Zbekiston musulmonlar idorasi mir arab oliy madrasasi


RO'ZAGA DOIR FIQHI MASALALAR



Download 111,41 Kb.
bet4/6
Sana28.06.2022
Hajmi111,41 Kb.
#715711
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ro\'za to\'liq

3. RO'ZAGA DOIR FIQHI MASALALAR
Savol: Ramazon ro'zasini tutishning hukmi nima?
Javob: Ramazon ro'zasini tutish kitob, Sunnat va ijmo'bilan sobit bo'lgan farzdir.
Alloh taoloning kitobiga keladigan bo'lsak, unda Baqara surasining Ramazon ro'zasining farz qilinishi Baqara surasining 183-185-oyatlarida o'z aksini topgan. Jumladan, unda quyidagilar bayon etilgan:
يا أيّها الذين آمنوا كتب عليكم الصيام كما كتب على الذين من قبلكم لعلكم تتقون
"Ey, imon keltirganlar! Sizlardan oldingi (ummat)larga farz qilingani kabi sizlarga ham ro'za tutish farz qilindi, shoyad (u sababli) taqvoli bo'lsangiz". (Baqara surasi, 183-oyat).
شهر رمضان الذى أنزل فيه القرآن هدىً للناس وبيّنات من الهدى والفرقان فمن شهد منكم الشهر فليصمه
"Ramazon oyi – odamlar uchun hidoyat (manbai) va to'g'ri yo'l hamda ajrim etuvchi hujjatlardan iborat Qur'on nozil qilingan oydir. Bas, sizlardan kim bu oyda (o'z yashash joyida) hozir bo'lsa, ro'zasini tutsin". (Baqara surasi, 185-oyat).
Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallamning "Islom besh ustunga bino qilingan: Allohdan o'zga iloh yo'q va Muhammad Allohning rasulidir, deb guvohlik keltirmoqlik; namoz o'qimoqlik; zakot bermoqlik; Ramazon ro'zasini tutmoqlik; Baytullohni haj qilmoqlikdir", degan ma'nodagi hadisi shariflari mashhurdir. 
Ummati Muhammadiy ro’zaning farz ekanligiga ijmo'qilganlar. Chunki u Islomning asosiy ustunlaridan biridir, dinning zaruriy amallari sirasidandir. 
Binobarin, ro'zani inkor qilgan kimsa Islom dini doirasidan chiqqan kofir hisoblanadi. Hatto, mazhabimizning fiqhiy kitoblarida oshkoro ro'za tutmasdan, ro'zani va musulmonlarni mensimasdan kunduzi eb-ichib yurgan, ro'za tutayotganlarni masxara qiladigan, ammo o'zini musulmonman, degan odamni avvaliga hibs qilinadi, agar aqlini yig'ib, tavba qilmasa, qatlga buyuriladi, deb zikr qilinadi. Bu Shofi'iy mazhabida ham shu tarzda olingan.
Savol. Namozda, masalan, shart, rukn kabilar borligi ma'lum. ro’zada ham shart va ruknlar bormi?
Javob. ro’zaning fiqhga ko'ra sababi, sharti, rukni va hukmi mavjud.
ro’zaning sababi Ramazon oyiga etib kelishdir. Ya'ni, Ramazon oyiga guvoh bo'lish.
Ro’zaning sharti: musulmon va aqli joyida bo'lish va balog'atga etgan bo'lish, ro'zani ado etish uchun esa salomat va muqim bo'lish shartdir. 
Ro’za ning rukni esa ro'zani ochadigan narsalardan saqlanishdir.
Ro’zaning fiqhdagi hukmi shuki, uni bajarib zimmadan soqit qilish va bajarganiga savob olish bor .
Savol: Ramazon ro'zasi kimlarga farz?
Javob: Ramazon ro'zasi musulmon odamga, aqlli insonga, balog'atga etganga, sog'lom va muqim odamga, hayzu nifosdan pok ayolga farzdir. 
Demak, kofirga lozim emas. Aqlidan zoyil bo'lgan Majnunga farz emas. Balog'atga etmagan yosh bolaga ro’za farz emas.
Kasal sog'ayganidan so'ng qazo ro’za tutib beradi. Shuningdek, musofir yurtiga kelganidan keyin, ayol hayzu nifosdan tozalangandan so'ng rO'zA tutadilar, tutmagan ro'zaning qazosini tutib beradilar. Homilador yoki sut emizuvchi ayol o'zlariga va bolalariga ziyon etmaydigan bo'lganda, ro'za tutadilar, o'tkazib yuborgan ro'zalarining qazosini tutadilar. Ulug'yoshdagi bobo yoki momo ro’za tutishga qiynaladigan bo'lsalar ro'za tutmay qo'ya qoladilar. Uning o'rniga fidya beradilar. Qiynalmaydigan bo'lsalar, ro'zalarini (yoki qazosini) tutadilar. Shuningdek, tuzalmaydigan kasalmandlar fidya beradilar. Og'ir ish ishlaydiganlar ham ro’za tutmasliklari mumkin. 
Savol: Ro’zaning fazilatlari haqidagi hadisi shariflardan gapirib bersangiz?
Javob: Islom shariatidagi har bir ibodat haqida hadisi shariflar vorid bo'lgan. Ularning fazilatlari qayta-qayta ta'kidlangan. Jumladan, ro’zaning fazilati bayon qilingan yuzlab hadisi shariflar muhaddislar tomonidan rivoyat qilingan. Ulardan eng mashhurlarini keltiramiz:
1.Hadisi qudsiyda Alloh taolo bunday degan:
كلّ عمل ابن آدم له الا الصيام فانه لى وأنا أجزى به
"Odam bolasining har bir amali uning uchundir. Faqat ro’za men uchundir. Unga o'zim mukofot beraman!". Imom Ahmad, Muslim va Nasoiylar Abu Hurayra raziyallohu anhudan rivoyatlari.
2.Abu Umoma raziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilariga keldimda, so'radim, deydilar: "meni jannatga kiritadigan amalni menga buyuring?". Ul zoti sharif dedilar: 
عليك بالصوم فانه لا عدل (مثل) له
"O'zingga ro'zani lozim tut. Chunki unga teng keladigan birorta amal yo'q".
So'ng ikkinchi marta ul zot oldiga kelib shunday deganimda Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam yana: "o'zingga ro'zani lozim tut!"dedilar. Imom Ahmad va Nasoiy rivoyati. Uni Imom hokim sahih degan.
3.Sahl ibn Sa'd raziyallohu anhu rivoyat qilgan. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat qilganlar:
ان للجنة بابا يقال له الريّان يقال يوم القيامة أين الصايمون فاذا دخل آخرهم أغلق ذلك الباب
"Albatta jannatda bir eshik bor. Unga ar-Rayyon deyiladi. Qiyomat kunida odamlarga qarata: "Ro'zadorlar qaerda?"deyiladi. Bas, ularning (ro'zdorlarning) oxirgisi o'sha eshikdan kirib bo'lganida, ushbu eshik yopiladi". Imom Buxoriy va Muslim rivoyati.
4.Imom Ahmad, Nasoiy va Bayhaqiylar Abu Hurayra raziyallohu anhudan qilgan rivoyatlarida Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Ramazon kirishi arafasida mana bunday marhamat qilgan ekanlar:
قد جاءكم شهر مبارك أفترض عليكم صيامه تفتح فيه ابواب الجنة وتغلق فيه ابواب الجحيم وتغلّ فيه الشياطين فيه ليلة خير من ألف شهر من حرم خيرها فقد حرم
"Muborak oy sizlarga kirib kelmoqda. Sizlarga uning ro'zasini tutish farz qilindi. U oyda jannat eshiklari ochiladi, jahannam eshiklari qulflanadi va shaytonlar kishanlanadi. Unda ming oydan yaxshiroq bir kecha ham bor. Kimki bu oyning yaxshiliklaridan mahrum qolsa, haqiqatdan ham mahrum qolgandir!".
5.Imom Ahmad va Sunan sohiblari (Termiziy, Abu Dovud, Nasoiy va ibn Mojja) Abu Hurayradan qilgan rivoyatda Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam mana bunday degan ekanlar:
من صام رمضان ايمانا واحتسابا غفر له ما تقدم من ذنبه
"Kimki Ramazon ro'zasini iymonu ixlos bilan tutsa, o'tgan jami gunohlari mag'firat qilinadi".
Savol: Ramazon ro'zasi o'g'il-qizlarga qaysi yoshdan farz bo'ladi? Balog'atga etishning shar'iy holati bormi va unga ma'lum yosh belgilanganmi?
Javob: shariatimizdagi har bir buyurilgan amal inson musulmon holida balog'atga etganida lozim bo'ladi. Yosh bolalarga shariat hech narsa buyurmaydi. Shuningdek, u jinni bo'lmasligi ham kerak. Imom hokim sahih deb, shuningdek, Imom Ahmad, Abu Dovud va Nasoiylar rivoyat qilgan
hadisi sharifda Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bundoq deganlar:
رفع القلم عن ثلاثة: عن النائم حتى يستيقظ، وعن الصغير حتى يكبر، وعن المجنون حتى يفيق
"Uch nafar odamdan qalam (shariat hukmi) ko'tarilgan: uxlab yotgan odamdan to uyg'onguncha, yosh boladan to katta bo'lguncha, jinnidan to sog'ayguncha". 
Demak, balog'atga etishning holati va vaqtini bilish ham juda muhimdir.
Bizning Hanafiy mazhabimizda, ya'ni, Imomi A'zam mazhablarida balog'atga etishning eng erta vaqti o'g'il bola uchun o'n ikki yosh, qiz bola uchun esa to'qqiz yosh, deb olingan. Sahobiyi kiromlardan Abdulloh ibn Amr ibn al-OS raziyallohu anhumoning otalari o'n ikki yoshlarida voyaga etganliklari hadis va tarix kitoblaridan ma'lum bo'ladi.
O'g'il bolalarning balog'atga etishlari ularning ehtilom bo'lishlari, homilador qilishga qodir bo'lishlari, badanlariga tuklar o'sib chiqishi bilan bilinadi. Qiz bolalarniki esa ehtilom bo'lishlari, hayz ko'rishlari, homilador bo'lishga qodir bo'lishlari bilan belgilangan.
To'rt mazhab ulamolarining ittifoqiy fatvolariga ko'ra, balog'atga etishning eng kech vaqti o'g'il va qizga o'n besh yoshdir. Uhud jangida Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Ibn Umar raziyallohu anhuga o'n to'rt yosh bo'lganlari uchun jangda qatnashishga ijozat bermaganlar. Xandaq jangida esa u o'n besh yoshida edi. Shu boisdan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga ijozat berganlar. (Bayhaqiy va Ibn Hibbonlar sahih deb rivoyat qilgan). Imom Buxoriyning rivoyat qilishicha, Xalifa Umar ibn Abdulaziz o'z amaldorlariga balog'at yoshini o'n besh deb belgilanganligini yozib yuborgan ekan. Odatda inson o'n besh yoshlarida voyaga etib ulguradi. Shuning uchun faqihlarimiz tomonidan oxirgi vaqti qilib, shu yosh belgilangan. 
Imomi A'zam rahmatullohi alayhi sahobiy Ibn Abbos raziyallohu anhuning qavliga suyanib, yigitlarning balog'atga etishining eng kech yoshi o'n to'qqiz, qizlarniki esa o'n ettidir, ham degan ekanlar. ("Muxtasar al-Viqoya"ning "kitob al-hajr" qismi oxirida).
Shunday qilib, mo''min va mo''mina balog'atga etganidan Ramazon ro'zasini bir kunini ham qoldirmasdan tuta boshlashi lozim. Ramazonning o'rtasida yoki bir kuni qolgan bo'lsa ham balog'atga etsa, o'sha qolganini tutish farz bo'ladi. Agar Ramazon oyining kunduzi balog'atga etib qolsa, shu kunining qazosini tutib bermaydi, xolos. Kofir odam kunduzi musulmon bo'lsa ham shu kunining qazosini tutib bermaydi. Ertasiga rO'zA farz bo'ladi. Ramazon ro'zasiga beparvo bo'lib, uni o'tkazib yuborganlar kunma-kun qazosini tutib berishlari kerak.
Bola ertalab, tong otganidan so'ng, choshtgohgacha balog'atga etsa va rO'zAga niyat qilib, ro'zani boshlasa, o'sha kungi ro'zasi nafl bo'ladi. Ertangi kundan boshlangan ro'zasi farz hisobiga o'tadi. ("az-Zaxoir al-ashrafiyya"). 
Savol: Ramazon oyida kechasi xotini bilan yaqinlik qilsa, bo'ladimi? Ba'zilar xotini bilan birga yotilmaydi, deb o'ylashadi? O'zi rO'zAda kechasi xotiniga yaqinlik qilishdan ham qaytarilganmi?
Javob: Ramazon oyi kechalarida xotini bilan yaqinlik qilsa, jimo'qilsa, albatta, bo'ladi. Bunga Alloh taoloning o'zi ruxsat bergan:
أحلّ لكم ليلة الصيام الرفث الى نسائكم هنّ لباس لكم وانتم لباس لهنّ
"Sizlarga rO'zA kechasida xotinlaringiz bilan qovushish halol qilingan. Ular sizlar uchun libos, sizlar ular uchun libosdirsiz". (Baqara surasi, 187-oyat).
Demak, Ramazonda va boshqa har qanday rO'zAda kechalari xotini bilan qovushish mumkin. Faqat ikki xil rO'zAda bu mumkin emas. 
Birinchisi, Ramazon oyida va boshqa vaqtda ham, kimki masjidda e'tikof o'tirgan bo'lsa, u kechalari xotini bilan yaqinlik qila olmaydi. Buni Alloh taoloning o'zi buyurgan:
ولا تباشروهنّ وانتم عاكفون فى المساجد 
"Masjidlarda e'tikofda bo'lgan paytlaringizda (kechalari ham) ular (xotinlar) bilan qovushmangiz!". (Baqara surasi, 187-oyat).
Ikkinchisi, zihor kafforati uchun tutilayotgan rO'zAda kechasi ham xotini bilan qovushishga ruxsat yo'q. 
Zihor bu xotinining taloqni bog'lash mumkin bo'lgan a'zosini o'zining mahramlaridan birining qarash harom qilingan a'zosiga o'xshatishdir. Masalan, xotinini o'z onasiga o'xshatdi va zihor niyat qildi. Ana shunda u bu bo'lmag'ur gapning jazosi uchun kafforat to'laydi. Avval qul ozod qiladi, qodir bo'lmasa, ana endi ikki oy davomida paydar-pay ro'za tutadi. Orada uzulishlar mutlaqo bo'lmasligi kerak. Bunga ham qodir bo'lmasa, oltmish miskinning qornini to'ydiradi.
Zihor kafforatida ro'za tutganda kechasi ham xotini bilan yaqinlik qilib bo'lmasligini Alloh taoloning o'zi aytgan:
فمن لم يجد فصيام شهرين متتابعين من قبل ان يتمآسّا
"Bas, kimki (qul) topa olmasa, qo'shilishlaridan ilgari (zimmasida) paydar-pay ikki oy ro'za tutish bordir". (Mujodala surasi, 4-oyat). 
Savol: hadisi shariflarda Ramazon oyida shaytonlar zanjirlanadi, deyilgan. Unday bo'lsa, nima uchun ba'zi odamlar shaytoniy ishlarini bu muborak oyda ham qilaveradilar? Namoz o'qimaydilar, o'g'irlik qiladilar.
Javob: avvalo shuni bilmoq kerakki, Alloh taolo va uning Rasuli aytgan narsa hech qachon voqe'likka xilof bo'lmaydi. Biroq, shunday bo'lib qolsa, nima qilamiz. Unda oyat yoki hadisni biz fahmlagan ma'noda emas, ta'vil qilib tushinishga harakat qilamiz. Chunki, biz oyat va hadis ma'nosini to'g'ri tushunmayotgan, xato fahmlayotgan bo'lib chiqamiz.
Avval savolda aytilgan hadisi shariflarni ko'rib chiqaylik:
Imom Buxoriy va Imom Muslimning Ittifoqi bilan rivoyat qilingan hadisi sharifda Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bunday deb marhamat qildilar:
أذا دخل رمضان فتحت أبواب السماء ( أو الجنة أو الرحمة) وغلقت أبواب جهنم وسلسلت الشياطين
"Qachon Ramazon kirsa, osmon (jannat yoki rahmat) eshiklari ochiladi, jahannam eshiklari yopiladi va shaytonlar zanjirlanadi".
Imom Ahmad, Nasoiy va Bayhaqiylar Abu Hurayra raziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda esa bunday deyiladi:
قد جاءكم شهر مبارك أفترض عليكم صيامه تفتح فيه أبواب الجنة وتغلق فيه أبواب الجحيم وتغلّ فيه الشياطين...
"Sizlarga muborak oy kelib turibdi. Sizlarga uning ro'zasi farz qilindi. U oyda jannat eshiklari ochiladi, jahannam eshiklari yopiladi, u oyda shaytonlar zanjirlanadi...".
Imom Ahmad va Nasoiylar rivoyat qilgan hadisda esa Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yana bunday deganlar:
تغلق أبواب النار وتفتح أبواب الجنة وتصفد فيه الشياطين
"Do'zax eshiklari qulflanadi, jannat eshiklari ochiladi va u oyda shaytonlar kishanlanadi".
Imom Termiziy va Ibn Mojjalar rivoyat qilingan hadisi sharifda esa bundoq deyilgan:
اذا كان اوّل ليلة من شهر رمضان صفدت الشياطين ومردة الجنّ...
"Qachon Ramazon oyining avvalgi kechasi bo'lsa, shaytonlar va isyonkor jinlar kishanlanadi".
Imom Ahmad va Nasoiylar rivoyat qilgan yana bir hadis matni quyidagicha:
تفتح فيه أبواب السماء وتغلق فيه أبواب الجحيم وتغلّ فيه مردة الشياطين
"U oyda samo eshiklari ochiladi, jahannam eshiklari yopiladi va u oyda isyonkor shaytonlar bog'lab tashlanadi".
Ulamolarimiz mazkur hadislarni bunday tushuntirishgan:
-Shaytonlarning barchasi kishanlanmaydi, balki oxirgi hadislarda aytilayotgandek, isyonkor (quvvatli) shaytonlargina kishanlanadi.
-Shaytonlar faqatgina ixlosli mo''min bandalar, muxlis ro'zadorlar uchun kishanlanadi.
-Shaytonlar qaerga kishanlanadi, qaerga bog'lanadi? Ular fosiq va gunohkorlarga bog'lab qo'yiladi.
-Shaytonlar kishanlanadi, lekin ularning ig'vo va vasvasalari bog'lanmaydi.
-Shaytonlar kishanlanadi, shuning uchun ularning vasvasalari boshqa oylardagidek kuchli bo'lmaydi.

Download 111,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish