Ўзбекистон халқаро ислом академияси



Download 1,97 Mb.
bet32/120
Sana31.12.2021
Hajmi1,97 Mb.
#237305
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   120
Bog'liq
ISLOM TARIXI UMK ред. (Lotincha)

Tayanch so‘z va iboralar: Vizantiya, Xusrav II, Ktezifon, Qizil dengiz, G‘atafon, Muta voqeasi, Safvon ibn Umayya, Xuvaytib ibn Abdul Uzza, Navfal, Amr ibn Solim al-Xuzoiy, Aslam, G‘ifor, Muzayna, Juhayna, Ashja’,
Hijozning shimolida joylashgan shaharlar bo‘ysindirilgach, Muhammad (sav)ni Suriya va Falastindagi ahvol qiziqtira boshladi. 628 yil 15 mayda Konstantinopolda 20 yildan ortiq davom etgan urushga chek qo‘ygan, Eronning avvalgi yutuqlarini yo‘qqa chiqargan tinchlik shartnomasi imzolangani tantanali ravishda e’lon qilindi. Darvoqe, fors qo‘shinlari Suriya va Falastinni egallagan, Quddusni talon-taroj qilgan, uning 30 ming aholisi va qochoqlarni qirgan, Vizantiya Bosforgacha chekinib, ana-mana qulay deb turgan 613-614-yillarda, Makkada Payg‘ambar 4-yil targ‘ibotini olib borayotgan bir paytda, mushriklar uni mazah qilib: “Mana butparast Eron g‘alaba qozonyapti, sen xayrihoh bo‘lgan Vizantiya esa engilyapti”,-deyishgandi. Mushriklarning navbatdagi bu ig‘vogarligiga javoban Payg‘ambar ohistalik va ishonch bilan shunday javob qilgandi: “Urush o‘zgaruvchan narsa, hozir eronliklar ustun kelayotgan bo‘lsa, keyin vaziyat tubdan o‘zgarishi mumkin”. SHunday bo‘ldi ham. 627 yil 12 dekabrda Vizantiya imperatori Irakliy Nineviyada Eron qo‘shinlarini tor-mor qildi, Eron shohi Xusrav II saroylarining beadad boyliklarini tashlab, o‘zining poytaxti Ktezifonga qochdi. 628 yil 7 yanvarda Irakliy Ktezifonga qarab yurdi, ammo g‘alabasini oxiriga etkazmadi. Bu mag‘lubiyatning oqibati Xusrav uchun fojiali bo‘ldi: to‘ntarish uyushtirgan saroy aristokratiyasi uni hibsga oldi va 628 yil 29 fevralida u qatl qilindi.

628 yil yozida Irakliy fors okkupatsiyasidan xalos bo‘lgandan keyin tartib o‘rnatish maqsadida Suriyaga keldi. Quddus ibodatxonasida xoch o‘rnatish marosimi o‘tkazildi. 614 yilgi qonli voqealarni unutmagan va o‘sha paytda xoinlik qilib, ba’zi shaharlarni olishda fors qo‘shiniga yordam bergani uchun, mahalliy xristian aholisi Irakliydan Quddusdan yahudlarni surgun qilish va undan 6 km radiusda istiqomat qilishni man’ etishga erishdilar. Balki ana shu voqealar doirasida Muhummad (sav) Busraga o‘z elchisini yuborgan bo‘lishi mumkin. Ammo yo‘lda, Mutada, mahalliy g‘assoniy hokimi uni ushlab qolib, qatl qilgandi. Bunga javoban Payg‘ambar 629 yilning avgust-sentyabr oylarida 3000 kishilik qo‘shin to‘plab, unga o‘zining suyukli asrandi o‘g‘li Zayd ibn Horisani boshliq qilib tayinladi. Zayd Ma’anga yaqinlashganda, kutilmaganda, uning yo‘liga ko‘psonla raqib g‘ov bo‘ldi. Arab manbalarida keltirilishicha, SHurahbilda laxm, juzom. balqayn, bahro qabilalaridan to‘plangan 100 ming va yana al-Maobda 100 ming vizantiya qo‘shinlari bo‘lgan. Albatta, bu raqamlarda katta mubolag‘a bor, ammo shu narsa aniqki, musulmon askari birinchi bor ko‘ngilli lashkarga emas, balki son jihatidan undan juda katta ustunlikka ega bo‘lgan muntazam armiyaga duch kelgandi. Zayd ikki kun nima qilishini bilmay, taraddudlandi; kimdir Madinadan madad kuch so‘rash kerak, degan maslahatni berdi, ammo Abdulloh ibn Ravohaning raqibga hujum qilish, yo g‘alaba qozonish yoki Alloh yo‘lida shahid bo‘lish lozim, degan fikri ustun keldi.

Qizib ketgan to‘qnashuvlarda birin-ketin askar boshliqlari Zayd, Ja’far ibn Abu Tolib va Abdulloh ibn Ravohalar halok bo‘ldilar. Musulmonlar safida parokandalik vujudga keldi. Ansorlardan kimdir bayroqni ko‘tarib, o‘z atrofida ansorlarning uncha katta bo‘lmagan guruhini to‘pladi va bayroqni shu jangda qatnashayotgan Xolid ibn Validga berdi. Xolid askarni tartibga solishga erishdi, ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, u go‘yo raqibga hujum uyushtirayotgandek harakat qilib, aslida undan uzoqlasha boshladi. Xolidning sarkardalik mahoratiga tan berish kerak; bu uning Alloh yo‘lida olib borgan birinchi janggi edi. U raqibning haddan tashqari ustunligini ko‘rib, butun askarni atrofida to‘pladida, ustalik bilan chekinishni tashkil qildi va deyarli yo‘qotishsiz Madinaga olib keldi. Arab tarixiy adabiyotida Muta janggida katta yo‘qotishlar bo‘lgani aytiladi. Aslida unday emas: muhojirlardan 4 kishi va ansorlardan 8 kishi halok bo‘lgandi, xolos. Adabiyotlarda badaviylardan qurbon bo‘lganlarning soni keltirilmagan holda ham 3000 kishilik, juda noqulay ahvolga tushib qolgan askar uchun bu katta yo‘qotish emasdi. Qanday bo‘lganda ham bu askar Madinada yaxshi kutib olinmadi. O‘lganlarning qasosi olinmagani, qo‘rqoqlik qilingani yuzga solindi. Ayniqsa, Xolid ibn Valid sha’niga dashnomlar yog‘ildi. Lekin Muhammad (sav) Xolidning tutgan yo‘lini taqdirlab, unga to‘g‘ri baho berdi, qolaversa, Payg‘ambar Suriyadan qaytayotib, Muta voqeasini o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan elchisidan aniq ma’lumot olgan edi.

629 yil davomida Qizil dengiz qirg‘og‘i va G‘atafon erlariga o‘z ta’sirini saqlab qolish uchun qayta-qayta sariyalar uyushtirib turildi. Bunday qaraganda, go‘yo katta yutuqlar qo‘lga kiritilmagan, hatto vaqtincha mag‘lubiyat alami totilgan bo‘lsada, musulmon askari kuchga to‘lib borar, uning harbiy va siyosiy ta’siri sekin-asta ulg‘ayib borayotgan ediki, bu yaqin orada o‘zini namoyon qildi.

Payg‘ambar avvaldan amin ediki, Quraysh bilan 10 yil muddatga imzolangan Hudaybiya sulhi uzoqqa bormaydi. SHunday bo‘ldi ham, uning umri atigi 1,5 yilga etdi, xolos. Ma’lumki, sulh shartlaridan biriga ko‘ra, Xuzoa qabilasi Payg‘ambar va Bakr qabilasi Quraysh tomonga o‘tgandi. Ular orasida azaldan davom etib kelayotgan qasos masalasi mavjud edi. Muta voqeasida musulmon askari muvaffaqiyat qozonmagandan so‘ng Bakr fursatdan foydalanishga qaror qildi. 629 yil oxirida Xuzoa va Bakr o‘rtasidagi ziddiyat keskin tus oldi. Bakrning rahbari Navfal ibn Muoviya Qurayshning madadi ila tunda bir guruh xuzoiylarga qo‘qqisdan hujum qilib, 20 kishini qatl qildi, qolganlar Makkadagi qarindoshlarinikida panoh topgan bo‘lsalarda, ta’qibdan qutilaolmadilar. SHuni ta’kidlash joizki, Quraysh rahbarlari vujudga kelgan vaziyatda, yumshoq qilib aytganda, aqlli ish tutmadilar, aksincha, Muta voqeasi musulmonlarni zaiflashtirdi, degan fikrda Bakrga yordam berdilar. Tungi hujumda Safvon ibn Umayya va Xuvaytib ibn Abdul Uzza kabi Qurayshning taniqli vakillari ishtirok etdilar. Eng asosiy gijgijlovchi rolini Ikrima ibn Abu Jahl o‘ynadiki, Hudaybiya sulhiga zid ravishda u Bakrni qurol-yarog‘ bilan ta’minladi. Navfal xuzoiylarni ta’qib qilishni davom etdirib turgan bir paytda Amr ibn Solim al-Xuzoiy boshchiligidagi delegatsiya zudlik bilan, 400 km masofani uch kunda o‘tib, Madinaga etib bordi. Voqeani eshitgach, Muhammad (sav) ularga yordam berajagini va’da qildi. Ketma-ket Budayl ibn Varqa boshliq ikkinchi delegatsiya kelib, Qurayshning bu boradagi ishtiroki xususida aniq ma’lumot berdi. Payg‘ambar:”Demak, Hudaybiya sulhi o‘z kuchini yo‘qotibdi”,-degan jumlani aytdi va xuzoiylarga, o‘zini himoya qilgandek yordam berajagini va’da qilib, hozircha o‘z erlarida yoyilib yashab, kutishni maslahat berdi.

Quraysh esini yig‘ib olishi uchun shu xabarning o‘zi etarli bo‘lgandi. Ular Navfaldan qochoqlarni ta’qib qilishni to‘xtatishni talab qildilar. Endi ular tushunib etgandilarki, ish jiddiy tus olayapti. 6 kun o‘tgandan so‘ng Madinaga Abu Sufyon safarbar qilindi. Hudaybiya sulhini imzolashda bevosita ishtirok etmaganini bahona qilib, bu mashhur arbob sulhni yangilab kelishi kerak edi. Ammo Usfonga etganda Madinadan qaytayotgan xuzoiylarni ko‘rib, u o‘zining kechikkanini angladi. Bu borada ikki turdagi ma’lumot mavjud: biriga ko‘ra, Muhammad (sav) Abu Sufyonni sovuq qarshilagan, ikkinchisiga ko‘ra esa, umuman qabul qilmagan. Abu Sufyon yordam so‘rab, Abu Bakr, Umar, Usmonlarga murojaat qildi. Hatto o‘zining qizi, Muhammad (sav) nikohida bo‘lgan Umm Habiba uni lutfan uyga qo‘ygan bo‘lsada, Payg‘ambar tagiga qo‘yiladigan gilamchaga o‘tirishga ijozat bermaydi. Ali esa unga rahmi kelib, Muhammad (sav) bilan uchrashuvni talab qilmay, yaxshisi, orqaga qaytishni maslahat beradi.

SHu asnoda Muhammad (sav) Madina va uning atrofidagi kuchlarga safarbarlik e’lon qildi. Katta yurishga tayyorgarlik ko‘rilayotgani hammaga ayon, ammo u qaysi yo‘nalishda bo‘lishini hech kim bilmasdi: shimolgami – Zayd va Ja’farning qasosini olish uchun, sharqqami – odatdagidek, G‘atafon va Havozinga qarshi yoki janubga – Qurayshga qarshi. Payg‘ambar sukut saqlardi. U Oyshaga safarga hozirlik ko‘rishni tayinladi-yu, ammo qaerga ekanini aytmadi va sir saqlashni buyurdi. Abu Bakr bir marta Oysha qizi g‘alvirda don elayotganini ko‘rib – bu uzoq safarga otlanishning belgisi edi – yo‘nalishini so‘raganda, u javob bermadi. SHu payt kelib qolgan Payg‘ambar Abu Bakrning bir necha savolidan so‘ng, bu safar Makka fathi xususida gap ketyapti, dedi. Abu Bakrning o‘rtamizdagi shartnoma muddatga ega emasmi, degan savoliga Payg‘ambar: “Ular Xuzoa bilan nima qilganlarini bilmaysanmi?”, deb javob berdilar. Sir oshkor bo‘lmasin uchun, atayin, boshqa yo‘nalishlar ko‘rsatilayotgan edi. Quraysh bu safardan voqif bo‘lib qolmasligi uchun qattiq ehtiyot choralari ko‘rildi. SHahardan chiqayotgan har bir kishi nazorat ostiga olindi. Oilasi Makkada qolgan Payg‘ambarning yaqin safdoshlaridan biri Xatib ibn Balta’a bir ayolni yollab, u orqali Makkaga xat yuborishga urinib ko‘rdi. Ammo Ali uni tutib keldi. Javobgarlikka tortilgan Xatib: “Men yomonlikni ko‘zlaganim yo‘q edi, Azbaroi oilamdan xavotirda bu ishni qildim. Axir, qurayshiylar ularga qarshi borayotganimizni bilishganda oilamni ularning g‘azabidan kim ham saqlay olardi?”,-dedi. Umar xoinga o‘lim jazosi berilishini talab qildi, ammo Payg‘ambar Badr jangi ishtirokchisi sifatida uni kechirdi.

Ramazon oyi boshlarida Madinaga ittifoqchilar – Aslam, G‘ifor, Muzayna, Juhayna va Ashja’lar chaqirildi. Ro‘za boshlangani tufayli ko‘pchilik Makkaga yurish kechiktiriladi, deb o‘ylagandi. Lekin ro‘zaning 9-kuni yurish e’lon qilindi. 10-kuni, ya’ni 630 yilning 1-yanvarida ko‘pming kishilik askar Madinadan chiqdi. Al-Qudaydada unga Xuzoa va Sulaym odamlari qo‘shilib, askarning umumiy soni 10 ming kishiga etdi. YArim yo‘lda Payg‘ambarga amakilari Abbos uchrashdi va shu erda, nihoyat, u islomni qabul qildi. Juhfaga kelganda askarga bayroqlar tarqatilgach, endi yurish shak-shubhasiz Makkaga ekani ayon bo‘ldi. Arablar uchun muhim yangilik – Sulaym qabilasidan tarkib topgan otliq qismga Xolid ibn Valid, ya’ni boshqa qabila vakili qo‘mondon etib tayinlandi. Makkadan 4 farsax (9 km) masofada, Marr az-Zahron degan joyda askarga qo‘nim berildi. 17-Ramazon kuni juda katta qo‘shin Makka yaqinida turganini eshitgan qurayshiylarning yuraklariga g‘ulg‘ula tushdi. 17-Ramazon Badrda musulmonlar uch barobar katta kuch ustidan g‘alaba qozongan kun – hammaning xotirasida edi. Endi 10 ming kishilik yaxshi qurollangan, urushlarda toblangan qo‘shin ularning ustiga kelyapti. SHu erda tabiiy savol tug‘iladi, nechun Quraysh rahbarlari shunchalik g‘aflatda bo‘ldilarki, shunday katta kuch ularning deyarli biqinida paydo bo‘lishidan bexabar qoldilar?

Voqealarga taalluqli ma’lumotlarni ob’ektiv, xolis tadqiq qilsak, ko‘p narsa ayon bo‘ladi. Bu erda,albatta, Abbosning muayyan roli bor. U islomni oxirgi pallada qabul qilgan bo‘lsada, Badrda omon qolgani evaziga va umuman yaqin qarindoshlik jihatidan, doimo Muhammad (sav) bilan aloqada bo‘lib kelgani, Makkadagi ahvoldan boxabar qilib turgani aniq. Juhfada uchrashganlarida Muhammad (sav) Abbosga: “Sizning hijrangiz mening payg‘ambarligim kabi oxirgidir”,- degandilar. Demak, Abbos oxirgi muhojirlar safidan o‘rin oldi. Bundan tashqari Abbosdan boshqa ko‘pgina hoshimiylar, ular orasida, masalan, Muhammad (sav)ning ashaddiy dushmani Abu Sufyon ibn Horis ibn Abdul Muttalib, Payg‘ambardan avf oldi. Qurayshning rahnamolari Abu Sufyon ibn Harb, Hakim ibn Hishom, Budayl ibn Varqalar shahardan tashqari chiqib, Abbos bilan uchrashdilar, u o‘z navbatida Abu Sufyonni Muhammad (sav) bilan uchrashtirdi va Abu Sufyon islomni qabul qildi. Agar Abu Sufyon va Abbos o‘rtalarida avvaldan yaqin do‘stona munosabatlar mavjud bo‘lganini inobatga olsak, o‘sha xatarli va notinch pallada ularning uchrashuvi tasodifiy hol emasdi. YAna shuni unutmaslik kerakki, Qurayshning ba’zi vakillari Makka yaqinida kuchlarini to‘plab, musulmonlarga qarshilik ko‘rsatishga urindilar, ammo kuchli zarbaga uchrab, qochdilar. YUzaga kelgan vaziyatda shahar rahbarlari va birinchi navbatda Abu Sufyon tushundilarki, Makka va qurayshiylar faqat bir holatda, ya’ni paysalga solmay va ko‘ngilli ravishda taslim bo‘lgandagina omon qolish mumkin. SHahar aholisining aksariyat qismi ham shu fikrga kelgandi. Demak, Makkadan uch yirik arbobning Muhammad (sav) bilan uchrashuvga chiqishini o‘ziga xos taslim (kapitulyasiya) bo‘lish taklifi bilan chiqqan delegatsiya, deb qaramoq kerak.

Muhammad (sav) va Abu Sufyon uchrashuvida ishtirok etgan Abbos Payg‘ambarga Abu Sufyonning obro‘-e’tiborini inobatga olib, qandaydir shaklda ehtirom ko‘rsatishni iltimos qildi. Muhammad (sav) hech kim kutmagan himmatni ko‘rsatib, deydi: “Alloh mehribon va rahimlidir, e, Abu Sufyon! Qurayshiylaringa qayt va ayt – kimki itoat qilsa, kechiriladi. Sening uyingda berkinganlarga – omonlik; Ka’ba darvozalari ichida berkinganlarga – omonlik”. Ayni vaqtda Payg‘ambar ham Abbosga Abu Sufyonni musulmon askari saf tortib o‘tishini o‘z ko‘zi bilan ko‘rsin uchun tor dara oldida biroz ushlab turishni so‘radi. Haqiqatan u muhojirlar, ansorlar, sulaymiylar, muzayniylar va Muhammad (sav)ning bir so‘zi bilan jangga shay bo‘lib turgan boshqa badaviylarni ko‘rdi va 10 minglar chamasi, bu kuchga qarshilik ko‘rsatish – nodonlik va behuda qurbon bo‘lish ekanini vujudi bilan sezdi. SHaharga qaytgan zahoti u xalqqa murojaat qildi: “E, qurayshiylar, Muhammad ertaga shu erda bo‘ladi – u bilan muhojirlar, ansorlar va minglab badaviylar kelayapti. Bizni himoya qilaoladigan hech qanday kuch yo‘q!.. kim qo‘rqsa, mening uyimga borsin, ular omonlikda bo‘ladi, deb Muhammad va’da berdi. Haramga boringlar – ular xavfsiz bo‘ladi, deb Muhammad va’da berdi”. Nima bo‘lganda ham, qurayshiylar shundan so‘ng taslim bo‘lishga qaror qildilar.

SHunday vaziyatda, Arabiston tarixida misli ko‘rilmagan kuchga ega bo‘lgan Muhammad (sav) Makka fathiga puxta hozirlik ko‘rdi va askarni qismlarga bo‘ldi. Az-Zubayr boshchiligidagi chap qanot shaharga shimoli-sharqdan kiradigan bo‘ldi. O‘ng qanotni asosan badaviylar tashkil qilib, behuda qon to‘kilishining oldini olish maqsadida ularni tajribali Xolid ibn Valid boshqaradigan bo‘ldi. Markazda harakat qiladigan muhojirlar va ansorlarga boshliq etib Sa’d ibn Uboda al-Ansoriy tayinlandi. Payg‘ambar qo‘lidan bayroqni olayotib, u: “Jang kuni muqaddas narsa yo‘q!”, - deb shodiyona xitob qilgandi, Makka taqdirini o‘ylagan Rasululloh, shu zahoti uni qo‘mondonlikdan bo‘shatib, o‘rniga o‘g‘lini tayinladi. “Faqat qarshilik ko‘rsatganlar bilan urushinglar”,- deb qat’iy ko‘rsatma berdi, Payg‘ambar.

21 Ramazon kuni (630yil 8 yanvar) musulmon askari to‘rt tomondan Makkaga kirib bordi. Safvon ibn Umayya, Ikrima ibn Abu Jahl va Suhayl ibn Amrlar, ya’ni aynan Bakrga Xuzoa bilan urushda yordam berganlar janubi-g‘arbdan kirib kelgan Xolid ibn Validga qarshilik ko‘rsatdilar. Qisqa muddat davom etgan to‘qnashuvda 15 ga yaqin qurayshiy halok bo‘lgach, qolganlar jang maydonidan qochib ketdilar. Musulmonlardan 2-3 kishi qurbon bo‘ldi, xolos. Boshqa jiddiy to‘qnashuvlar bo‘lmadi. Uylarga bostirib kirilmadi, chunki uylarida berkinganlarga omonlik va’da qilingandi.

Biroz xordiq olgach, Muhammad (sav) Abu Bakr hamrohligida butun shahar uzra o‘tib, Ka’baga keldi. Ka’bani 7 marta tavof qilgach, xachiridan tushib, ikki rakat namoz o‘qidi, Zamzam suvidan ichdi. So‘ngra avval Ka’ba atrofida qo‘yilgan sanamlarni, keyin Ka’ba ichidagi eng katta sanam-Xubalni parchalash, devorlardagi rasmlarni o‘chirib tashlashni buyurdi. SHu zaylda poklangan Ka’bada yana namozni ado etib, odam bo‘yi balanlikdagi zinadan turib, yig‘ilgan makkaliklarga va’z qildi: “Bugun sizlarga hech qanday ayblov yo‘q! Alloh sizlarni kechiradi, axir U Rahimdillarning eng rahimlisidir.” (12:92).

Muhammad (sav) Ka’badagi sanamlarni yo‘qotishni buyurganda Makkada birorta norozilik ovozi eshitilmadi, ularni haramdan sudrab chiqishar, tomdan uloqtirishardi. Tosh sanamlarni mayda-mayda qilib sindirishdi, yohochdanlarini yoqib tashlashdi. Bir kun o‘tmasdan Makka va uning atrofida birorta sanam qolmadi. Ka’ba kalitiga Ali da’vogarlik qilgandi, ammo Muhammad (sav) qadimdan bu muqaddas maskanning qo‘riqchilari vazifasini bajarib kelgan Abd ad-Dor xonadonida, hojilarni suv bilan ta’minlash (siqoya)ni – Abbos va uning avlodlarida qoldirdi. Haj va Ka’ba ibodati bilan bog‘liq qurayshiylarning boshqa imtiyozlari bekor qilindi.

Ilgari Ka’baga berkinib olsa ham jazolashga ahd qilgan o‘zining ashaddiy dushmanlarining ko‘pchiligini Muhammad (sav) kechirdi. Xuzoiylar Makkaga qurayshiylardan qonga-qon qasosini olish uchun kelganlarida Muhammad (sav) bunga yo‘l qo‘ymadi: “Makka va uning atrofi muqaddas (harom), bu erda qon to‘kilishi mumkin emas, hozir va abadul - abad”,-dedi u. Xuzoiylarga qasos evazini Payg‘ambar o‘ziga tegishli bo‘lgan mablag‘dan qopladi va ular bu qarorga bo‘ysindilar. Ertasi kuni Rasululloh bundan 20 yil avval qurayshiylarga birinchi va’zini qilgan Safo tepaligida o‘tirib, barcha makkaliklar, shu jumladan, ayollardan ham, qasamyod qabul qildi. So‘ngra jarchi shahar bo‘ylab kezib, Madinada bundan 8 yil ilgari shakllangan musulmon ummasining huquqi va axloqi bilan bog‘liq asosiy qonun-qoidalarni e’lon qildi: barcha musulmonlar – birodardirlar va bir – birlari uchun mas’uldirlar; musulmon kishi g‘ayri musulmon uchun o‘ldirilishi mumkin emas, shuningdek, ahl az-zimma ham, ya’ni xristianlar va yahudiylar; turli e’tiqod vakillari bir-birlariga vorislik qilolmaydilar; zinokorlar toshbo‘ron qilinadilar; nikohdagi xotin erining iznisiz uning mulkini hadya qilolmaydi, uch kundan ortiq muddat safarga mahramsiz borolmaydi; bomdod va peshin namozlarini keyinga qoldirish mumkin emas; Fitr va Qurbon hayitlari kunlari ro‘za tutish mumkin emas va h.k.

Makkaning olinishi uning atrofidagi botil e’tiqodlarni tugatishga kirishish uchun imkon yaratdi. Dastlab Makka shahri ichidagi barcha xonadon sanamlarini yo‘qotish va Makka harami chegarasini belgilovchi yangi toshlarni qo‘yish buyurildi. So‘ngra bu chegaradan tashqaridagi butparastlik maskanlarini yo‘qotishga kirishildi. Xolid ibn Valid Naxladagi al-Uzza haramini yo‘q qildi, unga e’tiqod qiluvchilarning fikricha, go‘yo uning ichida al-Uzza yashagan uchta akatsiya daraxtini kesib tashladi, qarshilik qilgan kohinni qatl qildi. Sa’d ibn Zayd al-Mushallaldagi makkaliklar va madinaliklar e’tiqod qiladigan al-Manot haramini buzib tashladi. Amr ibn al-Os Hudaybiya yaqinidagi xuzayliylar e’tiqod qiladigan Suvo’ sanamini yo‘q qildi. Ilgari hurmat va e’zozda bo‘lgan ilohlarning beziyon yo‘q qilinishi islomning butparastlikdan ustunligini yana bir bor isbotladi. Qabilalarning bu masalada sukut saqlagani butparastlik tugaganiga rozi bo‘lganlarini anglatardi, qolaversa, ko‘p hollarda bu butlarni yo‘qotishda ularning o‘zlari faol qatnashdilar.

Ammo bu masala umuman qonli to‘qnashuvlarsiz hal bo‘ldi, deb ham bo‘lmaydi. But-sanamlar birin-ketin yo‘q qilinib, ularga e’tiqod qiluvchilar sekin-asta musulmonlarga aylanayotgan bir paytda Toifdan 80 km shimolroqdagi Avtas degan joyda endi navbat ularga kelishini “anglab”, Muhammad (sav)ga undan oldin zarba berish uchun katta kuch to‘plandi. Bundan xabar topgan Muhammad (sav) o‘z navbatida Safvon ibn Umayyadan 50000 dirham va 100 ta dubulg‘a, Abdulloh ibn Abu Rabi’a va Xuvaytiblarning har biridan 40000 dirhamdan ijaraga olib, Makka fathida qatnashgan 10000 askarga yana to‘liq islomni qabul qilgan Makka aholisidan 2000 kishini qo‘shib, zudlik bilan jangga hozirlandi. Bir-biriga qarab harakat qilgan tomonlar 630 yil 30-yanvar kuni Makkadan 100 km shimoli-sharqdagi Hunayn vodiysida to‘qnashdilar. Musulmonlarga qarshi 2 barobar ko‘p songa ega bo‘lgan askar turardi, buning ustiga Havozinning boshlig‘i Molik ibn Avf askarining ruhini ko‘tarish uchun ahli ayollari va chorva-mollarini o‘zi bilan olib kelgandi. Molik o‘z qo‘shinini quyidagi tarzda joylashtirgandi: birinchi qatorda qurollangan jangchilar, ikkinchi qatorda tuya mingan ayollar, ular ketidan chorva mollar, yonbag‘irdagi soylarda esa pistirmalar qo‘yilgan edi. Banu Sulaym qabilasidan tashkil topgan Xolid ibn Valid boshliq otliq qism olg‘a bosishi bilan pistirmadagilar ularga yopirildilar. Sulaymiylar hujumga bardosh berolmay, qochaboshladilar, ularga ba’zi makkaliklar ham qo‘shildilar. Odatdagidek, g‘oliblar o‘ljani talashga tushganlarida, musulmonlar saflarini tiklab olib, kutilmaganda qarshi hujumga o‘tdilar va raqibning yoyilib ketgan saflariga yorib kirdilar. Omon qolgan butparastlar uch tomonga: Naxla vodiysining tepa qismi, Avtas va Toifga qarab qochdilar.

Musulmonlar qo‘liga misli ko‘rilmagan miqdorda katta o‘lja tushdi: 6000 asir ayollar va bolalar, 24000 tuya, 40000 dan kam bo‘lmagan qo‘y-echki va 4000 uqiya kumush (160 ming ming dirham qiymatga teng). Avtas qiyinchiliksiz ishg‘ol qilindi, ammo Toif shaharining qamali qiyin kechdi. Toifliklar umuman muzokaraga rozi bo‘lmadilar, Muhammad (sav) yuborgan parlamentyorni o‘ldirdilar. Payg‘ambar tushundiki, hozircha Toifni olishdan voz kechish kerak va qamalning 20-kuni u uni ko‘tardi. O‘ljani taqsimlash paytida Payg‘ambar o‘ziga tegishli bo‘lgan asirlarni ozod qilib, boshqalarga o‘rnak ko‘rsatdi. Bundan tashqari boshqa musulmonlarni ham shunday qilishga ko‘ndirdi. So‘ngra Muhammad (sav) Molikka, agar ixtiyoriy taslim bo‘lsa, unga oilasi va mulki qaytarilajagi hamda 100 tuya tuhfa qilinajagi haqida taklif qildi. Molik xufyona Toifdan chiqib, Muhammad (sav) huzuriga keldi, unga va’da qilingan narsalardan tashqari Banu Havozinning “malik”i degan unvon berildi. Molikning Muhammad (sav) tarafiga o‘tishi saqiflarning mavqeini susaytirdi va oxir-oqibat Toifning qulashiga olib keldi.

Muhammad (sav)ga, odatdagidek, “xums” - o‘ljaning beshdan bir qismi tekkandi. U o‘z ulushini endigina islomni qabul qilgan qurayshiylarga in’om qildi: Abu Sufyon va uning o‘g‘illari, Suhayl ibn Amr, hatto Makka fathidan so‘ng YAmanga qochib ketgan va Toif qamali paytida uzr so‘rab, qaytib kelgan Ikrima ibn Abu Jahl, birnecha ko‘chmanchi qabila boshliqlariga 100 tadan tuya hadya qilindi, ansorlarga esa hech narsa berilmadi. Tabiiyki, ular bir vaqtning o‘zida ham norozi, ham kelajak taqdirlari xususida xavotirda bo‘lib qoldilar. Muhammad (sav)ning Makka fathidan keyingi qurayshiylarga nisbatan xayrihohligi va saxiyligi ansorlarni Payg‘ambar Madinani tark etib, Makkaga o‘tishi mumkin, degan xayolga olib keldi. Ansorlarning bunday kayfiyatidan boxabar bo‘lgach, Payg‘ambar ularni yig‘ib, murojaat qildi:”Muhammadning ruhi qo‘lida bo‘lgan Zot bilan qasamki, agar men Makkada dunyoga kelmaganimda, ansorlardan biri bo‘lardim, Xo‘sh, Madinaga nima bilan qaytishni istaysizlar? CHorva mol bilanmi yoki Allohning rasuli bilanmi?” Barcha hozir bo‘lganlar baland ovozda: “Albatta Siz bilan, yo, Rasululoh! Baxtli kunimizda ham, baxtsiz kunimizda ham!”,- deya xitob qilishdi.

Endi, zikr etilgan saxovatli tuhfalar masalasiga kelsak, shunday fikr borki, ular vositasida Muhammad (sav) qurayshiylarni “muallafa qulubihim”ga aylantirdi, ya’ni ularning qalblarini o‘ziga, islomga mahkam oshno qildi. Qur’oni karim va umuman musulmon adabiyotida bu ibora “ularning ruhlari do‘stona tus oldi” ma’nosida keladi. Haqiqatan ham o‘sha kunlardan e’tiboran qurayshiylar bir zumda butparastlikni tark etib, Alloh yo‘lidagi jangchilarga aylandilar.

Toifdan Payg‘ambar Makkaga qaytdilar, yana bir bor umrani ado etib, so‘ngra 19 mart kuni Madinaga yo‘l oldilar.


Download 1,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish