Ўзбекистон давлат жисмоний тарбия институти


Ish qobiliyatini tiklash va kuchaytirish



Download 17,23 Mb.
bet93/131
Sana03.03.2022
Hajmi17,23 Mb.
#481432
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   131
Bog'liq
3 Китоб Волейбол Н ва У лотин Volleyball

13.5. Ish qobiliyatini tiklash va kuchaytirish

Sport trenirovkasi jarayonida uzluksiz qo’llaniladigan mashg’ulotlar natijasida shug’ullanuvchilar orgnizmining ish qobiliyatini goh susayishi, goh kuchayishi tabiiy xodisadir. Lekin, nagruzkadan so’ng vujudga keladigan charchoq asoratlarini bartaraf etish, organizmning funktsional faoliyatini muntazam tiklab borish hamda ish qobiliyatini to’lqinsimon tarzda kuchaytira borish zaruriyati tiklovchi vositalardan o’z vaqtida maqsadga muvofiq foydalanib turishni taqozo etadi.


Ish qobiliyatini tiklashga qaratilgan vositalar bir necha turlarga bo’linadi. Bular pedagogik, tibbiy-biologik (farmakologik) va psixologik yo’nalishda qo’llaniladigan vositalar.
Pedagogik vositalar kichik xajmda, katta amplituda va sekin shiddatda bajariladigan jismonits mashqlarni o’z ichiga oladi. Bu jismoniy mashqlar tana mushaklarini maksimal taranglashtirish va maksimal bushashtirish asosida ijro etiladi. Ushbu mashqlar tana qismlari va bo’g’imlarini “burish”, “bukish”, “yozish”, “siqish”, “ishqalash”, “uqalash”, “silash” kabi jismoniy “muolajalar” bilan ifodalanishi mumkin.
Bunday mashqlarni ma’lum pedagogik tartibda hajmi va shiddati jixatdan munosib me’yorda suv, havo, sauna – muolajalari bilan qo’shib qo’llanishi yaxshi natija beradi.
Bundan tashqari holisona, sekin tarzda o’rmon, tog’ yon bag’rlari, daryo qirg’oqlari sharoitida yurish, chopish, velosiped haydash, eshkak eshish kabi muolajalar o’ta samarali vositalar bo’lib hisoblanadi.
Tibbiy-biologik (farmakologik) vositalardan foydalanish shug’ullanuvchi organlari-nerv, yurak-qon tomir, oshqozon, nafas olish sistemalari, xujayra, to’qima va mushaklarni oziqlantiruvchi, ularga quvvat beruvchi va tiklovchi turli vitaminlarga boy sharbatlar, xo’l va quruq mevalar, sabzovot, ko’kat hamda boshqa shunga o’xshash oziqlarni iste’mol qilish bilan ifodalanadi. Bunday muolajalarni yil davomida, ayniqsa yirik musobaqalar oldidan o’tkaziladigan o’quv-trenirovka yig’inlarida va musobaqa davridan so’ng (o’tish davrida) amalga joriy etish o’ta muhim shartlardan biridir.
Ayrim hollarda, ya’ni organizmni to’liq reabilitatsiya qilish zaruriyati tug’ilganda davolash va sog’lomlashtirish jismoniy tarbiyasidan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Psixologik vositalar yordamida shug’ullanuvchilarning nafaqat ish qobiliyati tiklanadi, ruhiyati va irodasi mustahkamalanadi, balki sportchining butun vujudi muayyan musobaqalarga safarbor etiladi, salbiy xolatlar (apatiya, lixoradka, ortiqcha xayajonlanish, qo’rqish, xadiksirash, xayol parishonlik va hokazo) bartaraf etiladi.
Bu vositalar “ishontirish formulalari” (formula autogennoy trenirovki), “o’zini boshqarish” gipnoz va boshqa shunga o’xshash mashqlar kiradi.
Barcha yo’nalishda qo’llaniladigan tiklovchi vositalardan moxirona foydalanish ko’p yillik trenirovka jarayonida yuqori malakali sportchilarni tayyorlashda muxim rol’ o’ynaydigan shartlardan biridir (ilovalarda mavzuga doir andozalar berilgan).


1 andoza




2 andoza

Download 17,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish