Ko’p yillik sport trenirovkasi bosqichlari
va shug’ullanuvchi voleybolchilar yosh guruhlari
3 andoza
4 andoza
Yillik tayyorgarlik tsiklining davrlari va bosqichlari
“Voleybolchilar sport trenirovkasining umumiy asoslari” mavzusi bo’yicha nazorat savollari
1. Sport trenirovkasi terminologik va mantiqiy mohiyati nimalar bilan ifodalanadi?
2. Sport trenirovkasining maqsadi va vazifalarni tushuntirib bering?
3. Sport trenirovkasining uslublari, vositalari va printsiplarini batafsil izohlab bering?
4. Sport trenirovkasining davri yligi va “sport formasi” haqida qanday tushunchalarga egasiz?
5. Tayyorlov, musobaqa va o’tish davrlarining maqsadi, mohiyati hamda mazmuni qanday tushunchalarga egasiz?
6. Tayyorlov davrining qanday bosqichlari bor va ularning mazmuni nimalardan iborat?
7. Sport trenirovkasi jarayonida ish qobiliyati, uni tiklash va kuchaytirish masalalariga batafsil izoh bering?
14. VOLEYBOLCHILAR TAYYORLASH JARAYONINI BOSHQARISH
14.1. Boshqaruv jarayoni haqida tushuncha
Ko’p yillik sport trenirovkasi jarayonida yuqori malakali voleybolchilar va voleybol jamoasini tayyorlash uzoq muddatli pedagogik jarayon bo’lib uni trener boshqaradi. Boshqaruv deganda biror bir ob’ektga muntazam ta’sir ko’rsatib, shu ta’sir natijasida aniq bir maqsadga erishish uchun hosil qilingan o’zgarish tushuniladi. Sportda tayyorlash jarayoniga murakkab dinamik tuzim sifatida qaralib, uni boshqaruvchi sub’ekti vazifasini pedagog-trener, boshqaruv ob’ektlari vazifasini esa sportchilar, jamoalar yoki o’quv gruppalari bajaradi.
Sport tayyorgarligi tuzimining murakkabligi shundan iboratki, u katta qismdagi bir-biri bilan bog’langan va bir-biri bilan harakat qiladigan jarayonlardan (texnik, taktik, psixologik va boshqa) iborat.
Sport tayyorgarligi natijasida sportchilarning bir holatdan ikkinchi holatga o’tishi kuzatiladi. Bu jarayon tuganmasdir.
Sport tayyorgarligini boshqarishning asosiy farq qiladigan xususiyati shundan iboratki, bunda murakkab, o’z-o’zini boshqaruvchi odam ob’ekti etadi. Bu trenerga sportchining o’zini boshqarish qobiliyatini har xil yo’l bilan rivojlantirish vazifasini qo’yadi. Sport tayyorgarligining samarasi to’g’ridan-to’g’ri sportchi o’zini boshqarish va o’zini mukammallashtirish qobiliyatiga bog’liq.
Trener-sportchi-jamoa-trener o’zaro uzviy tizimi doirasida olinadigan axborot-ma’lumotlar maqsadli boshqaruvga asos bo’lishi darkor.
Boshqaruvning muhim shartlaridan biri, bu sportchining o’zini boshqarish va o’zini mukammallashtirish qobiliyatini faol rivojlantirishga yo’naltirilgan ijodiy hamkorlikdan iborat.
Boshqaruvning asosiy vazifalari – mashg’ulotlarni rejalashtirish va tashkil qilish, nazorat qilish va qiyosiy tahlil qilish bilan ifodalanadi. Bularning hammasi boshqaruvning davriyligini va to’xtovsizligini ta’minlovchi yopiq halqa hosil qilib, bir-biri bilan o’zaro harakat qiladi.
Boshqaruv jarayoni bir mashg’ulot davomida yoki bir hafta davomida, bosqichda, yillik tayyorgarlik tsikllari bo’yqlab davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |