Zbekiston respublikasi a. Navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti



Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/27
Sana23.03.2022
Hajmi2,41 Mb.
#506270
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27
Bog'liq
musiqa asarlarini tinglash va tahlil qilish jarayonida oquvchilarning musiqiy nazariy savodxonligini takomillashtirish

Ijrochilik ishlari
: O’quvchilarga, maktab jamoasiga, ota onalarga, 
turli bayram, madaniy-ommaviy tadbirlarda o’quvchilarni amaliy ijrochilik 
san’atini namoyish qilishlariga sharoit yaratish. 
Musiqa o’qituvchisining bilimlar strukturasini ijtimoiy-siyosiy va 
maxsus bilimlar tashkil etadi. 
Ijtimoiy-siyosiy bilimlar o’qituvchining u orqali o’quvchilarning 
dunyoqarashini obyektiv borliq, hayot, musiqada ifodalangan voqeilik, 
obrazlarni ongli idroq etishlarida poydevor, ya’ni, maxsus bilimlarning 
metodologik bazasi bo’lib xizmat qiladi. 
Pedagogik-psihologik 
bilimlar 
esa, 
o’qituvchining kasb-korlik 
tayyorgarligi uchun asos vazifasini o’taydi. Shu ma’noda musiqa o’qituvchisi 
musiqiy qobiliyatlar psihologiyasini bolalarning tipologik hamda yosh 
xususiyatlarini, ijodiy o’ziga xoslikning rivojlanish qonuniyatlarini va ana 
shu rivojlanish eng samarali amalga oshadigan sharoitlarni bilishi zarur. 
Maxsus bilimlar umumiy musiqa nazariyasi va metodikasi, 
pedagogikasining tarixi, nazariyasi va metodikasini o’z ichiga oladi. Musiqa 
o’qituvchisi avvalo, o’quvchilarga musiqa ta’limi va tarbiya berish 
vazifalarini yaxshi tushunib olishi lozim. Bu vazifalar darsda faqatgina 
musiqa eshitish, qo’shiq o’rganish va kuylashni o’rgatishdan iborat bo’lib 
qolmasligi kerak. Bunda eng muhimi bolalarni musiqa san’atini sehrli 
dunyosiga olib kirish, umummusiqiy, musiqiy-nazariy bilimlarni, amaliy 
ijrochilik bilan uyg’un holda o’zlashtirishlariga erishishdir. 
O’quvchida musiqani sevish, musiqa mashg’ulotlariga qiziqish 
o`yg’otish, cholg’u asboblari yordamida musiqiy faoliyatga extiyoj hosil 
qilish, shuningdek, maktabni bitirgandan keyin ham loaqal o’z dilxushligi 
uchun ham musiqa bilan shug’ullanish imkonini beradigan bilim, ko`nikma 


39 
va malakalarni tarkib toptirish har jihatdan musiqa ta’limi mazmunini 
boyitgan bo’lar edi. 
Pedagogikaning dedaktik prinsiplariga muvofiq har bir darsga ta’lim va 
tarbiya sistemasining qismi sifatida qarash lozim. Bunda tarbiyaviy vazifalar 
ta’lim jarayonini to`ldiradigan qandaydir ikkinchi darajali omil 
hisoblanmasligi kerak. Binobarin, bu ish ta’lim bilan dealektik birlikni tashkil 
qiladi. G.Neygauz pedagok musiqachining o’quvchiga tarbiyaviy ta’sir 
ko’rsatishdagi vazifalarini ifodalab shunday yozgan edi: «O’quvchini 
aqlliroq, sezgirroq, halolroq, adolatliroq qilish amalga oshirsa bo’ladigan, 
to’la amalga oshirib bo’lmasa ham, davrimiz qonunlaridan, san’taning 
o’zidan kelib chiqqan holda har doim dealektik jihatdan o’zini oqlagan 
vazifadir». 
1/ 
O’quvchilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlar bolalar uchun 
zerikarli bo’lmasligi lozim. O’qituvchi o’quvchilarning qanday musiqalarni 
tinglash, kuylashga qiziqishlarini ham e’tiborga olishi, ularga to’g’ri 
yo’nalish berib borishi lozim. Shu maqsatda o’tkaziladigan suhbatlar qiziqarli 
va ishonarli bo’lishi lozim. O’quvchilar bilan o’tkaziladigan savol-javoblar 
va qisqa suhbatlar paytida har xil mavzular qamrab olinishi kerak.
Har hil materiallarni o’rganish paytida, deylik jaxon klassik 
kompozitorlari ijodi haqida gap ketganda o’qituvchi albatta Motsartning 
yorqin musiqasi, uning «mo`jiza» deb e’tirof etilgan hayoti, juda erta va 
yorqin ochilgan iste’dodi, ajoyib hayot-faoliyati haqida, Betxoven, 
Chaykovskiylar ijodi, asarlarini dunyo miqyosida tan olinishini tub sabablari 
haqida ,o’zbek xalq musiqa ijodiyotining milliylik xususiyatlari, mumtoz va 
maqom musiqalarning o`lmas ijod mahsuli ekanligi nimaga bog’liqligi 
haqida so’zlab beradi. Respublika bastakorlarining asarlarini o’rganishda 
ularni ijodi, asarlari, hayoti haqida gapirib berish mumkin.
(G.G.Neygauz. «Ob iskusstve fortepiannoy igri» Moskva 1958 yil-37 bet). 


40 
O’quvchilarga qandaydir tugal doirada bilim berish, ko`nikma va 
malakalarni rivojlantirish ustida gap borar ekan, dars repertuari g’oyat xilma-
xil, yetarli darajada bo’lishi va o’quvchilar uchun faqat ta’limiy jihatdan 
emas, balki, badiiy jihatdan ham muhim ahamiyat kasb etishi kerak. Mana 
shu kabi pedagogik talablarni bajarilishi musiqiy-estetik tarbiya masalalarini 
hal qilishda, o’quvchilarni musiqiy asarni ham nazariy, ham g’oyaviy, ham 
amaliy jihatdan o’zlashtirishiga, ular haqidagi tahliliy suhbatlar orqali 
umumiy musiqiy zahiralarni boyitib borishiga erishiladi.
Musiqa 
darslariga 
qo`yiladigan 
didaktik 
talablar 
tizimida 
qo’llaniladigan metodika aniq bo’lishi, vazifalar oldindan belgilanganligi, 
qulay pedagogik shart-sharoit va psihologik muhit o’zining ijobiy samarasini 
berishi shubhasiz. 

Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish