OT ni qurish asosiy printsiplari
Chastota printsipi. Dastur algoritmlarida, ishlov beriladigan massivlarda
amal va kattaliklarni foydalanish chastotasiga qarab ajratishga asoslangan. ko`p
marta ishlatiladigan amal va ma’lumotlarga tezroq murojaat qilishni ta’minlash
uchun, ularni operativ xotiraga joylashtiriladi. Bunday murojaatning asosiy
vositasi, ko`p sathli rejalashtirishni tashkil etishdir. Uzoq muddatli rejalashtirishga
tizim faoliyatining kamyob va uzun amallari ajratilsa, qisqa muddatli
rejalashtirishga esa ko`p ishlatiladigan va qisqa amallar ajratiladi. Tizim dasturlash
bajarilishini initsializatsiya qiladi yoki uzadi, dinamik tarzda talab qilinadigan
resurslarni beradi va qaytib oladi, eng birinchi navbatda bu resrslar – xotira va
protsessordir.
Do'stlaringiz bilan baham: |