Sakrashlar
Sakrashlar (tayanchsiz va tayanchli) umumrivojlantiruvchi mashqlar
guruhiga kiruvchi sapchip sakrashlardan farqli ravishda oyoqlar va qo’llar
bilan itarilgandan so’nggi yaqqol parvoz fazosi bilan ajralib turadi, hamda
tezkor - kuch sifatlari, harakatlar aniqligi, epchillik, irodali hislatlarni
rivojlantiradi.
Mashg’ulotlarda sakrashlar jismoniy tayyorgarlik, amaliy ko’nikma
va qobiliyatlar (qayta sakrashlar, sakrab tushish, to’siqlardan sakrab o’tish)
ni shakllantirish vositasi sifatida qo’llaniladi. Sport gimnastikasida
tayanchli sakrashlar ko’p kurash turi sifatida musobaqalar dasturiga
kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |