МАВЗУ: ҲАЁТ ФАОЛИЯТИ ХАВФСИЗЛИГИ ВА МЕҲНАТ МУҲОФАЗАСИНИНГ ХУҚУҚИЙ - ТАШКИЛИЙ АСОСЛАРИ
1-гурух 1. ЎзР Конституциясининг 38-40 моддаларида нималар ёритилган? 1992 yil 8 dekabr kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ana shu qonun asoslari bo‘lib xizmat qiladi. Konstitutsiyaning IX-X boblari insonning iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini himoya qilishga qaratilgan. 38-moddasida “Yollanib ishlayotgan barcha fuqarolar dam olish huquqiga egadirlar. Ish vaqti va haq to‘lanadigan mehnat ta’tilining muddati qonun bilan belgilanadi”; 39-moddasida “Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek, boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega”; 40-moddasida “Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega” deb belgilab qo‘yilgan.
2. Меҳнат кодекси қачон қабул қилинган, унинг мақсад ва вазифалари нималардан иборат? O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi tomonidan 1995 yil 21 dekabrda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi tasdiqlangan, 1996 yil aprel oyidan amalda tatbiq qilingan. Ushbu qonunning yangi tahriri Qonunchilik palatasi tomonidan 2015 yil 20 avgustda qabul qilingan. Mehnat Kodeksiga o‘zgartirish kiritilgan moddalar 2018 yil 3 yanvarda qayta ko‘rilib, yana o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Mehnat Kodeksi 16 ta bob, 294 moddadan iborat: 1-bob. Asosiy qoidalar (1-13-moddalar);
2-bob. Mehnat munosabatlarining sub'ektlari (14-20-moddalar);
3-bob. Ishchilar va ish beruvchilarning vakili (21-28-moddalar);
4-bob. Jamoa shartnomalari (29-56-moddalar);
Maxsus qism.
5-bob. Ishga joylashtirish (57-71);
6-bob. Mehnat shartnomasi (72-113);
7-bob. Ish vaqti (114-125);
8-bob. Dam olish vaqti (126-152);
9-bob. Mehnatga haq to'lash (153-164);
10-bob. Kafillik va kompensatsiya to'lovlari (165-173);
11-bob. Mehnat intizomi (174-184);
12-bob. Mehnat shartnomasi tomonlarining javobgarligi (185-210);
13-bob. Mehnatni himoya qilish (211-223);
14-bob. Ayrim toifadagi ishchilar uchun qo'shimcha kafolatlar va imtiyozlar (224-258); 15-bob. Mehnat nizolari (259-281);
16-bob. Davlat ijtimoiy sug'urtasi (282-294).