O'ZBEKISTON MUSULMONLAR IDORASI
MIR ARAB OLIY MADRASASI
KURS ISHI
MAVZU: “Islomda Ro'zaning ahamiyati"
Ilmiy rahbar: Diniy fanlar va tillar kafedra o’qituvchisi
o’qituvchisi
Bajardi: 401-guruh talabasi
Hamzidinov Kamolidin
Buxoro 2022 yil
MUNDARAJA:
KIRISH………………………………………………………………………….3
ASOSIY QISM …………………………………………………………………7
1. Ro'zaning lug'aviy va shariatdagi istiloxi………………………………….7
2. Ro'zaga vorid bo'lgan sahih hadislar……………………………………..10
3. Ro'zaga doir fiqhiy masalalar……………………………………………..12
4. E'tikof……………………………………………………………………….19
XULOSA……………………………………………………………………….24
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………...………………25
K irish
BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIM.
Alloh taologa hamdu sanolar, ikki olam sarvari Muhammad sollallohu alayhis salomga salovotu salomlar bo'lsin!.
Ro'zani taqvo yo'llaridan biri qilib, bandalarining har ikki dunyoda abadiy saodatga erishishliklari uchun ro'zani Islom farzlaridan qilgan Allohga beadad hamdu sanolar bo'lsin.
Ummatlariga bexad Mehribonlik qilib ro'zani barcha ahkomlarini va fazilatlarini ta'lim berib ketgan suyukli Payg'ambarimiz Muhammad Mustafo janoblariga abadul abad salovotu salomlar bo'lsin!
Qur'on Karim va sunnati Nabaviyani bizlargacha etkazib va undan istinbod qilib, shariat axkomlarini tartibga solgan mujtahid ulamolarga Allohning cheksiz rahmati bo'lsin.
Alloh taolo Qur'oni karimda ro'za haqida shunday marxamat qiladi:
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا كُتِبَ عَلَيْكُمُ الصِّيَامُ كَمَا كُتِبَ عَلَى الَّذِينَ مِنْ قَبْلِكُمْ لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ (183) أَيَّامًا مَعْدُودَاتٍ فَمَنْ كَانَ مِنْكُمْ مَرِيضًا أَوْ عَلَى سَفَرٍ فَعِدَّةٌ مِنْ أَيَّامٍ أُخَرَ وَعَلَى الَّذِينَ يُطِيقُونَهُ فِدْيَةٌ طَعَامُ مِسْكِينٍ فَمَنْ تَطَوَّعَ خَيْرًا فَهُوَ خَيْرٌ لَهُ وَأَنْ تَصُومُوا خَيْرٌ لَكُمْ إِنْ كُنْتُمْ تَعْلَمُونَ (184)
"Ey, imon keltirganlar! Sizlardan oldingi (ummat) larga farz qilingani kabi sizlarga ham rO'zA tutish farz qilindi, shoyad (u sababli)taqvoli bo'lsangiz. Sanoqli kunlarda. Bas, sizlardan kimki, bemor yoki safarda bo'lsa, sanog'i boshqa kunlardandir. Madori etmaydiganlar zimmasida bir miskin kimsaning (bir kunlik) taomi fidyadir. Kimki ixtiyoriy ravishda ziyoda xayr qilsa (lozim bo'lganidan ortiq fidya bersa), o'ziga yaxshi. Agar bilsangiz, rO'zA tutishingiz (fidya berib tutmaganingizdan) yaxshiroqdir" (Baqara,183,184).
Mazkur oyati karimalardan ma'lum bo'ladiki, Alloh taolo bizdan oldin o'tgan ummatlarga ham ro'zani farz qilgan. Bu farz xadisi sharifda ham o'z tasdig'ini topgan. Zero, unda aytilishicha, Alloh avval yahudiylarga Ramazon oyida rO'zA tutishni buyurgan. Ular rO'zA yilning eng issiq kunlariga to'g'ri kelgani uchun, ko'p va qattiq qiynaldik deb, boshqa oyga ko'chirganlar. Nafslari Xudo buyurgandek biron narsa tanovul qilmay rO'zA tutishga buysunmagan. Natijada, go'sht kabi narsalardan o'zlarini tiyib, ro'za tutishga odatlanganlar. Xudo keyinchalik nasroniylarga ham Ramazon oyida ana shunday ro'zador bo'lishni buyurgan. Afsuski, ular ham bu oyning eng issiq kunlarga to'g'ri kelgani va boshqa bahonalar bilan rO'zA oyi va tartiblarini o'zgartirganlar.
Bu haqda "Tafsiri Jalolayn" muallifi shunday degan: Xazrat Ibn Abu Xotim (r.h.) ibn Umar (r.a.) dan rivoyat keltiradilar: ul zot shunday deganlar. Ramzon oyi ro'zasini Alloh sizlardan oldingi ummatlarga ham farz qilgan edi. Ba'zi olimlar nazdida qanday bo'lsa ham rO'zA tutishni Xudo buyurgan, ammo vaqtini va miqdorini belgilab bermagan edi, deganlar. RO'zA so'zining ma'nolari ham shundan dalolat beradi. Shuning uchun Xazrati odam (a.s) ga Bayz kunlari, Muso (a.s.) ning qavmlariga esa Ashuro kunlari ro'za tutishni buyurdi .
Ramazon Arabcha "ar-ramad" degan so'zdan olingan bo'lib, quyosh haroratining juda isib, qaynab ketishini anglatadi. "Ar-Ramdo" esa, quyosh olamni tandirdek lovullatib qizdirishini bildiradi. Mana shunday issiqda qolib ketgan podadagi mol-qo'ylarning jigarlari qurib, ular tezda xalok bo'ladi. Shuning uchun arablar "oftob urishi" ni "ramadatul-G'anam" (chorvaning kuyishi) deydilar.
Bu haqda Imom Zamaxshariy mana bunday deganlar: "har bir oyni nomlash vaqtida shu oydagi biror belgi bilan yoki o'ziga xos xususiyat bilan nomiga ahamiyat qilganlar. Ramazon oyi esa yilning eng issiq kunlariga to'g'ri kelgan. Shuning uchun uni juda issiq, jazirama ma'nosida Ramazon deb ataganlar" Ramazon deyilishiga sabab, bu oyda gunohlar kuydiriladi, yondirib yo'q qilib yuboriladi. Uni yondirib, kul qiladigan narsa Solih amallardir.
Mo''tabar kitoblarda janob Payg'ambarimiz s.a.v. dan: har bir kun Allohning kuni, oy esa Allohning oyi, yil Allohning yilidir, degan xadisi sharif rivoyat qilingan. Ammo ba'zi oy va kunlarni uning o'zi aziz va mo''tabar qilgani ma'lum. Oylarning fazilatini bayon qilar ekanlar, janob Rasululloh s.a.v. Rajab Allohning oyi, Sha'bon mening oyim, Ramazon sharif esa ummatimning oyidir, deganlar. Ramazon sharifning kelishiga xursand bo'lgan kishining gunohlari kechiriladi.
Bir kuni Rasululloh s.a.v. juma xutbasini o'qish uchun minbarga ko'tarilayotganlarida uch marta "omin" dedilar. Bu "omin" larning sirini so'raganlarida, janob Rasululloh s.a.v.: "Minbarga chiqayotganimda birodarim Jabroil Amin (a.s.) keldilar va qulog'imga: "Ramzonga soG'-salomat etib kelib, imkoniyatlari bo'la turib, gunohlaridan yangi tug'ilgan go'dakdek pok bo'lmagan kishining burni erga ishqalsin" -dedilar. Men "omin" dedim. Keyin: "ota-onasini yoki ularning birini yoshi ulug'likka etganda topsa-yu, ularning xizmatini qilib, roziligini olmagan kishining burni erga ishqalsin”-dedilar, men yana "omin" dedim. Keyin yana: "Sizning muborak nomingizni eshitib, salovat aytmagan kishining burni erga ishqalsin",-dedilar. Men yana "omin" dedim".
"Burni erga ishqalsin" ning ma'nosini: ertaga ko'p afsus va nadomat cheksin, mahshargohda sharmanda bo'lsin hamda hijolatga qolsin deb ta'vil qilish mumkin.
Biz ummati Muhammadiyaga esa Ramazon oyining ro'zasi farz qilindi.
Bu esa hijrotning ikkinchi yilida Sha'bon oyida farz bo'lgan edi.
Ro'zaning fazilatlari haqida
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Nabiyy sollallohu alayhi vasallam: "Alloh taolo odam bolasining hamma amali o'zi uchun, faqat ro'za men uchundir va uning mukofotini men - o'zim berurman, dedi. Ro'za saqlovchidir. Qachon qaysi biringiz ro'zador bo'lsa, fahshdan gapirmasin va baqir-chaqir qilmasin. Agar birortasi u bilan so'kishmoqchi yoki urushmoqchi bo'lsa, men ro'zadorman, desin. Muhammadning joni qo'lida bo'lgan zotga qasamki, albatta, ro'zador og'zining hidi Allohning nazdida mushkning hididan hushbo'yroqdir. Ro'zadorga ikki xursandlik bor. U ikkisini ham yashagay. Qachon iftor qilsa, xursand bo'lgay va qachon Robbisiga muloqot bo'lganda, ro'zasi ila xursand bo'lgay", dedilar". Beshovlari rivoyat qilgan.
Boshqa bir rivoyatda "odam bolasining hamma amali (savobi) ko'paytirib berilur. Bir yaxshilikka uning o'n mislidan to etti yuz barobarigacha. Alloh azza va jalla: "magar rO'zA men uchundir. Uning mukofotini men o'zim berurman. U (odam bolasi) shahvati va taomini men uchun tark qilur", dedi" deyilgan.
Bu rivoyatda hadisi qudusiy bilan hadisi sharif aralashgan holda kelmoqda. Alloh taolo nomidan aytilgan so'zlar hadisi qudsiy va Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning nomlaridan aytilgani hadisi sharifdir.
Avvalo, hadsi qudsiy kelmoqda:
"Alloh taolo odam bolasining hamma amali o'zi uchundir, faqat rO'zA men uchundir va uning mukofotini men – o'zim bururman", dedi".
Demak, insonning ro'zadan boshqa hamma qilgan amali o'zi uchun bo'ladi. Faqatgina tutgan ro'zasi Alloh taolo uchundir. Buni qandoq tushunish mumkin? Javobi quyidagicha:
Ro'zadan boshqa hamma amallarda amal qilguvchi hohlasa ham, hohlamasa ham bir oz xo'jako'rsinlik, o'zgalarnning havasi, maqtovi, obro'-e'tibor paydo bo'ladi.
Misol uchun, namoz o'qigan odam tahorat qilagnida, namozga joy tanlaganida va nihoyat namoz o'qiyotganida boshqalar ko'radi. Bu odam namoz uchun tahorat qilmoqda, bu odam namoz uchun joy tanlamoqda, bu odam namoz o'qimoqda, yaxshi odam ekan, degan fikr hayolidan o'tib, unga xurmat-e'tibor bilan qaraydi.
Shunga o'xshab, zakot berganida har qancha yashirsa ham hech bo'lmaganida zakotni olgan kishi bilib, haqqiga duo qiladi.
Hajga borganida esa, umuman, shov-shuv bo'lib ketadi. Qaytganidan so'ng guruh-guruh kishilar ziyoratiga keladi. "Hoji aka" yoki "Hoji ona" degan nom bilan chaqiriladi.
Ro’zada esa, bu narsalarning birortasi yo'q, kechasi hech kim ko'rmaydigan vaqtda saharlik qiladi. Kunduzi esa hamma barobar yuraveradi. Iftor vaqti kirayotganda ham, hech kimsiz yolg'iz o'zi qolganida ham ro'zador Alloh taolo ko'rib turganini his qilib, og'zini ochib yubormaydi. Ana shularning hammasi ro'za Alloh taolo uchun tutilishining belgisidir.
Shuning uchun ham yolg'iz Alloh uchun bo'lgan ibodatning mukofotini Alloh taolo o'zi bilib berishga va'da qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |