151
davrlaridan o„tib borar ekan, mahsulot boshqaruvning barcha sohalari va vazifalarida
ularning mutanosib tarzda takomillashtirishini talab etgan holda tasir etadi. Mahsulot
qay bir davrni boshidan kechirayotganidan kelib chiqqan holda, maqsad va
strategiyalar belgilanadi, mahsulotni yaratish va sotishni boshqarish shakl va usullari
tanlanadi, boshqaruv va axborot sxemalari shakllantiriladi va hokazo.
Mahsulot hayotiy davrining korxonaning strategik qarorlariga ta‟sirini uch
darajasini ajratish mumkin. Birinchi daraja – korxona xatti harakati strategiyasi
darajasidir. Mazkur vaziyatda mahsulot o„tayotgan davr korxonaning muhitda
xatti-
harakati strategiyasi tanloviga ta‟sir ko„rsatadi: u diversifikatsiyaga urg„u beradi yoki
bozorda o„z qamrovini kengaytirish yoxud aksincha, bozordagi o„z ulushini
qisqartirish strategiyasini tanlaydi. Mahsulot korxona strategiyasini tanlanishga
sezilarli ta‟sir etishni etirof etgan holda, mahsulotdan tashqari korxona tomonidan u
yoki bu strategiya tanlashiga ta‟sir etuvchi boshqa
bir nechta muhim omillar
mavjudligini unutmaslik lozim.
Strategik qarorlarning ikkinchi darajasi bevosita mahsulotningsh o„zi bilan
bog„liq bo„lib,mahsulotni nima qilish kerak,uni ishlab chiqarish jarayoniga qanday
o„zgarishlar kiritish lozim, mahsulot tarkibida qanday o„zgarish qilish lozimligi kabi
masalalarni qamrab oladi. Masalan, etuklik davridagi mahsulotga
nisbatan quyidagi
strategiyalar qo„llanilishi mumkin.
1) Mahsulot markasini ilgari surish: markani faol reklama qilish, jozibadorroq
upakovka(qadoq)ni ishlab chiqish, qo„shimcha
xizmatlarni kengaytirish, e‟tiborni
Yangi xaridorlarni jalb qilishga emas, balki mavjudlarini mustahkam egallab olishga
qaratish;
2) Mahsulot xilma-xilligini kengaytirish, bezakning ko„plab turli detallarini,
turli-tuman dizaynni, turli ranglarni qo„llash,
original shakl, o„ziga xos (farqli)
upakovkadan foydalanish, shuningdek, yordamchi butlovchi detallarning ko„p
variantliligi;
3) mahsulot nufuzini oshirish: uning sifatini Yaxshilash, obro„li
marka va
upakovka(qadoq)lardan foydalanish, narxni oshirish va yuqori darajada saqlab turish,
xaridorlar yuqori narxlarda xarid qilishga tayyor bo„lgan bozorlardagi kichik
152
hajmdagi savdoni ommaviy bozorlardagi past va o„rtacha narxli savdoga nisbatan
ustun saqlash;
4) mahsulotga erishish imkoniyatlarini kengaytirish: savdo tizimini kengaytirish,
savdoning turli tizimlarini qo„llash, tovarni past narxda sotish imkonini beruvchi
nufuzga ega bo„lmagan
markalardan foydalanish, xizmat ko„rsatish tizimini
kengaytirish, soddalashtirilgan modellarni yaratish va h.k.
Mahsulotning hayotiy davrning alohida davrlaridan o„tish bilan bog„liq strategik
qarorlarni uchinchi darajasi marketing strategiyalaridir. Mazkur strategiyalar
mahsulot hayotiy davrining turli davrlarida marketing quyi tizimining qanday ishlashi
kerakligini belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: