Voleybol federatsiyasining funktsional faoliyat yo’nalishlari
“O’zbekistonda voleybol taraqqiyotini boshqarish” mavzusi bo’yicha nazorat savollari
1. O’zbekistonda voleybol taraqqiyotini boshqarishning qanday davlat va jamoat organlari mavjud? Ularni ish faoliyatiga izoh bering.
2. Voleybol taraqqiyotini boshqaruvchi organlar qanday tuzishga ega va ular qanday ishlarni amalga oshiradi?
3. Ommaviy va professional voleybol taraqqiyoti qaysi yo’nalishlarda boshqariladi?
4. O’zbekistonda voleybolning “kechagi”, “bugungi” va “ertangi” holati nimalar bilan izohlanadi?
25. ILMIY-TADQIQOT ASOSLARI
Talabalar ilmiy-tadqiqot va o’quv tadqiqot ishlari
O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sport tizimini shakllantirish, uni yanada ommaviylashtirish hamda aholining kundalik iste’moliga aylantirish ushbu sohani ilmiy asosda tashkil qilishni taqazo etadi. Ayniqsa o’zbek sportini raqobatbardosh bosqichga ko’tarish, uni halqaro miqyosga olib chiqish faqat ilmiy izlanishlar, chuqur tadkiqotlar evaziga amalga oshirilishi mumkin. Binobarin, soxa bo’yicha ta’lim olayotgan har bir bo’lajak mutaxassis ilmiy-nazariy jihatdan to’la-to’kis qurollangan, o’z kasbining ustasi, zamonaviy, ilg’or ilmiy-tadqiqot uslublarini o’zlashtirgan bo’lishi lozim. Demak, institut talabalari, shu jumladan voleybol, basketbol va tennis ixtisosliklari talabalari o’quv rejasidagi barcha fanlar qatori ilmiy-tadqiqot ishlari bo’yicha zarur bilim, malaka va ko’nikmalarni egallashlari shart. Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari birinchi navbatda sportchilarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligi hamda texnik-taktik malakalarni takomillashtirishga, o’quv trenirovka jarayonini shakllantirish, jumladan qo’llaniladigan trenirovka va musobaqa nagruzkalarini sportchining jismoniy - funktsional imkoniyatlariga muvofiqligini aniqlashga qaratilishi darkor.
Ilmiy-tadqiqot ishlariga qo’yiladigan talablar va ilmiy ishlar turlari
Sport o’yinlari bo’yicha olib boriladigan ilmiy-tadqiqot ishlari maxsus yo’naltirilgan murakkab jarayon bo’lib, jismoniy tarbiya va sport amaliyotidagi holat yoki muammolarni o’rganishga qaratiladi. O’rganiladigan ilmiy mavzu mohiyati va yo’nalishi jihatidan dolzarb amaliy ahamiyatga ega bo’lishi kerak.
Har bir ilmiy-tadqiqot ishidan avval o’rganiladigan muammo yuzasidan ilmiy «ehtimol» (gipoteza) belgilanadi. Ushbu muammoni o’rganish natijasida shu «ehtimol» isbot asosida tasdiqlanadi yoki tasdiqlanmaganligi e’tirof etiladi.
Ilmiy ish o’z maqsadi va vazifalariga mos keluvchi muayyan reja asosida amalga oshiriladi. Har bir ilmiy ishning pirovard natijasi amaliyotga foydali ta’sir ko’rsatishi lozim. Har bior ilmiy ish o’ziga xos bo’lgan tekshiriluvchi ob’ekt, ilmiy uslublar va kerakli uskuna-anjomlarga ega bo’lishi shart. Ilmiy tekshirish, asboblar yordamida o’lchash, tekshiruvni o’tkazish shart-sharoitlari yagona standart holatda bulishi muhim. Olingan ilmiy ko’rsatkich va natijalar tekshirilgan jarayonni anik ifoda etishi zarur.
Jismoniy tarbiya va sport soxasida ilmiy ish olib boruvchi har bir tadqiqotchi tekshiriluvchi ob’ekt inson ekanligini yoddan chiqarmasligi talab qilinadi.
Ilmiy tadqiqotning yakuniy natijalari quyidagi ish shakllari bilan ifodalanishi mumkin:
- ilmiy ma’ruza yoki uning tezisi (qisqacha matni);
- ilmiy maqola;
- ilmiy tavsiyanoma;
- ilmiy axborot;
- referat;
- ilmiy hisobot;
- ilmiy qo’llanma;
- diplom ishi;
- magistrlik dissertatsiyasi;
- nomzodlik dissertatsiyasi;
- doktorlik dissertatsiyasi;
- monografiya.
Ilmiy ma’ruza – seminar, konferentsiya, simpoziumlarda olimlar diqqatiga taqdim etiladi va o’z ichiga ilmiy-tadqiqot ishlari bo’yicha muayyan mavzu moxiyatini ochib berishga qaratiladi.
Ilmiy maqola – muayyan ilmiy tadqiqotning ayrim bosqichi yoki yakunlangan natijalari tahlilini ilmiy jurnal, to’plam va boshka nashriyotlar orqali e’lon qilinadi.
Ilmiy tavsiyanoma – bosqich yoki yakunlangan ilmiy ish natijalari, ularning tahlili va xulosalari asosida amaliyotga taqdim etiladigan takliflar majmuasini o’z ichiga oladi. Odatda, bunday tavsiyanomalar avval amaliyotga tadbiq etiladi, so’ng ularning ahamiyati va amaliy samarasi tan olingach, rasmiy ravishda tasdiqlanadi.
Ilmiy axborot – aksariyat hollarda tezkor yig’ilishlarda, ilmiy rahbar, ilmiy xodimlar va amaliyot mutaxassislari oldida ilmiy tadkiqotning borishi yoki uning yakuniy natijalari haqida qisqa og’zaki ma’lumot berish bilan ifodalanadi.
Referat – ilmiy ishning ushbu shakli tanlangan ilmiy mavzu doirasidagi yoki shu mavzuga bevosita aloqador adabiyotlardan ma’lumotlar to’plab, ularni taqqoslash, tahlil qilish va umumlashtirish orqali o’rganiladigan muammo dolzarbligini isbotlab beruvchi yozma fikr-mulohazalardan iborat bo’ladi.
Ilmiy hisobot – to’liq yakunlangan ilmiy tadqiqot yoki uning ayrim qismi bo’yicha olingan natijalarning atroflicha tahlili va xulosalarini aks ettiruvchi ilmiy ish bo’lib, yozma ravishda ilmiy ma’muriyatga taqdim qilish uchun tayyorlanadi. Ilmiy hisobot fan va texnika bo’yicha davlat ma’muriyati tomomnidan belgilangan talablar asosida ishlab chiqiladi hamda dissertatsiyalar kabi barcha bo’lim, bob va bandlar matnini o’z ichiga oladi.
Ilmiy qo’llanma – ko’p yillik ilmiy-tadqiqot natijalari va xulosalariga asoslangan holda yaratiladi. Ilmiy qo’llanma turli mavzularga oid masalalar mohiyati, nazariy asoslari, ularni o’rganish uslubiyati va vositalarini yoritib berishga qaratiladi.
Masalan: sport tayyorgarligining turli davr va bosqichlarida o’quv-trenirovka mashgulotlarining ilmiy-uslubiy asoslari ochibberilishi mumkin.
Diplom ishi, magistrlik, nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari – jismoniy tarbiya va sport soxasida muayyan dolzarb mavzuni ilmiy tadqiqot asosida chuqur hamda atroflicha ochib berishga qaratiladi. Ushbu ilmiy ishlar o’zinig maqsad va vazifalari ilmiy yangiligi, amaliy ahamiyati va tavsiyalari, asoslangan xulosalariga ega bo’lishi lozim.
Monografiya – ko’p yillik ilmiy-tadqiqot va izlanishlar natijalari asosida ishlab chiqiladigan va kitob shaklida nashr qilinadigan yirik ilmiy ish mahsuli.
Do'stlaringiz bilan baham: |