Ўzbekiston respublika oliy va ўrta maxsus


Korxonaning mahsulot strategiyasi



Download 1,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/99
Sana23.05.2022
Hajmi1,57 Mb.
#606827
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   99
Bog'liq
STRATEGIK BOSHQARISH (5)

 
9.4. Korxonaning mahsulot strategiyasi
Ishlab chiqarishni va mahsulot sotish hajmining kengaytirish yoki ularni 
qisqartirish, mahsulotni to„laligicha yangisiga almashtirish yoki uni qisman 
takomillashtirish, mahsulot bozorini uni shakllantirishning ilk davrida egallab olishga
intilish yoki bozor shakllanib bo„lganda unga chiqish va mahsulot bozori ulushi 


155 
uchun kurash boshlash, - shu kabi ko„plab masalalar korxonaning strategik 
boshqaruvini amalga oshirayotgan rahbariyat tomonidan hal qilinishi talab etiladi. 
Bu savollarga javoblar bir necha omillarning ta‟siri ostida shakllanadi. Mahsulot 
strategiyasi birinchi navbatda korxona strategiyasiga bog„liq. Mahsulot strategiyasi 
korxona umumiy strategiyasining elementi bo„lib, korxonaning maqsadlari xususiyati 
va uning strategiyasi bilan belgilansada, mahsulot strategiyasini ishlab chiqishga 
bevosita ta‟sir etuvchi ba‟zi omillarni sanab o„tish mumkin. Bu bobga juda muhim 
uch omil ko„rib chiqiladi. 
- raqobat muhiti va korxonaning raqobat strategiyasi; 
- korxona mahsuloti portfelining holati; 
- korxonani boshqarishda marketingning o„rni.
Raqobat muhitida korxonalar aksaryat hollarda an‟anaviy mahsulot vositasida 
raqobatlkashish doirasidan chiqib ketadigan ko„plab turli raqobat kurashi shakllari va 
usullaridan 
foydalanadilar. 
Biroq 
raqobat 
kurashida 
mahsulot 
vositasida 
raqobatlashishning ahamiyati va roli aslo pasaymaydi. Bundan tashqari aynan 
mahsulot vositasida raqobatlashish oxir – oqibat uzoq muddatli davrda korxonaning 
yashovchanligini ta‟minlashda hal qilkuvchi ahamiyatga ega. Korxonaning mahsuloti 
boshqa korxonalar mahsulotiga raqobat kurashida boy berar ekan, hech nima uni
tanazzuldan saqlab qolishga qodir emas. Bunga “Djeneral Motors” (General Motors)
duch kelgan holat yaqqol misol bo„la oladi. Uzoq muddat davomida bu super 
korparatsiyani hech bir kuch qulata olmaydi, faqat davlatgina bunga qodir deb 
hisoblanardi. “Djeneral Motors”ning qudrati uning hech qanday raqobatdan 
cho„chimasligiga asos bo„ladi deb sanalardi.
D.J.Gelb 1967- yilda o„zining “YAngi industrial jamiyat” nomli kitobida 
“Djeneral Motors”ning qudrati uni engil avtomobillar, dizellar, yuk avtomobillari
muzlatgichlar va u tomonidan taklif etilayotgan boshqa tovarlarga narx o„rnatishi va 
uning xizmatlaridan voz kechgan hech bir xaridor hech narsani o„zgartirishga qodir 
emasligiga ishonch bilan qarashi uchun yetarli ekanini yozadi. 80-yillarga kelib esa, 
“Djeneral Motors” halokat yoqasida qoldi. AQSH hukumati biror bir manfaatga ega 
bo„lish yoki “Djeneral Motors”ni bo„lakalarga ajratib tashlash uchun emas, balki uni 


156 
to„liq tanazzulga uchrashdan saqlab qolish uchun ulkan sayi harakatlarni amalga 
oshirdi. Korparatsiya bilan sodir bo„lgan bu metamarfoza (keskin o„zgarish)ning 
sababi, u tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillarning raqobat kurashida yapon 
avtomobil korxonalari mahsulotlariga boy berganligi bilan bog„liq.
Umuman olganda bozorda o„z xatti-harakatlari bilan korxona tomonidan 
sotilayotgan mahsulotlardan olayotgan daromadini qisqartirishi yoki uni daromaddan 
umuman mahrum etishi mumkin bo„lgan faoliyat subyekti korxona raqobatchisi 
hisoblanadi. Korxona mahsulotni daromat olish, bozorda o„z o„rniga ega bo„lish 
maqsadida ishlab chiqaradi va sotadi. Agar daromad yuqori (yetarli) bo„lsa, demak 
korxonaning ishlari yaxshi. Aksincha yetarli bo„lmasa, demak kimdir korxonani u 
erishishi mo„ljallangan pullardan mahrum qilgan. Bu subyekt korxonaning 
raqobatchisidir. Mahsulotning raqobat muhiti va raqobat imkoniyatlarini tashkil 
etuvchi kuchlar 5 guruhga bo„linadi. Quyida raqobat muhiti tahlili M. Parter (Porter 
1980)ning raqobat strategiyasi konsepwiyasiga muvofiq bayon etiladi:
Birinchi guruhni o„xshash mahsulot ishlab chiqaruvchilarning raqobat kuchlari 
tashkil etadi, ya‟ni birinchi guruhda bozor tizimlarini an‟anaviy o„rganishda umuman 
raqobatning sinonimi sifatida nomoyon bo„luvchi tarmoq ichidagi raqobat keltiriladi.
Ikkinchi guruh xom – ashyo, materiallar, butlovchi jihozlar va yarim tayyyor 
mahsulotlarni etkazib beruvchilardan tashkil topadi. Maskur guruh vakillarining 
korxona raqobat salohiyatiga ta‟sir kuchi mahsulot ishlab chiqaruvchini o„z mijozi 
sifatida ushlab turish qobilyati bilan bog„liq. Bu birinchi navbatta mazkur guruhning 
mahsulot sifati va tannarxiga sezilarli ta‟sir etishida nomoyon bo„ladi.
Uchinchi guruhga mahsulot xaridorlari kiritiladi. Ularning raqobat kuchi 
mahsulotning muayyan iste‟mol xususiyatlariga ega bo„lishini talab etish, 
shuningdek, mahsulot narxiga uni pasaytirish yo„nalishida ta‟sir etish imkoniyatida 
nomoyon bo„ladi.
To„rtinchi guruh o„xshash mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo„lgan 
subektlardan iborat. Ularning raqobat kuchi iste‟molchilarni shuningdek, mahsulotni 
patensial iste‟molchilarini o„z mahsulotlariga og„dirib olishlari imkoniyatining 
mavjudligidadir.


157 
Va nihoyat beshinchi guruh bevosita o„rinbosar mahsulotlarni ishlab 
chiqaruvchilardan tashkil topadi. Ko„pincha aynan shu guruh raqobat kuchlarining 
mahsulot uchun vayron qiluvchi va hatto yakson qiluvchi ta‟siriga ega ekanligi 
holatlari kuzatiladi.
Mahsulot strategiyasini ishlab chiqishda raqobat muhiti holatini o„rganar ekan, 
korxona raqobat kuchlarining o„zgarish tarkibi va dinamikasinigina emas, balki 
raqobatlashayotgan mahsulot strategiyasi haqida imkon qadar to„laroq tasavvurga ega 
bo„lish maqsadida alohida raqobatchilarni mufassal o„rganishi zarur. Bunda korxona 
uning o„zi ham, raqobatchilari ham raqobatning alohida subyektlari strategiyalarida 
o„zgarish yuz berishi, yangi raqobatchilar paydo bo„lishi, ba‟zi raqiblar esa raqobat 
maydonidan chiqib ketishi mumkin bo„lgan doimiy o„zgarishdagi raqobat muhitida 
faoliyat yuritishlarini unutmasligi lozim. Raqobatchini sxemetik tarzda tahlil qilishga 
yondashuv quyidagi 9- rasmda keltirilgan.

Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish