125
xaridorlarga individual xizmat ko„rsatishdan, buyurtmalarni aniq bajarilishi va tashqi
raqobat shartlariga alohida e‟tiborni qaratishdan iborat.
Zamonaviy
kompaniyalarning
ko„pchiligi
bugungi
kunda
funksional
ixtisoslashuvga asoslangan va vertikal bo„ysuni tizimiga markazlashgan an‟anaviy
pog„onali tuzilmasini qayta ko„rib chiqmoqda. Bunday tuzilma quyidagi hollarda
qo„llanishi mumkin:
1) barcha faoliyat turlarini oson va tezlik bilan o„rgatish hamda ommaviy tarzda
yo„lga qo„yish mumkin bo„lgan sodda, takrorlanuvchi operatsiyalarga taqsimlash
mumkin;
2) Menejerlarning funksional ixtisoslashuvi va ularning o„z
sohalarida
mahoratlarini oshirishi katta foyda keltirishi mumkin;
3) iste‟molchilar ehtiyojlari standartli bo„lib, bu usullarni osonlik bilan topish va
ularni qondirish yo„llarini topish imkonini beradi. Biroq an‟anaviy tuzilma
iste‟molchilar ehtiyojlari standart tovarlarga emas, balki buyurtma asosida yaratilgan
va o„ziga xos xususiyatlarga ega tovarlarga qaratilgan, tovarning hayotiy davri
qisqargan, moslashuvchanroq ishlab chiqarish usullari
ommaviy ishlab chiqarishni
siqib chiqargan, iste‟molchilar individual yondashuvni afzal ko„rgan, texnologik
o„zgarishlar surati yuqori bo„lgan va bozor sharoitlari tez-tez o„zgarib turuvchi
sharoitlarda bu faoliyat turlarining rivojlanishini to„xtatib qo„yadi. Bunday
sharoitlarda xodimlarni “yuqoridan” buyruq kutishga majbur qiluvchi ko„p
darajali
pog„onali boshqaruv tuzilmalari va funksional byurokratiya botqoqqa botib qoladi.
Ular iste‟molchilar talablariga mos darajada javob bera olmaydilar va bozorning
o„zgaruvchan sharoitlariga tez moslasha olmaydilar.
O„z biznesini tanlangan strategiyaga mos ravishda muvaffaqiyatli qayta qurgan
va tashkil etgan kompaniyalar tajribasi kompaniyalarning maydalanib ketishi va
ortiqcha xarajatlar bilan quyidagi tarzda kurashishni tavsiya etadi:
- biznes jarayonining umumiy, jumladan, boshqa
faoliyat turlari bilan
bog„liqlikdagi sxemasini tuzish;
126
- jarayonning ma‟lum bir qismlarini chiqarib tashlash va qolgan qismarni
modernizatsiyalash imkoniyatini tahlil qilish yo„li bilan jarayonni soddalashtirishga
harakat qilish;
- jarayonning qaysi qismlarini avtomatlashtirish mumkinligini aniqlash (odatda
bu qaror qabul qilishda ko„p fikr va mulohaza yuritishini talab qilmaydigan sodda va
takrorlanuvchan operatsiyalar); yangi imkoniyatlar bilan ta‟minlashi va kelajakda
yuqori mahsuldorlik natijasida katta yutuqqa ega bo„lishga imkon beruvchi ilg„or
texnologiyalarni joriy qilish masalasini ko„rib chiqish;
- jarayonning har bir qismining (har bir faoliyat turining) strategiyaga nisbatan
ahamiyatini
baholash; strategik ahamiyatga ega uchastkalar tarmoqdagi yoki
jahondagi eng yaxshi ko„rsatkichlarga erishish imkoniyatlari nuqtai nazaridan
baholanishi lozim;
- asosiy bo„lmagan, tashkilot imkoniyatlari va asosiy ustunliklarini yaratishga
sezilarli hissa qo„shmaydigan faoliyat turlarini kompaniyadan chetga chiqarish
tarafdori va bunga qarshi bo„lgan barcha
jihatlarni solishtirish;
- qolgan faoliyat turlarini bajarish uchun yangi tuzilmani ishlab chiqish;
xodimlar tarkibini yangi tashkiliy tuzilmaga mos ravishda qayta ko„rib chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: