Ўзбекистон давлат жисмоний тарбия институти


O’zbekiston voleybol federatsiyasi, uning tarkibi va ish funktsiyalari



Download 17,23 Mb.
bet127/131
Sana03.03.2022
Hajmi17,23 Mb.
#481432
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   131
Bog'liq
3 Китоб Волейбол Н ва У лотин Volleyball

O’zbekiston voleybol federatsiyasi, uning tarkibi va ish funktsiyalari

Mamlakatimizda voleybolni ommaviylashtirish, rivojlantirish, uni ravnaq topshirishda O’zbekiston voleybol Federatsiyasi rahbarlik va boshqaruvchi rolni o’ynaydi. Respublikamizning tuman, viloyat va shaharlarida esa bu mas’uliyat joylardagi federatsiyalar orqali amalga oshiriladi.


Federatsiyaning oliy rahbar organi respublika anjumanidir. U mamlakatda voleybolni rivojlantirishning asosiy masalalarini hal qiladi. Federatsiya anjuman tufayli saylangan o’z prezidiumidan (rayosatidan) iborat.
Rayosat o’z navbatida belgilangan ijroiy qo’mitasiga ega bo’lishi kerak. Qo’mitada federatsiyaning prezidenti rahbarligida direktorat va doimiy hay’atlar tuziladi. Bu hay’atlar quyidagi yo’nalishlar bo’yicha faoliyat ko’rsatadilar:
- moliyaviy-iqtisodiy;
- yuridik-huquqiy;
- moddiy-texnika ta’minlovi;
- ommaviy-tashkiliy;
- trenerlar kengashi;
- ilmiy-uslubiy;
- sport-texnika;
- bolalar va o’smirlar sporti;
- xalqaro sport aloqalari;
- respublika sport fahriylari kengashi;
Ko’rinib turibdiki, mazkur yo’nalishlarning nomlarining o’zi hay’atning vazifasi, bajaradigan tadbirlari va butun faoliyatlari mazmunini belgilab berib turibdi.
Jahonda voleybolni rivojlantirish jarayonini xalqaro tashkilotlar darajasida boshqarish
Voleybol taraqqiyotini boshqarish halqaro voleybol Federetsiyasi (XVF-FIVB) va zonal konferentsiyalar orqali ijro etiladi.
Ovro’ra, Osiyo, Afrika, SHimoliy Amerika, Markaziy Amerika va Karib dengizi, Janubiy Amerika mintaqalarining zoanl konferentsiyalari mavjud.
FIVBning aloqa va ish faoliyatlari rasmiy ravishda ingliz, farang, rus va ispan tillarida amalga oshiriladi.
FIVB o’zining ustaviga ega. U vaqti-vaqti bilan voleybol soxasida ro’y berayotgan asosiy voqealar bilan yoritidgan rasmiy BYULLETEN’ chiqarib (nashr qilib) turadi, turli uslubiy ko’rsatmalar, hujjatlar, nizomlar, tavsiyanomalar chop etiladi.
FIVBning asosiy maqsadi – jahonning turli mintaqalarida voleybolni rivojlantirish, barcha davlatlarning sportchilari va rasmiy shaxslari o’rtasidagi do’stlik aloqalarini mustahkamlash, milliy voleybol federatsiyalarini birlashtirish, yangi milliy voleybol federatsiyalari tuzish, rasmiy musobaqalar o’tkazish, o’yin qoidalarini va taktikasini shakllantirishdan iborat.
FIVBning oliy organi – Kongressdir. U ikki yilda bir marta o’tkaziladi.
FIVBning rahbar organi – Ma’muriy Kengash bo’lib, o’z prezidenti, bosh kotib va uni yordamchilari, 4 ta vitse-prezidenti, 12 ta Kengash a’zolari va zonal konfederatsiyalarning prezidentlaridan tashkil topadi.
Ma’muriy kengashning qarorlarini Ijroiy Qo’mita hayotga tadbiq etadi. Ijroiy Qo’mita o’z prezidentidan, ikki vitse-prezidentidan, bosh kotibi va uni ikki yordamchisidan iborat. FIVBda texnik organlar ham mavjud bo’lib, ular 5 ta doimiy hay’atlardan tashkil topadi.
1. Tashkiliy-sport hay’ati – musobaqalarni tashkil qilish va ularni tahlil etish, ma’lumotlarni yig’ish va voleybol bo’yicha xalqaro sport kalendarini rejalashtirish;
2. Trenerlar bo’yicha hay’at – voleybol endigina rivojlanayotgan mintaqa va davlatlarda shu sport turini taraqqiy ettirish tadbirlarini tashkil qilish, trenerlar bilan seminarlar uyushtirish, ularga maslahatlar berish, voleybol bo’yicha “qo’li kalta” davlatlarga yordam sifatida trenerlarni har xil muddatlarga ishga jo’natish, uslubiy ko’rsatma va tavsiyalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish ishlari bilan shug’ullanadi.
3. Arbitraj hay’ati – musobaqalar hakamlarini tayinlash, ularning faoliyatiga rahbarlik qilish, tahlil etish va baholash, xalqaro seminarlarni uyushtirish, hakamlik qilish bo’icha uslubiy ko’rsatmalar ishlab chiqish ishlarini bajaradi.
4. O’yin qoidalari bo’yicha hay’at – Ma’muriy Kengash va Kongress muhokamasiga o’yin qoidalari bo’yicha kiritilgan o’zgarishlar oid tavsiyalarni taqdim etish, arbitraj hay’ati bilan birgalikda hakamlik qilish qoidasini ishlab chiqish va o’yin qoidalariga yagona fikrda yondoshishni ta’minlash kabi tadbirlarni amalga oshiradi.
5. Tibbiy hay’at – musobaqalar jarayonida tibbiy xizmat ko’rsatish, o’quv-trenirovka mashg’ulotlarini tibbiy nazorat qilish, organizm va ish qobiliyatini tiklashga oid tadbirvositalar hamda shikastlanishlarni oldini olish kabi masalalar bo’yicha taklif, tavsiya va ko’rsatmalar tayyorlash ishlarini ijro etadi.
FIVB o’z tarkibiga 160 ta davlat kiritgan eng ko’p sonli federatsiya o’ziga ma’lum moliyaviy mas’uliyatni olishi shart, a’zo bo’lib kirishda va har yili badal to’lash, rasmiy birinchiliklar va xalqaro uchrashuvlar o’tkazish uchun pul mablag’i ajratish, FIVB tasaruffida o’tkaziladigan rasmiy musobaqalarda ishtirok etish uchun badal to’lash va hokazo.
FIVBning faoliyatida sobiq Ittifoq Federatsiyasi juda katta rol’ o’ynagan. Bu masala voleybol bo’yicha mashhur mutaxassis Vladimir Ivanovich Savin samarali xizmati va salmoqli hissalari bilan alohida ajralib turadi.
O’zbekiston Respublikasi istiqlolga erishganidan so’ng mamlakatimizning milliy voleybol Federatsiyasi hayotida ham unutilmas o’zgarishlar yuz beradi. 1992 yil O’zbekiston milliy voleybol Federatsiyasi Osiyo zonal konfederatsiyasiga a’zo bo’lib qabul qilindi.


1 andoza




2 andoza



Download 17,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish