Ўзбекистон давлат жисмоний тарбия институти


Tayyorgarlikning asosiy shakllari



Download 17,23 Mb.
bet95/131
Sana03.03.2022
Hajmi17,23 Mb.
#481432
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   131
Bog'liq
3 Китоб Волейбол Н ва У лотин Volleyball

Tayyorgarlikning asosiy shakllari. Voleybolchilar tayyorlashning asosiy shakllari sport mashg’ulotlari va musobaqalarda ishtirok etish jarayonlaridan iborat. Ular bir-biri bilan bog’langan, lekin shu bilan birgalikda boshqaruvning asosiy vazifalari mazmunini aniqlovchi o’ziga xos xususiyatlarga ega. SHu sababli tayyorgarlikni boshqarish 2 bo’limga bo’linadi:
1. Mashg’ulot jarayoni va musobaqaga tayyorgarlik ko’rishni boshqarish.
2. Musobaqa jarayonida jamoani boshqarish.


14.2. Rejalashtirish va tayyorgarlik jarayoni

Boshqaruvning asosiy vazifalardan biri rejalashtirishdir. U nafaqat butun tayyorlanish jarayonining mazmunini, balki trenerning ish faoliyatini ham tartibga soladi. Rejalashtirish bu kelajakni ko’ra bilish va uni oldindan aytib bashorat berishni bilish demakdir. Voleybolchilar va voleybol jamoalari faoliyatini rejalashtirish, o’rgatish va trenirovka mashg’ulotlari qonuniyatlari, printsiplari, uslub va vositalarini qo’llash texnologiyasiga asoslanishi lozim.


Voleybol – bu jamoa o’yini, shuning uchun rejalashtirish ham jamoa uchun, ham o’yinchi uchun tuziladi. Voleybol ham boshqa jamoali sport o’yinlari turlariga o’xshab qarshi jamoa bilan kurashda nafaqat shaxsiy, balki jamoa o’yinlarining birgalikdagi harakatini mukammallashtirish xususiyati bilan ifodalanadi. SHu sababli texnik, taktik va o’yin tayyorgarligini maqsadli shakllantirish o’ta muhim shartlardan biridir. Tayyorgarlik turlariga ajratiladigan vaqt tahminan quyidagicha taqsimlanadi: jismoniy tayyorgarlik – 20%, texnik – 30%, taktik, o’yin va musobaqa tayyorgarligi – 50%. Bu raqamlar o’yinchilarning yoshi, malakasi va tayyorgarlik darajasiga qarab o’zgarishi mumkin. Mashg’ulot rejalarini tuzishda guruhda yoki jamoada shug’ullanuvchilar yoshi, malakasi, tayyorgarlik darajasi, moddiy-texnik bazaning shart-sharoitlari va jamoa oldida turgan asosiy vazifalar e’tiborga olinadi. Ishlab chiqilgan rejalarga o’quv-mashg’ulot va musobaqa jarayonlarida qayd etiladigan real ko’rsatkichlar, kuzatuv hamda ilmiy-tadqiqot natijalar asosida maqsadli o’zgartirishlar yoki qo’shimcha tadbirlar kiritilishi mumkin.
Har bir o’yinchi va jamoaga alohida istiqbol rejasi (4 yilga), yillik reja, mezo – va mikrotsikllar rejalari (joriy reja, tezkor reja) tuzilishi darkor.
Rejalashtirilgan mashg’ulot va musobaqa yuklamalarini o’zlashtirish samaradorligini ob’ektiv va asosli baholash uchun tayyorgarlik turlari bo’yicha erishilgan imkoniyatlar me’yoriy testlar asosida nazoratidan o’tkazilib turilishi lozim.

Download 17,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish