilim va tushunchalar ularning keyingi estetik
rivojlanishi uchun mustahkam poydevor bo’lib xizmat qiladi. Shunday ekan,
har bir musiqa o’qituvchisi shuni unutmasligi kerakki, har bir musiqa
mashg’uloti qo’shiq kuylash, musiqa savodi, musiqa tinglash faoliyatlaridan
biorat bo’lib qolmasligi, mana shu jarayonda asosiy e’tibor o’quvchilarni
musiqani eng birinchi galda mazmunini, nazariy va badiiy xususiyatlarini
anglab, tasavvur etib, ongli ravishda idrok eta olishlariga qaratilmogi kerak.
O’quvchi mana shunday malakaga ega bo’lib borsagina u o’zi tinglagan,
kuylagan musiqiy asar haqida fikr bildira oladi, unga o’z munosabatini
ifodalab bera oladi.
Musiqani tushunish, uning tarbiyaviy-ta’sirchan, g’oyaviy-badiiy
mazmunini his etish va bahramand bo’lishga oid zarur bilim, ko`nikma va
malakalar qatori o’qituvchining musiqa asarini bolalarga qanday o’rgatish va
tinglash faoliyatini tashkil qilish maxoratiga ko’p jihatdan bog’liqdir.
Musiqiy asarlarni ijro etish bilan uni idrok etishda eng avvalo o’quvchilarni
darsga qiziqtirish muhimdir. Bu o’rinda tinglash va kuylash uchun
tanlanadigan asarlar repertuarining asosiy mezoni o’quvchilarning yoshi,
qiziqishi, bilim va musiqiy tayyorgarliklari darajasiga muvofiqligi,
mavzuning rang-barangligi, g’oyaviy-badiiy sifati hamda pedagogik qimmati
bilan belgilanadi. Bu o’rinda ayniqsa, o’quvchilarning yoshi, idrok etish
qobiliyatlariga mos, hayotning yuksak g’oya va obrazlarini aks ettiradigan,
shakl hamda mazmuni bilan go’zal va hayotbaxsh, nafis, sho’x, quvnoq
asarlarni tanlash lozim. Mana shunday asarlargina o’quvchilarda musiqa
asariga va musiqa darsiga faol qiziqish uyg’ota oladi.
23
O’quvchilarni musiqani tinglash va uni idrok etishga tayyorlash
borasida hozirgi kunda maktablardagi ahvol qanday? Kuzatishlar shuni
ko’rsatadiki, bu borada muammolar talaygina. Shuni a’lohida ta’kidlash
joizki, musiqa ta’limi tizimida musiqa tinglash ta’limining asosiy mazmun va
mohiyatini ifoda etadi. O’quvchilar musiqa asarlarini tinglash jarayonida asar
g’oyaviy-badiiy mazmuni, mualliflari, harakteri, ijro uslublari, kimlar
tomonidan, qanday shaklda ijro etilishi, ifoda vositalarini tahlil qiliniladi,
kuyining to’zilmasini, ansambllilik, ko’p ovozlilik xususiyatlarini anglashlari
zarur bo’ladi.
Musiqa tinglash darsning barcha faoliyat turlarini bajarish jarayonida
amalga oshadi. Demak musiqa tinglash orqali o’quvchilarda musiqa asarini,
unda tasvirlangan badiiy mazmunni obrazli tarzda his etish bilan hayotni,
borliqni estetik idrok etish, anglash va bilish qobiliyati rivojlanib boradi.
Birinchi sinfdan boshlab musiqa darslarida bu maqsad va vazifalar nuqtai-
nazaridan ish olib borilsa, o’quvchilarning musiqiy asarlarni badiiy-g’oyaviy
jihatdan mantiqan to’g’ri idrok etishga o’rgatib borish mumkin. Buning
natijasida asta-sekinlik bilan o’quvchilarda musiqiy did, tafakkur, musiqiy
dunyqarash va estetik madaniyat shakllanib boradi.
O’quvchilarning musiqa san’atini sevish, turli janrlardagi, mumtoz va
ma’qom asarlariga muhabbat qo`yib, ularni sevib, qiziqib tinglashlari, ularni
qadriga yetib, munosib baholash malakalariga ega bo’lishlari, pirovard
natijada musiqani har jihatdan tushunishga, ijrochilik qobiliyatlarini
rivojlanishiga qulay sharoit yaratiladi. Bu o’rinda musiqa o’qituvchisining
shaxsiy va kasbiy pedagogik mahoratiga ko’p narsa bog’liq bo’lib,
pedagogika va psihologiya fanlarida o’tkazilgan tadqiqotlar ham buni
tasdiqlaydi.
Umumiy o`rta-ta’limning davlat ta’lim standarti va o’quv dasturi
(ta’lim taraqqiyotining maxsus soni, 1997 yil) ning asosiy talablari, ya’ni,
24
o’quvchilarning tayyorgarlik darajasiga quyiladigan majburiy minemal
talablar musiqa fani bo’yicha (boshlang`ich sinflar) quyidagicha t’ariflanadi:
- musiqa badiiy san’at ekanligini bilish, kuyga tavsif bera olish;
- xalq musiqa ijodi haqida tushunchaga ega bo’lish;
- cholg’u asboblarini bilish va tovush tembrlaridan ularni farqlay olish;
- musiqaga oid oddiy atamalarni bilish;
- nota yozuvlarini bilish va amalda qo’llay olish;
- birgalikda va yakka holda kuylay olish;
- musiqaning ifoda vositalarini bilish;
- ijrochilik turlarini sadolaridan farqlay olish (yakkanavozlik,
jo’rnavozlik, ansambllilik va hokazo).
Ko’rinadiki, birinchi sinfdan boshlab musiqa madaniyati darslarini
barcha sinflarda mazmuni va me’zonlari bevosita aloqadordir va butun
musiqiy ta’lim jarayonini bu talab, me’zonlarsiz tashkil etib bo’lmaydi.
Xo`sh, bu talab va me’zonlarni amalga oshirish mexanizmi yoki pedagogik
texnologiyasi qanday bo’ladi. Biz o’z tadqiqot izlanishlarimiz davomida bu
savolga ma’lum darajada bo’lsa-da, ijobiy javob topishga muvaffaq bo’ldik
va sh u o’rinda ular to’g’risida batafsilroq to’xtalib o’tishni o’rinli deb bildik.
Boshlang`ich sinflarda, xususan, birinchi sinfdan boshlab o’quvchilarga
musiqiy ta’lim va tarbiya berishning eng muhim vazifalaridan biri bolalarda
musiqaga qiziqish va muhabbatni o`stirish, musiqa san’atidan estetik zavq
olish, huzurlanish, uning hayotiy mazmunini tushunish, anglash, his etish-
idrok etishga o’rgatishdan iboratdir. Estetik idrok ko`nikmalari o’ziga xos
psihologik omil bo’lib, o’z navbatida ongli idrok musiqa haqida fikrlash,
mushohada qilish va unga o’z munosabatini bildirish malakalarini paydo
qiladi.
Boshlang`ich sinflarda endigina musiqa darslarida qatnasha boshlagan
bolalar (birinchi sinf o’quvchilari) hali musiqani (musiqiy obraz, voqeylik,
25
mazmunni) to’la-to’kis o’zlashtirib ololmaydilar, hayotda bevosita o’zlari
guvoh bo’layotgan, shuningdek, musiqa asarlarida tasvirlanayotgan obrazni,
ijodkor muallifning fantaziyasi, aytmoqchi bo’lgan fikrlari, kechinmalarini
o’z onglarida yetarlicha aks ettira olmaydilar. Ayni paytda, ular umumiy
kayfiyatni, musiqaning sho’x yoki jiddiy, sokinligini osongina aniqlay
oladilar. Musiqa darslaridagi dastlabki mashg’ulotlardan ularga eng oddiy
musiqa ifodalarini-sur’atni (temp), ritmik jushqinlikni, registrni, mavzu
mazmunini payqashga o’rgatib borish lozim.
O’quvchi yoshlarning musiqani idrok etish ko`nikma va malakalarini,
ya’ni musiqiy ta’lim va tarbiyaning asl mohiyatini belgilovchi omillarini
rivojlantirish uchun ularga tez-tez xox jamoaviy ijrochilikda (qo’shiq
kuylash), xox cholg’u musiqasida (musiqa tinglash) ifodalangan xilma xil
janr va mavzulardagi kontrast mazmun va badiiy tuyg`ularni amalda his
etishga odatlantirib borish kerak. Bu esa, birinchi navbatda
Do'stlaringiz bilan baham: |