Simsiz mobil aloqa tarmoqlarining evolyutsiyasi
Mobil aloqa texnologiyalari avlodlarga, ya'ni 1G, 2G, 3G va 4G larga tasniflanadi. 1G 1980 yilda ishlatilgan analog mobil radio aloqa tizimi edi. 1G o'z vaqtida uyali aloqa tizimlarida katta ahamiyatga ega edi, ammo uning quyidagi kamchiliklari mavjud edi ovoz sifatida kamchiliklar bor edi, batareya hayotining qisqaligi, ma’lumot uzatish sifatining pastligi, bu o’z navbatida aloqaning uzilishiga olib kelar edi va telefonning katta hajmi. 2g mobil aloqa tizimi uchun global tizim (GSM) sifatida aks etgan texnologiya edi, birinchi raqamli mobil aloqa tizimi edi. Undan foydalanish Yevropada 1990 yillar boshida kelgan, uning asosiy taqdim etiladigan xizmatlari ovozli va cheklangan ma'lumotlar uzatish xizmatlari edi. Taklif etilgan asosiy xizmat turlariga 9.6 kbits/s tezlikda ma’lumot almashish imkoniyati va matnli xabarlar (qisqa xabarlar xizmatlari, SMS) uzatish imkoniyati mavjud edi. 2G kamchiiklari quyidagilar edi: past sifatli ma’lumot uzatish xizmatlari, ushbu texnologiya videolar va video qo’ng’iroqlar kabi murakkab ma'lumotlarni qo'llab-quvvatlash uchun ishonchsiz edi, past tizimi quvvati va sotalarning minoralar tomonidan cheklanganligi qamrov maydonini kichraytirdi. 3G keng polosali ma'lumotlar bilan ishlovchi birinchi mobil tizim edi. 3G tarmoqalarining kamchiliklariga yuqori hajmdagi litsenziyon to’lovlarni ko’rsatsh mumkin bo’ladi [1-2].
1.1-jadvalda uyali aloqa texnologiyalarining evolyutsiyasi xronologik jihatdan evolyutsiya yillaridan boshlab, ular mansub bo'lgan tarmoqlar, ularnda ishlatilgan texnologiyalar va ular ishlatishi mumkin bo’lgan ma'lumotlar turlari ko'rsatilgan.
1-jadval. Uyali texnologiyalar evolyutsiyasi.
Avlod
|
Yili
|
Tarmoq
|
Texnologiyasi
|
Ma’lumot turi
|
1G
|
1980 yil
|
Kanalli kommutatsiya
|
TACS, AMPS
|
Analog ovoz, raqamli ovoz
|
2G
|
1990 yil
|
D-AMPS, GSM, CDMA (IS-95)
|
D-AMPS, GSM, CDMA
|
Raqamli ovoz
|
2.5G
|
1996 yil
|
Kanalli kommutatsiya yoki paketli kommutatsiya
|
GPRS, EDGE, EVDO, EVDV
|
Raqamli ovoz + ma’lumotlar
|
3G
|
2000 yil
|
Non-IP paketli kommutatsiya/ kanalli kommutatsiya
|
WCDMA, CDMA 2000
|
Raqamli ovoz + yuqori tezlikli ma’lumotlar va video
|
4G
|
2012 yil
|
IPga asoslangan, paketli kommutatsiyaga asoslangan tarmoq
|
Tugallanmagan
|
Raqamli ovoz, Yuqori tezlikli ma’lumot uzatish, Multimedia, Xavfsizlik
|
4G ma'lumotlar bilan aloqa qilishda ko'proq taklif qiladi, shuning uchun yuqori tezlikdagi ma'lumotlar aloqasi tufayli simsiz uzluksiz monitoring tizimlariga mos keladi. Mobil aloqa texnologiyalarining 1g, 2g va 3G avlodlaridagi turli cheklashlar va ularni bartaraf etish zarurati 4G texnologiyasining rivojlanishiga olib keladi. 4G hali turli yangilash tavsiyalar standartlari rivojlanayotgan organlari tomonidan IMT-Advanced bilan birga rivojlanayotgan texnologiya.
Do'stlaringiz bilan baham: |