Ўзбекистон халқаро ислом академияси


Ma’ruza Vahiy kelgunga qadar Muhammad alayhissalomning Makkadagi faoliyatlari



Download 1,97 Mb.
bet34/120
Sana31.12.2021
Hajmi1,97 Mb.
#237305
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   120
Bog'liq
ISLOM TARIXI UMK ред. (Lotincha)

12 Ma’ruza Vahiy kelgunga qadar Muhammad alayhissalomning Makkadagi faoliyatlari.

Reja:

1.Payg`ambar Muhammad (s.a.v) hayotlarida ta’luqli siyosiy-tarixiy ma’lumotlar.

2.U kishining tavalludi, yoshligi va ulg`ayishi. Tijoratchilik faoliyati va Hadichaga uylanishlari.

3. Tanholikni ixtiyoriy etib, Hiro tog’idagi g`orda ibodat bilan mashg`ul bo’lishlari. Ilk vahiyning nozil bo`lishlari.


Tayanch so‘z va iboralar: Zakot, sadaqa, jizya, Bashir ibn Sufyon, Uyayna ibn Hisn, Mutarid ibn Hojib, Sobit ibn Qays, Zabirkon ibn Badr, al-Aqra’ ibn Hobis, Alqama ibn Mujazzaz, Saqifiylar

Makka shahri olinib, Vodil Qurodan Toifgacha barcha qabilalar islomni qabul qilgach, musulmon “umma”si Madinadan ancha tashqari erlarni o‘z ichiga oldi va kattagina davlatga aylandi. SHunday bo‘lsada, hali-hamon urug‘-qabilachilik tarkiboti va qabilalarning ichida tobelik munosabatlari saqlanib kelardi. Urug‘-qabilachilik tarkibotiga xos bo‘lmagan birinchi yangilik bu – soliq tushunchasi bo‘ldi. To‘g‘ri, umuman olganda, arablar boj-xiroj shaklidagi soliqdan xabardor edilar, zero ular Himyor, Laxmiylar va G‘assoniylar davlatlari va yirik qabilalarda buni ko‘rgan edilar. Qur’oni karimda soliq solish zarurligi xususida aniq ko‘satmalar yo‘q. Ammo jamoaning g‘oyaviy rahnamosi sifatida kam ta’minlangan yoki muhtoj vakillarini qo‘llab-quvvatlash Muhammad (sav)ning burchlaridan biri edi. Qolaversa, ilk musulmon jamoasida bunga ehtiyoj tug‘ildi. SHuning uchun ham dastlab zakot va sadaqa deb ikki hil nom bilan atalgan bu tushuncha Allohning marhamatini olib beruvchi vosita sifatida islomning besh farzi ichida namozdan keyin qo‘yildi: imon, salot, zakot... Makka suralarida “zakot” ko‘proq mo‘minlikning belgilaridan biri ma’nosida ishlatilgan bo‘lsa, Madina suralarida endi u aniq atamaviy, ya’ni diniy burch, vazifa ma’nosini kasb qildi. Xayr-ehson ma’nosida Qur’onda “zakot”dan tashqari “sadaqa” so‘zi ham ishlatilgan. Qur’ondagi “sadaqa” bu – beva-bechora, miskin, sadaqa yig‘uvchi, qalblari oshno qilingan, qul va qarzdorlarni ozod qilish, Alloh yo‘lidagi janglar ishtirokchilari va musofirlar uchun belgilangan(9:60). Ko‘rinib turibdiki, bu erda gap aniq jamoa fondi va undan tarqatiladigan mablag‘ haqida ketayapti. Muhammad (sav) Makka fathidan Madinaga qaytgach, birinchi bor sadaqa yig‘ish tashkil qilindi. 630 yil aprelida, manbalarga ko‘ra, 16 ko‘zga ko‘ringan sahobalar, shu jumladan, Ali ibn Abu Tolib, Amr ibn al-Oslar joylarga sadaqa yig‘ish uchun yuborildilar. Xususan, Ali Najron shahariga ham sadaqa ham jizya – xristianlardan jon solig‘i yig‘ish uchun jo‘natildi. SHunday qilib, sadaqa yig‘uvchilar endi tug‘ilayotgan markazlashgan davlat apparatining birinchi bo‘g‘inini tashkil qildilar, deyish mumkin.

SHuni ta’kidlash joizki, dastlabki davrlarda sadaqa yig‘ish ba’zilarning noroziligi va hatto harbiy nizolarga sabab bo‘ldi. Masalan, sadaqa yig‘ish uchun borgan Bashir ibn Sufyonni quvib yuborgan Tamim qabilasini jazolash maqsadida u erga Uyayna ibn Hisn 50 otliq askar bilan jo‘natildi. Uyayna deyarli jangsiz-yo‘qotishsiz 11 erkak, 21 ayol va 30 yosh bolalarni asir qilib, Madinaga olib keldi. Bir necha kundan so‘ng ushbu asirlar masalasida Madinaga Tamim qabilasining katta delegatsiyasi keldi. Muhammad (sav) atayin ularni qabul qilishga shoshmadi, avval masjidda, tamimiylarni kutdirgan holda, jamoat namozini o‘tkazdi. So‘ng yana bir bor uyida namoz o‘qib, shundan so‘nggina ular bilan muzokaraga kirdi. Johiliya arablarining odatiga ko‘ra, tamimiylar o‘z xatibi va shoiri bilan faxrlanish maqsadida dastlab xatibi Mutarid ibn Hojibni ilgari surdilar. Unga javoban Muhammad (sav) musulmon xatib Sobit ibn Qays chiqishini buyurdi. So‘ng tamimiylardan shoir Zabirkon ibn Badr she’ri bilan chiqdi. Unga Payg‘ambarning shaxsiy shoiri Hasson ibn Sobit javob qildi. SHundan so‘ng tamimiylar boshlig‘i al-Aqra’ ibn Hobis musulmon xatibi va shoiri unikidan ustun kelganini tan olib, islomni qabul qildi, Muhammad (sav) esa asirlarni to‘lovsiz ozod qildi. Darvoqe, yuqorida zikr etilgan va endigina islomni qabul qilgan shoir Zabirkon, ko‘p o‘tmay, soliq yig‘uvchi sifatida banu Sa’d qabilasiga yuborildi.

Bu – o‘sha 9 hijriy yilda Muhammad (sav) huzuriga turli qabilalardan kelib, islomni qabul qilgan va markazlashgan davlatga tobelik bildirgan ko‘plab delegatsiyalardan birinchisi edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, delegatsiyalarning umumiy soni 70 taga etganki, 9- hijriy yil tarixda “delegatsiyalar yili” degan nomni oldi. Ammo islomning ushbu zafarli yurishidan oldin yana bir necha harbiy chiqishlar amalga oshirildi.

YAngi davlatning janubida 630 yilning may-iyunь oylarida 20 kishilik otryad to YAman chegarasida banu Has’am erlarigacha bordi. Ikki oydan so‘ng Alqama ibn Mujazzaz habashlarning desantini bartaraf qilish uchun Jiddaga yuborildi. SHarqiy chegaralarda 630 yil iyunida Dariyaga kalbitlarga islomni qabul qilish taklifi bilan borgan uncha katta bo‘lmagan qism qarshilikka uchrab, jang qilishga to‘g‘ri keldi. O‘sha oyda Muhammad (sav) Alini 150 kishi bilan Tayy qabilasiga ular sig‘inadigan Fals sanamini yo‘q qilish uchun yubordi. Bu erda o‘zining saxiyligi bilan tillarda doston bo‘lib kelgan Xotim Toiy (o‘zbekcha Xotamtoy)ning urug‘i yashardi. Ali Fals ibodatxonasini yo‘q qildi, ko‘p asirlarni qo‘lga kiritdi, ular orasida mazkur Xotimning qizi ham bor edi, uning akasi va urug‘ boshlig‘i Adiy Suriyaga qochib ketdi. Xotimning qizi Madinada Payg‘ambar bilan uchrashib, islomni qabul qildi va akasini Madinaga chaqirdi. Adiy Payg‘ambarning islomni qabul qilish haqidagi taklifiga javoban, mening o‘z dinim bor, dedi. Payg‘ambar unga: “Bilaman, sening dining “Rukusiya” deb ataladi, u nasroniylik va sobiylik o‘rtasidagi e’tiqod. Mayli nima bo‘lganda ham, urug‘ boshlig‘i sifatida senga ajratiladigan “mirba’” (chorak ulush)ga sizlarning diningiz nuqtai nazaridan ham ruxsat yo‘q!”,-degan ekan. Adiy ibn Xotim bu fikrga qo‘shilibdi va islomni qabul qilibdi.

630 yilning ayni issiq yozida Vizantiya imperatori Irakliy Arabistonga yurish uchun katta qo‘shin tayyorlayotgani, unga Iordan orqasidagi Laxm va G‘asson qabilalari qo‘shilajagi haqida mish-mish xabar etib keldi. Ayni shu kunlarda Muhammad (sav) xonadonida ham ko‘ngilsiz voqea yuz berdi: o‘g‘il tug‘ib bergani va go‘yo unga ko‘proq e’tibor qaratilayotganini ta’na qilib, Mar’yamni yoqtirmagan Payg‘ambar nikohidagi barcha ayollar birgalikda norozilik bildirib, Rasulullohni ziq qilib yubordilar. SHu voqea bilan bog‘liq, agar ular yana shunday dilxiralik qilishsa, Payg‘ambar ularning hammasini taloq etishga haqli, degan mazmundagi oyat nozil bo‘lgan.

Bu ikki masala o‘sha kunlari qanchalik dolzarb bo‘lganini Umar ibn al-Xattob hikoyasidan ham bilsa bo‘ladi. “Mening bir tanishim bor edi,- degandi u,- Madinadan tashqarida yashardi va o‘ziga xos qorovul vazifasini bajarardi. Biz o‘sha kunlari g‘assoniylar hujum qilib qolishidan xavotirda edik. Bir kuni kechqurun shu tanishim eshigimni qattiq qoqib, yomon ish bo‘ldi, dedi. Men unga: “Nima bo‘ldi, g‘assoniylar keldimi?”-desam, u: “Yo‘q, undan ham yomon: Payg‘ambar xotinlarining hammasini taloq qilib yuboribdi”,-deydi. Manbalarda kelishicha, shunday notinch paytda ayollarining qilmishidan achchiqlanib, Payg‘ambar bir oy ular bilan umuman aloqada bo‘lmagan ekanlar. Abu Bakr va Umar o‘z qizlariga qattiq tanbih berganlar.

Nima bo‘lganda ham Muhammad (sav) dushman kelishini kutmasdan, unga qarshi peshvoz chiqish uchun askar tayyorlashga kirishdi. Manbalarga ko‘ra, 30 minglik, shundan 10 mingi otliq, qo‘shin to‘plandi. Bu juda katta mablag‘ni talab qilar, yil boshida to‘plangan sadaqa esa kamlik qilardi. SHu boisdan, Muhammad (sav) sahobalarga murojaat qilib, kimning qancha imkoniyati bo‘lsa, armiyani moddiy ta’minlashini iltimos qildi: “Man jahhaz jayshal usra lahul janna”(Kimki, muhtoj armiyani tayyorlasa, unga jannat nasib etadi). Abu Bakr bor mol-mulkini, Umar – boyligining yarmini, Abdurahmon ibn Avf – 8000 dirham, Usmon ibn al-Affon o‘z hisobidan askarning uchdan birini jihozladi; Abbos, Talha, Sa’d ibn Uboda, Muhammad ibn Maslama ham katta ehsonlar qilishdi. Kimdir ozgina bo‘lsada, don yoki xurmo berdi. Ayollar qimmatbaho buyumlarining bir qismini ehson qildilar.

Aytilganidek, askarni hozirlash ayni yoz saratoni paytiga to‘g‘ri kelgan, arablar odatda bunday kunlarda soyada bo‘lishni xush ko‘rardilar. Johiliya davrida arablarning har yilga “ayyom an-Nasyi” – qo‘shimcha kunlarni qo‘shishlari ham aslida savdo, haj safarlarining yoz saratoniga to‘g‘ri kelib qolmasligi uchun qilinardi. Xullas, bunday issiq paytda jangga otlanish hammaga ham xush kelmadi. Ko‘pchilik safarga chiqmaslik uchun turli bahonalar qilaboshladilar: kimnidir mablag‘i yo‘q, kimdir yangi imorat solib, suvog‘i qolgan, yana kimdir – endi uylandi. Ba’zilar to‘satdan “kasal” bo‘lib qoldilar, ba’zilar oilaga qaraydigan odam yo‘q, dedi. Aytishlaricha, munofiqlardan bir kishi shu darajaga borganki, ayol zotiga haddan tashqari ishtiyoqmandligini bahona qilgan: go‘yoki, agar rumlik ayollarni ko‘rib qolsa, o‘z nazoratini yo‘qotarmish, yaxshisi, uning bormagani ma’qul emish. Bunday kayfiyat hatto Qur’onda o‘z ifodasini topgan: «(Jangdan soxta uzrlar bilan) qolganlar Allohning rasuliga xilof qilib o‘tirishlaridan (o‘zlari) shod bo‘ldilar va mollari-yu jonlari bilan Alloh yo‘lida jihod qilishni yoqtirmadilar va (boshqalarga ham): «Issiq havoda qo‘zg‘almangiz!» – deyishdi. Ayting: «Agar anglasalar, jahannam olovi (undan) issiqroqdir».

Tobuk safari bilan bog‘liq oyatlar haqida batafsilroq ma’lumotlar “Qur’onning “Tavba” surasi va uning ahamiyati” deb nomlangan keyingi ma’ruzada keltiriladi.

Safarga tayyorgarlik biroz cho‘zilib, Muhammad (sav) Madinadan 350 km shimolroqdagi Tobukka 630 yilning oktyabrida etib keldi. Qiyinchilik bilan hozirlangan katta armiya Tobukka yaqinlashganda, vizantiyaliklarning Madinaga hujum qilishlari mumkinligi haqidagi xabar yolg‘on bo‘lib chiqdi. Tobuk aholisi jangsiz taslim bo‘ldi va jizya to‘lash sharti bilan o‘z e’tiqodlarida, ya’ni xristianlikda qoldi. Tobukda joylashib olgach, Muhammad (sav) qo‘shni vohalarga choparlar yubordi, Xolid ibn Validni esa, Duvmatul Jandalni bo‘ysindirish uchun 420 kishilik qism bilan jo‘natdi. Hujum to‘satdan bo‘lgani bois, shahar hokimi Uqaydar qarshilik ko‘rsata olmadi va 2000 tuya, 800 qul, 400 qalqon va 400 nayza topshirib, taslim bo‘ldi. Uqaydar va uning inisi Hasson Xolidni Muhammad (sav) huzuriga olib kelishdi. Tuzilgan shartnomaga ko‘ra, Uqaydar va uning ra’yati islomni qabul qilishdi, beshdan bir qism erlar o‘lja sifatida, xurmo hosilining ushri (o‘ndan biri) va chorva moldan sadaqa beriladigan bo‘ldi.

So‘ngra Tobukka Ayla (Eylat) episkopi Ioan hamda Makna, Jarba va Azrux vakillari kelib, shartnoma imzoladilar. Ularning shartlari turlicha bo‘ldi. Ayla aholisining erkaklaridan kishi boshidan yiliga 1 dinor, ja’mi 300 dinor, Azrux va Jarba – 100 dinordan to‘laydigan bo‘ldilar, Makna esa, baliq ovi, hosil va matolardan to‘rtdan birini beradigan bo‘ldi. CHamasi, Maknadan ko‘proq soliq olinishining sababi – aholisi asosan yahudiylar bo‘lgani uchundir, ehtimol. Ammo buning evaziga ularning hammasi Alloh va uning rasuli himoyasi (zimmasi)ga o‘tdi, to‘la xavfsizlik va vijdon erkinligiga ega bo‘ldilar. Aytish joizki, bu – boshqa din vakillari bilan jon solig‘i evaziga vijdon erkinligini kafolatlagan birinchi aniq hujjatdir.

Muhammad (sav) Tobukda 1 oy turib, Ramazon boshida Madinaga qaytib keldi. Birozdan keyin Toifdan saqif qabilasining delegatsiyasi keldi. Toif qamal ostida bo‘lgan paytlarda saqifiylar islomga nisbatan ashaddiy adovatda bo‘lgandilar, hatto shaharda islomga kirganlardan taniqli bir kishi, aniqrog‘i, o‘zlarining raisi bo‘lgan Urva ibn Mas’udni qatl qilgandilar. Ammo sekin-asta angladilarki, atrofda islom to‘la g‘alaba qozongan bir paytda ular xoli bo‘lib qolaolmaydilar, shahar baribir qulaydi va, yaxshisi, o‘zlariga qulay bo‘lgan shartlar bilan taslim bo‘lgan ma’qul. Saqifiylar quyidagi shartlarda islomni qabul qilish, Muhammad (sav)ni Allohning elchisi deb tan olish, Lotga sig‘inishni tugatishga rozi bo‘ldilar: Vajj vodiysi “haram” deb e’tirof qilinadi, ribo (qarz) ustidan foiz olish va vino ichish davom etadi, ushr emas, sadaqa to‘lanadi, e’tiqod yo‘lidagi urushlarda ishtirok etilmaydi, namozda egilinmaydi (ruku’ va sajda qilinmaydi), al-Lot maqomi yana 1 yil saqlanib turadi. Muhammad (sav) iqtisodiy talablarni osonlik bilan qabul qildi, ammo namoz bilan bog‘liq shartlarni keskin rad qildi: “Ruku’ va sajdasiz namoz yo‘q!”, deb javob berdi u. Umuman, shakllanib borayotgan islom arkonlari masalasida Muhammad (sav)ning qarori qat’iy bo‘lar, hech qanday chekinishga yo‘l qo‘ymasdi. Xullas, uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng Vajj vodiysi “hima” deb e’lon qilinadigan bo‘ldi, boshqa qabila a’zolari bu erda ov qilishi yoki daraxt kesishi man’ qilinadi, ammo qurayshiylarga tegishli erlardan saqifiylarga yarim hosilni berish evaziga foydalanishga ruxsat beriladi; oldin berilgan qarzdan foiz olish mumkin, ammo yangi riboga ruxsat yo‘q; al-Lot ibodatxonasi xususida birgina imtiyoz berildi – uni saqifiylar o‘z qo‘llari bilan buzmaydilar. Bu ishni bajarish uchun al-Mug‘ira ibn SHu’ba va Abu Sufyon yuborildilar. Qizig‘i shundaki, bu haramning buzilishi saqifiylar tomonidan hech qanday qarshilikka uchramadi.

Saqifiylar bilan muzokara ketayotgan bir paytda Madinaga Abdukulol urug‘i qayli, Ruayna va Ma’arif qayli hamda Xamvon qabilasidan – bularning barchasi uzoq YAmandan edi – vakillar kelishdi. Balki, aynan ularning kelishi saqifiylarning mavqei biroz yumshashiga sabab bo‘lgandir. YAmandagi hamdoniylar Muhammad (sav) tomoniga o‘tib kuchayganidan xavfsirab, ularning azaliy dushmanlari mashijiylar ham Madinaga shoshildilar. SHuningdek, YAmandan yirik Azd va Kinda qabilalaridan ham vakillar kelishdi. Ma’lumki, qadimgi Arabistonda YAman “saodatli Arabiston” deya atalib, eng rivojlangan o‘lka bo‘lgan. Albatta, islom arafasida vaziyat tubdan o‘zgargandi. SHunday bo‘lsada, yamanliklar qadimiy davlatchilik an’analariga ega bo‘lgani bois, u erdan kelgan har bir delegatsiya bilan shartnomalar imzolangan va ularning matnlari o‘rta asr arab manbalarida saqlanib qolgan.

631 yilning bahoriga qadar Madinaga markaziy Arabistondan ham, jumladan, Havozin, Tayy va Fazora qabilalaridan delegatsiyalar tashrif buyurdi. Tayyning boshlig‘i Zaydulxayl o‘zining xatiblik va shoirlik mahorati bilan mashhur bo‘lgan ekan. Uni qabul qilayotib, Rasululloh shunday degan ekanlar:”Men uchrashmasdan oldin maqtalgan, aslida unday chiqmagan ko‘p odamlarni ko‘rdim, ammo Zaydulxayl u to‘g‘risida eshitganlarimdan ham yaxshi bo‘lib chiqdi.” Uning qo‘lini ushlab, Payhambar davom etibdi: “Xo‘sh, sening asli isming nima edi?” “Mening ismim – Zaydulxayl, guvohlik beramanki, Allohdan boshqa xudo yo‘q va Muhammad uning bandasi va rasuli”, deb javob beribdi u va shu ondayoq islomni qabul qilibdi. “O, Zaydulxayl (arabcha ot-ulovi ko‘p odamni anglatadi), endi sening isming Zaydulxayr (bu erda arabcha ko‘p xayrli ishlarni qiluvchi ma’nosida so‘z o‘yini ketayapti) bo‘laqolsin”, deya Payg‘ambar unga 12 uqiya kumush va hohlagan joyida er-mulkka ega bo‘lish huquqini kafolatlagan xat taqdim qilibdi.

YAmomadan kelgan delegatsiya xususida alohida to‘xtash zarur. Markaziy va sharqiy Arabistonning bu yirik mintaqasi YAmandan Eronga boruvchi savdo yo‘lining qoq o‘rtasida joylashgan muhim strategik punkt hisoblanardi. U ikki qismdan iborat bo‘lib, sharqiy qismining boshlig‘i Havza ibn Ali sosoniylar Eroni bilan do‘stona munosabatda bo‘lgan, tamimiylar talagan Eron karvoniga yordam bergani uchun o‘z vaqtida Xusrav II unga “malik” unvonini bergan edi. G‘arbiy qismini esa Sumoma ibn Usal boshqarardi. Vizantiya bilan urushda engilib, Eronning ta’siri pasaygach, YAmomaning siyosiy ahamiyati yuksaydi. Hudaybiya sulhidan so‘ng Muhammad (sav) Arabistonning siyosiy lideri sifatida e’tirof etilib, qo‘shni davlatlarga xatlar va elchilar yuborganda, ular orasida Havza ibn Ali ham bor edi. Muhammad (sav)ning islomni qabul qilish haqidagi taklifiga u go‘yo ijobiy javob bergan bo‘lsada, davlatga qo‘shhokim yoki merosxo‘r bo‘lish istagini bildirgan. Payg‘ambar uni la’natlagan va ko‘p o‘tmay, u halok bo‘lgandi. Ibn Hishom keltirishicha, Muhammad (sav) Havzaga ham Sumomaga ham “YAmomaning ikki podshohiga” deb xat yo‘llagan. Sumoma to‘g‘risida ikki hil fikr bor: biriga qaraganda, dastlab u islomni qabul qilmagan, asir tushgachgina keyin rozi bo‘lgan, ikkinchisiga ko‘ra, u Madinaga o‘zi kelgan va Muhammad (sav)ga suiqasd uyushtirmoqchi bo‘lganda, asirga olingan. Nima bo‘lganda ham YAmomada istiqomat qiluvchi yirik qabila vakillari-hanifiylarning Madinaga tashrifi Muhammad (sav)ning islomni qabul qilish haqidagi taklifiga muvofiq emas, balki yuzaga kelgan vaziyatni hisobga olib, ya’ni Madina yirik markazlashgan davlatning poytaxtiga aylanib qolgani sababli bo‘lgan. Bu delegatsiyaga kim rahbarlik qilgani xaligacha aniq ma’lum emas. Manbalarda a’zolar sifatida Rahhol ibn Unfuv va Muslim al-Kabirlar zikr etiladi. Muslim keyinchalik Abu Bakr xalifaligi davrida soxta payg‘ambarlar harakatida qatnashgani uchun musulmon adabiyotida Musaylima al-Kazzob nomini olgan shaxsdir. Al-Balazuriy yozishicha, aynan Musaylima Muhammad (sav)ga:”Agar istasang, biz senga hokimlikni beramiz, senga qasamyod etamiz, faqat shu shart bilanki, sendan keyin u bizga o‘tadi”,-degan. Payg‘ambar uni la’natlagan va hanifiylar hech narsaga erishaolmay, o‘z erlariga qaytib ketganlar. Rahhol Madinada bo‘lgan paytda islomni qabul qilgan va hatto Qur’onning bir qismini yodlagan. Hanifiylar to‘g‘risidagi ma’lumotlar qanchalik bir-biridan farq qilmasin, shu narsa aniqki, biz yuqorida zikr etgan Madinaga tashrif buyurgan 70 ta delegatsiyalarning ichida Muhammad (sav)ga qasamyod qilmagan yakka-yu yagona qabila bu-hanifiylar bo‘ldi.

631 yilda haj marosimi ado etilib, Qur’onning “Tavba” surasi Ali tomonidan o‘sha erda e’lon qilingandan keyin ham Madinaga delegatsiyalarning kelishi davom etdi. Ularning ba’zilari bir necha kishidan iborat bo‘lib, hali islomni qabul qilmagan yirik qabilalarning u yoki bu urug‘ining vakolati bilan kelgan bo‘lsa, boshqalari, masalan, Bojila va Axman qabilalari nomidan kelgan 450 kishilik katta delegatsiyalar edi. Hijratning 10-yili Muhammad (sav)ning asosiy e’tibori Janubiy Arabistonga qaratildi. YAmanning islomlashuv jarayonida SHimoliy YAmanning eng yirik savdo va siyosiy markazi hisoblangan Najron shahri bilan tuzulgan shartnoma katta rolь o‘ynadi. Madinaga Muhammad (sav) bilan muzokara olib borish uchun 60 kishilik nufuzli va katta delegatsiya keldi. Uni Kinda qabilasining boshlig‘i Abdul Masih, episkop Abul Horisa ibn Alqama va as-sayyid Ayhamlar boshqargandi. Muhammad (sav) ularni masjidda qabul qilib, islomga kirishni taklif qildi. Ammo ular bunga ko‘nmadilar. Bahs-munozara birnecha kun davom etdi. Ular Iso to‘g‘risida Muhammad (sav)ning fikrini so‘rashdi, Muhammad (sav) o‘sha kuni javob bermadi va ertasi kuni o‘ziga kelgan vahiy – Oli Imron surasi, 59-61 oyatlarining ma’nosini aytib berdi: Albatta, Isoning (otasiz tug‘ilish) misoli, Alloh nazdida bamisoli Odam (a.s.) kabidirki, uni tuproqdan yaratib, so‘ngra unga «Bo‘l!» dedi, bas, (u) bo‘ldi. (Bu) Haq (So‘z) Rabbingizdandir. Bas, shubha qiluvchilardan bo‘lmang! Sizga kelgan shu (haqqoniy) bilimdan keyin (nasroniylardan) kim Siz bilan (Iso) to‘g‘risida bahslashmoqchi bo‘lsa, (unday kimsalarga) ayting: «Kelinglar, o‘g‘illarimiz bilan o‘g‘illaringizni, xotinlarimiz bilan xotinlaringizni, o‘zimiz bilan o‘zlaringizni chorlab, so‘ngra (birgalikda) iltijo qilamiz, bas, yolg‘onchilarga Alloh la’natini tilaymiz».

Bu ham ularni qoniqtirmagach, Payg‘ambar dedi:”Hamoni, mening taklifimni rad etar ekansizlar, kelinglar bir-birimizni la’natlaymiz!” –dedida, o‘zi bilan nabiralari Hasan, Husan va qizlari Fotimani olib keldilar. Abdul Masih va al-Ayhamlar masalaning jiddiy tus olganini ko‘rib, o‘zaro mulohaza qildilar: “Agar u chindan ham Payg‘ambar bo‘lib, bizni la’natlasa, o‘zimiz tugul, sochimizning bir tuki ham qolmaydi”. Ertasi kuni Abdul Masih: “Nima uchun biz bir-birimizni la’natlashimiz kerak. Bizga hohlagan solig‘ingni sol, o‘zaro shartnoma imzolaymiz”,-dedi. SHunday qilib, quyidagi mazmunda bitim imzolandi:

“Rahimdil va Mehribon Allohning ismi bilan!

Bu – Allohning rasuli Muhammad har qanday mevaning, sariqni ham (oltin), oqni ham (kumush), qorani ham (?) va har qanday qulni ham (raqiq) taqdirini hal qilish huquqiga ega bo‘lgan paytda yozgan bitimidir. Ammo u ularga himmat ko‘rsatdi va yuqorida zikr etilgan narsalarni o‘zlarida qoldirdi, har birining qiymati uliyaga teng bo‘lgan 2000 dona kiyim (hulla) evaziga, har rajab oyida 1000 dona va har safar oyida 1000 dona etkazish sharti bilan. Agar xiroj sifatida to‘lanayotgan kiyimlar 1uqiyadan ortiq yoki kam tursa – o‘zaro hisob-kitob qilinadi; uning o‘rniga qalqon, ot, tuya va harbiy anjomlar taklif qilinsa, bu ham o‘zaro hisob-kitob qilinadi.

Najronliklar mening yuboradigan vakillarimni 1oy yoki undan kam muddatda moddiy ta’minlaydilar; undan ortig‘iga mas’ul emaslar. Ularga, agar YAmanda xoinlik chiqishlari sodir bo‘lsa, vaqtincha foydalanish uchun 30 donadan qalqon, ot, tuya berish yuklanadi. Ushbulardan biror narsa yo‘qolsa, mening vakillarim qoplaydilar. Najron shahri va uning atrofi aholisi, diniy jamoasi, erlari, chorva mollari, g‘oyiblari-yu, hozirlari, karvonlari, haramlari va timsollari ustidan Allohning himoyasi (jivor) va Allohning payg‘ambari va elchisi Muhammad (sav)ning vasiyligiga ega bo‘ladi. Ularning hozirgi holati qanday bo‘lsa, shunday o‘zgarmay qoladi, jumladan, urf-odatlari va timsollari; birorta episkopning mansabi, monaxning-monaxligi, avliyoning-avliyoligi, kattami-kichik ega bo‘lgan imtiyozlari bekor qilinmaydi. Ulardan qarzlari (sudxo‘rdan) va johiliya davridan qolgan qasos to‘lovlari soqit qilinadi; ularga harbiy xizmat va ushr majburiyati yuklanmaydi, ularning erlariga qo‘shin kirmaydi. Kimningdir qonuniy talabi bo‘lsa, adolat bilan hal qilinmog‘i kerak. Najronda zolim va mazlum bo‘lmasligi kerak. Agar kimda-kim oldingi qarz yuzasidan foiz olsa, mening himoyamdan mahrum bo‘ladi. Hech kim boshqa inson sodir qilgan zulm uchun mas’ul emas. Ushbu shartnomaga muvofiq ularga Allohning himoyasi hamda Allohning payg‘ambari va rasuli Muhammad (sav)ning vasiyligi abadul-abad, toki Alloh iroda qilgunga qadar, ato etildi. Hamoni ular sidqidildan buni ado etarkanlar, ularga hech qanday zulm qilinmaydi...”

Bundan deyarli 14 asr avval bugungi xalqaro huquq normalariga mos keladigan, qolaversa, BMTning 1948 yil 10 dekabrda qabul qilgan “Inson huquqlari Deklaratsiya”sidan qolishmaydigan yuridik hujjat qabul qilinganiga hayron qolasan, kishi!

Balki, Najron misoli va agar islomni qabul qilgudek bo‘lsa. o‘zlarining eski raqiblari – mashijiylar bilan yakkama-yakka qolish xavfi – Sanada o‘tirgan YAmandagi sosoniylarning noibi Bozonni Muhammad (sav)ning islomni qabul qilish haqidagi taklifiga ijobiy javob berishga majbur qilgandir. YAna shu narsani unutmaslik kerakki, Bozon Eronning Vizantiya bilan urushdagi mag‘lubiyati va shohanshoh saroyida kema-ket yuz bergan to‘ntarishlar tufayli Eron tomonidan batamom madadsiz qolgan, o‘z holiga tashlab qo‘yilgandi.

Xolid ibn Valid Mashij qabilasini islomga da’vat qilib turgan bir mahalda, delegatsiyalar, shu jumladan, Mashijdan ham, Madinaga kelishda davom etardi. Ammo Mashijning asosiy qismi islomga kirishga rag‘bat bildirmadi, shekilli, ularga 631 yil dekabrida Ali yuborildi va u ularni tor-mor qildi. Buni ko‘rgan mashijiylarning doimiy raqibi hamdoniylar qarshiliksiz islomni qabul qildilar. SHundan so‘ng mashijiylarning eng nufuzli urug‘i banu Zubayddan Amr ibn Ma’dikarib boshchiligida Madinaga delegatsiya keldi va Muhammad (sav)ga qasamyod qildi. Ularning ketidan Madinaga Mashijning boshqa urug‘i – banu Muroddan Farva ibn Musayq boshliq delegatsiya keldi.

E’tiborli joyi shundaki, johiliya davrining mashhur shoirlaridan bir nechtasi ayni shu paytlarda islomga kirdilarki, ularning buyuk iste’dodi islomning yoyilishiga yaxshigina foyda keltirdi. Payg‘ambar shoirlarni, ayniqsa, unga epigrammalar yozganlarni, uncha xush ko‘rmasdi. Endi, islom Arabistonning barcha go‘shasiga kirib borgach, Muzayna qabilasidan Ka’b ibn Zuhayr, islomni qabul qilgan o‘z akasi Bujayr va boshqa muzayniylarning ustidan istehzo qilib, she’r yozgani uchun xatarda qolgandi. Bujayr inisini bu haqda ogohlantirdi. SHunda Ka’b o‘z hayotini garovga qo‘yib, shaxsan o‘zi bevosita Muhammad (sav) huzuriga keldi va kechirildi. Behad xursand bo‘lib ketgan shoir shu zahoti Rasululohga bag‘ishlangan madhiyani badihiy ijod qilib, o‘qib berdi. O‘z navbatida bundan qattiq ta’sirlangan Payg‘ambar egnidan ko‘k choponi (burda)ni echib, shoir elkasiga tashladi. SHarqda bu she’r “Qasidai al-Burda” nomi bilan juda katta shuhrat qozongan. Hozirgi kunlarda ham Istambuldagi muzeyda o‘sha “Burda”ni ziyoratchilarga ko‘rsatishadi, ammo uning aslligi shubha ostidadir. YAna bir mashhur shoir, johiliya davrida dong‘i ketgan etti “Muallaqot”lardan birining muallifi Amir Sa’sa’a qabilasidan Labid ham o‘sha kunlari islomni qabul qilgandi.

631 yili Muhammad (sav)ga tobe bo‘lgan erlarning barchasida, umuman olganda, butparastlikka barham berildi, Vizantiyadan YAmangacha cho‘zilgan g‘arbiy Arabistonda eski ibodatxonalar deyarli qarshiliksiz yo‘q qilindi. Ana shu aynan buzuvchilarga hech qanday ziyonsiz sanamlarning yo‘q qilinishi qurol ishlatgandan ko‘ra ko‘proq Muhammad (sav) ta’limotining haqligini isbotladi. Makka fathidan bir yil keyingi voqealar siyosiy jihatdan Hijozda shahar – davlat (polis) tizimining tugaganidan darak berdi. Makka, Madina, Toif shaharlari va ularning atroflarini o‘z ichiga olgan bu davlatga tez fursatda butun Arabiston qabilalari kirajagi ko‘rinib turgan narsa edi. YA’ni bu davr talabi, tarix taqozosi edi. Endi, oxirgi qadamni qo‘yish – Ka’ba bilan bog‘liq marosimlarni to‘la islomlashtirish, yuzaga kelgan, boshqachasiga aytganda, hozirgizamon xalqaro huquqida “status-kvo” deb ataladigan, holatni qonuniylashtirish qolgandi.



Download 1,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish