Ўзбекистон алоқа ва ахборотлаштириш агентлиги тошкент ахборот технологиялари университети “ахборот технологиялари” факультети


jarayoni-tarkibiy  tuzilmalar  va  qonuniyatlarni  qam-rab  olgan



Download 1,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/81
Sana31.12.2021
Hajmi1,6 Mb.
#256523
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   81
Bog'liq
6OIK7nngJPR3g0p2PhwnDCu5NGKIk38phO7YuNKG

Innovatsiya  jarayoni-tarkibiy  tuzilmalar  va  qonuniyatlarni  qam-rab  olgan 
thimdan ihoratdir. 
     Pedagogikaga oid  adabiyotlarda innovatsion jarayoni kechishi-ning  4  ta  asosiy 
qonuniyati farqlanadi: 
- pedagogik innovatsiya muhitining ayovsiz bemaromlik qonuni
- nihoyat amalga oshishi qonuni
- pedagogik innovatsiyaning davriy takrorlanishi va qaytishi qonuni
- qoliplashtirish (streotiplashtirish)  qonuni; 
    Hozirgi  kunda  ta'lim  jarayonida  interfaol  metodlar,  innovatsion  texnologiyalar. 
pedagogik  va  axborot  texnologiyalarini  o'quv  jarayonida  qoilashga  bo'lgan 


qiziqish,  e'tibor  kundan-kimga  kuchayib  bormoqda,  bunday  bo'lishining 
sabablaridan  bin,  shu  vaqtgacha  an'anaviy  ta'iimda  o'quvchi-talabalarni  faqat 
tayyor  bilimlarni  egallashga  o'rgatilgan  bo'lsa,  zamonaviy  texnologiyalar  ularni 
egallayotgan  bilimlarini  o'zlari  qidirib  topishlariga.  mustaqil  o'rganib,  tahlil 
qilishlariga,  hatlo  xulosalarni  ham  o'zlari  keUirib  chiqarishla-riga  o'rgatadi. 
O'qituvchi  bu  jarayonda  shaxsning  rivojlanishi,  shakllanishi,  bilim  olishi  va 
tarbiyalanishiga  sharoit  yaraiadi  va  shu  bilan  bir  qatorda  boshqaruvchilik, 
yo'naltiruvchilik  fuuksiyasini  bajaradi.  Ta'lim  jarayonida  o'quvchi—talaba  asosiy 
figuraga aylanadi. 
       Shuning  uchun  oliy  o'quv  yurllari  va  fakultetlarida  malakali  kasb  egalarini 
tayyorlashda  zamonaviy  o'qitish  metodlari-interfiiol  metodlar,  innovatsion 
texnologiyalarning  o'rni  va  roli  benihoya  kattadir.  Pedagogik  texnologiya  va 
pedagog  mahoratga  oid  bilim,  tajriba  va  interaktiv  metodlar  o'quvchi-talabalarni 
bilimh, yetuk malakaga ega bo'lishlarini ta'minlaydi. 
      Innovatsion  texnologiyalar  pedagogik  jarayon  hamda  o'qituvchi  va  talaba 
faoliyatiga  yangilik.  o'zgarishlar  kiritish  bo'lib,  uni  amalga  oshirishda  asosan 
interfaol  metodlardan  to'liq  foydalaniladi.  Interfaol  metodlar  -  bu  jamoa  bo'lib 
fikrlash  deb  yuritiladi,  ya'ni  pedagogik  ta'sir  etish  usullari  bo'lib,  ta'lim 
mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarning o'ziga xosligi shundaki, 
ular  faqat  pedagog  va  o'quvchi-talabalarning  birgalikda  faoliyat  ko'rsalishi  orqali 
amalga oshiriladi. 
     Bunday  pedagogik  hamkorlik  jarayoni  o'ziga  xos  xususiyatlarga  ega  bo'lib. 
ularga quyidagilar kiradi: 
-  o'quvchi-talabani  dars  davomida  befarq  bo'lmaslikka.  musta-qil  fikrlash,  ijod 
etish va izlanishga majbur etish
-  o'quvchi-talabalarni  o'quv  jarayonida  bilimga  bo'lgan  qizi-qishlarining  doimiy 
ravishda bo'lishini ta'minlashi; 
-  o'quvchi-talabaning  bilimga  bo'lgan  qiziqishini  mustaqil  ravishda  har  bir 
masalaga ijodiy yondashgan holda kuchaytirishi
-  pedagog  va  o'quvchi-talabaning  hamisha  hamkorlikdagi  faoliya-tining 
tashkillanishi. 
     Pedagogik 
texnologiyalar 
masalalari, 
muammolarini 
o'rganayotgan 
o'qituvchilar, 
ilmiy-tadqiqotchilar, 
amaliyolchilarning 
fikricha, 
pedagogik 
texnologiya  -  bu  faqat  axborot  texnologiyasi  bilan  bog'liq  hamda  o'qitish 
jarayonida  qo'llanishi  zarur  bo'lgan    AKT,  kompyuter,  masofali  o'qish,  yoki  turli 
xil  texnikalardan  foydalanish  deb  belgilanadi.  Pedagogik  texnologiyaning  eng 
asosiy  negizi  bu  o'qituvchi  va  o'quvchi-talabaning  hamkorlikda  belgilangan 
maqsaddan  kafolatlangan  natijaga  erishishlari  tanlagan  texnologiyalariga 
bogiiqligidadir,  ya'nio'qitishjarayonida.  maqsad  bo'yicha  kafolatlangan  natijaga 
erishishda  qo'llaniladigan  har  bir  ta'lim  texnologiyasi  o'qituvchi  va  o'quvchi 
o'rtasida  hamkorlik  faoliyatini  tashkil  etib,  har  ikkalasi  ijobiy  natijaga  erishsa. 
o'quv  jarayonida  o'quvchi-talabalar  mustaqil  fikrlasa, ijodiy ishlasa,  izlansa, tahlil 
eta  olsa,  o'zlari  xulosa  qila  olsa,  o'zlariga,  guruhga,  guruh  esa  ularga  baho  bersa, 
o'qituvchi esa ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa, 
ana  shular  o'qitish  jarayonining  asosi  hisoblanadi.  Har  bir  dars,  mavzu,  o'quv 


predmetining  o'ziga  xos  texnologiyasi  bor,  ya'ni  o'quv  jarayonidagi  pedagogik 
texnologiya  —  bu  yakka  tartibdagi  jarayon  bo'hb,  u  o'quvchi-talabaning  ehtiyoji-
dan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo'naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va 
kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir. 
       O'qituvchi  va  o'quvchi-talabaning  maqsaddan  natijaga  erishishda  qanday 
texnologiyani  tanlashlari  ular  ixtiyorida,  chunki  har  ikkala  tomonning  asosiy 
maqsadi  aniq  natijaga  erishishga  qaratilgan,  bunda  o'quvchi-talabalarning  bilim 
saviyasi, guruh xarakteri, sharoitga qarab ishlatiladigan texnologiya tanlanadi. 
       Shu  bilan  bir  qatorda,  o'qitish  jarayonini  oldindan  loyihalashtirish  zarur,  bu 
jarayonida  o'qituvchi  o'quv  predmetining o'ziga  xos  tomonini, mavjud  moddiy  va 
ma'naviy  shart-sharoitlarni. AKT  vositalarini,  eng  asosiysi. o'quvchi-talabalarning 
imkoniyat  va  ehtiyojini  hamda  ularning  hamkorlikdagi  faoliyatni  tashkil  eta  olish 
qobiliyatlarini  hisobga  olishi  kerak.  Shundagina  kerakli  va  kafolatlangan  natijaga 
erishish mumkin. Qisqa qilib aytganda, o'quvchi-talabani ta'limning markaziga olib 
chiqish kerak. 
       O'qituvchi tomonidan har bir darsni yaxlit holatda ko'ra bilish va uni tasavvur 
etish uchun bo'lajak dars jarayonini loyihalashtirib olish kerak. Bunda o'qituvchiga 
u  tomonidan  bo'lajak  darsning  texnologik  xaritasini  tuzib  olishi  katta  ahamiyatga 
egadir,  chunki  darsning  texnologik  xaritasi  har  bir  mavzu,  har  bir  dars  uchun 
o'qitilayotgan  predmet,  fanning  xususiyatidan,  o'quvchi-talabalarning  imkoniyati 
va ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuziladi. Bunday texnologik xaritani tuzish oson 
emas, chunki buning uchun o'qituvchi pedagogika, psixologiya, xususiy metodika, 
pedagogik  va  axborot  texnologiyalaridan xabardor  bo'lishi. shuningdek, juda  ko'p 
metod  va  usullarni  bilishi  kerak  bo'ladi.  Har  bir  daisning  rang-barang,  qiziqarli 
bo'lishi  awaldan  puxta  o'ylab  tuzilgan  darsning  loyihalashtirilgan  texnologik 
xaritasiga bog'liq. 
        O'zbekiston  Respublikasining  «Ta'lim  to'g'risida»gi  Qonuni  va  «Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi»da yosh avlodni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning 
boy  intellektual  merosi  va  umumbashariy  qadriyatlari  asosida  zamonaviy 
madaniyat  va  iqtisodiyotning  pedagogik  shakl  va  vositalarini  ishlab  chiqish, 
amaliyoiga joriy etishga alohida ahamiyat berilgan. 
      Shujihatdan  ham  umumiyo'rta  ta'lim  maktablarida  davlat  ta'lim  standartlari 
bo'yicha ko'zda tutilgan iqtisodiy ta'lim va iqtisodiy tarbiyani takomillashtirish, uni 
o'quvchilar  ongiga  singdirib  borib,  iqtisodiy  tafakkurni  shakllantirish  muammosi 
dolzarbdir. 
      Chunki  har  bir  o'quvchi-talaba  bozor  munosabatlari  rivojlanib  borayotgan  bir 
davrda  —  uni  o'rab  turgan  iqtisodiy  voqelikni,  unda  kechayolgan  jarayonni 
anglashi, tadqiq va tahlil qilib, xulosalar chiqarish imkoniga ega bo'lishi lozim. Bu 
esa har bir fuqarodan iqtisodiyot nazariyasining asoslaridan xabardor bo'lishini, uni 
amalda joriy qilish yo'l va vositalarini talab darajasida o'zlashtirishini taqozo etadi. 
Bu masalalar, asosan, o'quv muassasalarida amalga oshiriladi. 
     Iqtisodiy  tarbiyaning  bosh  maqsadi  —  yoshlarda  iqtisodiy  savod-xonlikni, 
iqtisodiy ongni, iqtisodiy madaniyatni yuksaltirishdan iboratdir. Bu esa shaxsning 
kamol  topish  faoliyati  vositasida  aniq  iqtisodga  bog'liq,  nazariy  bilimlar  tizimini, 
shuningdek,  iqtisodiy  bilim,  ko'nikma  va  malakalar  majmuasi,  o'rganuvchining 


iqtisodiy  ongiga  bevosita  ta'sir  etishga  imkon  beruvchi  bosqichlarni  amalga 
oshirishdir. 
       O'quvchi-talabalar  bosqichma-bosqich  uzluksiz  ta'lim  jarayonida  iqtisodiy 
bilim  asoslarini  o'rganish  mobaynida  ularning  tafakkurlari  ham  shakllana  boradi. 
Ular  quyidagi  bilimlar  majmui  bo'lib  xizmat  qiladi:  shaxsning  ehtiyoj 
imkoniyatlarini  hisobga  olib,  aniq  reja  va  dasturlar  tuzib,  o'ziga  xos  uslub  va 
metodlar  asosida  amalga  oshirishda;  shaxsning  mustaqil  faoliyatida samarali o'rin 
tutadigan aniq iqtisodiy tushunchalarni; iqtisodning siyosat va bozor munosabatlari 
bilan  bogiiq  qonuniyat  asoslari  va  ulardan  amalda  foydalanish  yo'1-yo'riqlarini; 
mustaqil  faoliyat  ko'rsatishda  zarurbo'ladigan  barcha  iqtisodiy  bilim,  ko'nikma  va 
malakalar  majmuini  o'zlashtirishni;  hayotda  qaysi  sohani  tanlashidan  qat'i  nazar, 
ehtiyoj  darajasida  iqtisodiy  tayyorgarlikni  o'zida  shakllantirishni;  iqtisodiy  bilim 
asoslaridan  to'g'ri  va  maqsadga  muvofiq  holda  foydalana  olish  shaxs 
barkamolligini  belgilovchi  axloqiy  sifatlaridan  biri,  deb  qarashni;  iqtisodiy  bilim 
asosidan xabardorlikni o'z faoliyati davomida jamiyat va davlat iqtisodiy, huquqiy 
siyosati asosida namoyon etadi. 
      Bugungi  kundagi  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyot  ishlab  chiqarishning  ko'p  sonli 
tarmoqlari bilan bir qatorda, ma'rifat va madaniyat hamda iqtisodiy sohalarga, shu 
jumladan.  ijtimoiy-gumanitar,  iqtisodiy  bilimlar  doirasiga  ham  zamonaviy 
pedagogik texnologiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda. 
      Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish ilmiy 
muammo sifatida iqtisodiy yo'nalishdagi o'quv yurt-larida maxsus ilmiy tadqiqotlar 
olib borishni ko'zda tutadi. Bunda, eng avvalo, quyidagilarni aniqlash lozim: 
-  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalarni  ishlab  chiqish  va  amaliyotga  joriy  etish 
uchun ijtimoiy-pedagogik asoslar mavjudligini aniqlash; 
-  ta'lim  majmui  sifatida  nimani  anglatishi  va  qanday  tarkibiy  qismlardan  tashkil 
topganligini belgilash; 
-  pedagogik  texnologiyaning  funksional  majmui  jarayon  sifatida  nimalardan 
iboratligini aniqlash; 
-  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalar  «Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi» 
maqsadlariga  qay  darajada  to'g'ri  kelishi  va  uni  baholash  mumkinligini  ko'rsatib 
berish; 
- pedagogik texnologiyaning majmualar nazariyasining asosiy qonuniyatlariga 
mosligini nazoratda tutib turish yo'1-yo'rig'ini ishlab chiqish. 
      Shuni  aytish  lozimki,  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalar,  pedagogika 
ilmining  tadqiqot  obyekti  sifatida,  aniq  fanlarni  o'qitish  uslubi  bo'libgina  qolmay, 
balki  ijtimoiy-iqtisodiy  fanlarni  o'qitishga  ham  yangicha  yondashuv  sifatida  qayd 
qilinishi kerak. 
      Hozirgi  kunga  kelib,  jamiyatimiz  jadallik  bilan  taraqqiy  etib,  iqtisodiy  va 
siyosiy mavqei kundan-kunga ortib bormoqda. Biroq ijtimoiy sohada va, ayniqsa, 
ta'lim-tarbiya  jarayonida  umumiy  taraqqiyotdan  biroz  orqada  qolish  sezilmoqda. 
Bunday  noxush  vaziyatdan  chiqib  ketish  yo'llaridan  biri  ta'lim-tarbiya  jarayonini 
qabul qilingan davlat standartlari asosida texnologiyalashtirishdir. 
      Rivojlangan bir qator mamlakatlarda muvaffaqiyat bilan qo'llanilib kelayotgan 
ilg'or  pedagogik  texnologiyalarni  o'rganib,  xalqimizning  milliy  pedagogika 


an'analaridan  hamda  ta'lim  sohasining  shu  kundagi  holatidan  kelib  chiqqan  holda 
respublikamizning  milliy  pedagogik  texnologiyasini  yaratish  bugungi  kunning 
talabidir. 
       Hozirgi vaqtda ta'limni  axborotlashtirishda  asosiy yo'nalish  turli o'quv  fanlari 
bo'yicha  pedagogik  dastur  vositalarini  yaratishdan  iborat  bo'lib  qoldi.  Biroq 
mavjud  va  ishlab  chiqilayotgan  kompyuter  texnikasi  bazasidagi  pedagogik  dastur 
vositalari  o'qitish  nuqtai  nazaridan  ta'lim  sifatida  muhim  siljishlarga  olib  kelishi 
mumkin  emas.  Buning  sabablaridan  biri  kompyuter  texnologiyalarini  an'anaviy 
tashkil  etilgan  o'qitish  jarayoniga  joriy  etila  boshlanganligida  bo'lib,  o'z  mazmuni 
va metodi bo'yicha bu texnologiya aniq maqsadga yo'naltirilmagan. Shu munosabat 
bilan iqtisodiy ta'lim tizimiga axborot texnologiyalarini joriy qilish muammmo va 
istiqbollarini ko'rib chiqish favqulodda muhimdir. 
      Iqtisodiy  fanlarni  o'qitishda  innovatsion  pedagogik  texnologiyalarni  qo'llash 
orqali  uzluksiz  ta'lim  samaradorligini  oshirishga  alohida  e'tibor  berilayapti. 
Pedagogik texnologiyalar — ta'lim berish va zamonaviy axborot texnologiyalarini 
qo'llash 
yordamida 
talabalarning 
shaxsiy 
sifatlarini 
rivojlantirish 
va 
takomillashtirish  imkoniyatini  beruvchi  o'quv  vositalari  bo'lib,  u  o'ziga  xos 
didaktik va uslubiy asosga ega. 
     Iqtisodiy  fanlarning  o'qitilish  sifati  va  samaradorligini  oshirish  maqsadida, 
pedagogik  texnologiyalarni  zamonaviy  axborot  texnologiyalar  imkoniyatlari 
asosida  uch  turdagi  o'quv  mashg'ulotlariga,  ya'ni  ma'ruza,  amaliy  va  laboratoriya 
mashg'ulotlarining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda kompleks holda 
qo'llash tavsiya etiladi. 
    Iqtisodiy  fanlardan  o'rganilayotgan  materiallarning  o'quv  soatlari  miqdori 
hisobga olingan holda mavzu bloklariga ajratiladi, har bir ma'ruza mavzu blokiga 
2-8  o'quv  soati  oralig'ida  vaqt  ajratiladi  hamda  ushbu  mavzu  blokiga  mos  amaliy 
va  laboratoriya  mashg'ulotlari  mazmuni  va  hajmi  belgilanadi.  Bu  usulda  har  bir 
mavzuni  o'rganishdagi  ichki  izchillik  va  uzviylik  to'la  saqlanadi  va  talabalarda 
mavzuga  oid  malaka  va  ko'nikmalarni  to'laroq  va  maqsadliroq  shakllantirish 
imkoniyati kuchayadi. 
       Innovatsiya 
texnologiyalari 
o'qitish 
jarayonida 
yuqori 
malakali, 
raqobatbardosh  o'qituvchi  kadrlar  tayyorlash,  ularning  kasbiy  omil  korliklarini 
shakllantirish,  metodik  mahoratini  ko'tarish,  o'qituvchi-pedagoglarni  zamonaviy 
pedagogik texnologiyalar bilan qurollantirish oniili bo'lib qolmoqda. 
       Iqtisodiy  fanlarni  o'qitish  jarayonida  qo'llash  mumkin  bo'lgan  ba'zi 
birtreninglar  (texnologiyalarga)ga  tavsifnoma  berib,  ba'zilarini  o'tkazish  tartibi 
to'g'risida metodik tavsifnoma berib o'tamiz: 
     «TARMOQLAR»  metodi  -  o'quvchi-talabani  mantiqiy  fikrlash,  umumiy  fikr 
doirasini  kengaytirish,  mustaqil  ravishda  adabiyotlardan  foydalanishni  o'rgatishga 
qaratilgan. 
     «3x4»  metodi  -  o'quvchi-talabalarning  erkin  fikrlashi,  keng  doirada  turli 
g'oyalarni  bera  olishi,  ta'lim  jarayonida  yakka,  kichik  guruh  holda  tahlil  etib, 
xulosa chiqara olishi, ta'rif bera olishiga qaratilgan. 


     «BLITS-OYIN»  metodi  —  harakatlar  ketma-ketligini  to'g'ri  tashkil  etishga. 
mantiqiy  fikrlashga,  o'rganayotgan  predmeti  asosida  ko'p,  xilma-xil  fikrlardan, 
ma'lumotlardan kerakligini tanlab olishni o'rgatishga qaratilgan. 
    «INTERVYU» texnikasi - o'quvchi-talabalarga savol berish, eshita olish, to'g'ri 
javob berish, savolni to'g'ri tuzishni o'rgatishga qaratilgan. 
    «IERARXIYA»  texnikasi  —  oddiydan  murakkabga,  murakkab-dan  oddiyga 
o'tish  usullarini  qo'llash  orqali  ularni  mantiqiy,  tanqidiy,  ijodiy  fikrlashga 
o'rgatishga qaratilgan. 
    «BUMERANG»  texnikasi  -  o'quvchi-talabalarni  dars  jarayonida  ,  darsdan 
tashqarida  turli  adabiyotlar,  matnlar  bilan  ishlash,  o'rganilgan  materialni  yodida 
saqlab qolish, so'zlab bera olish, fikrini erkin holda bayon eta olish hamda bir dars 
davornida barcha o'quvchi-talabalarni baholay olishga qaratilgan. 
    «TALABA»  treningi  -  o'quvchi-talabalar  bilan  individual  holda  ishlash 
o'qituvchi  va  talaba  o'rtasidagi  to'siqni  yo'q  qilish,  hamkorlikda  ishlash  yo'llarini 
o'rgatishga qaratilgan. 
   «O'Q1TUVCHI  SHAXSI»  treningi  —  o'qituvchining  innovatsion  faoliyatini 
ochib  beruvchi  «0'qituvchi  shaxsiga  qo'yiladigan  talablar»  mavzusidagi  mustaqil 
fikrlashga, ijodiy insho yozish orqali fikrlarni bayon qilishga qaratilgan. 
«MULOQOT»  texnikasi  o'qituvchilarni  auditoriya  diqqatini  o'ziga  jalb  etish, 
dars  jarayonida  hamkorlikda  faoliyat  ko'rsatishga,  uni  tashkil  etishni  o'rgatishga 
qaratilgan. 
«BOSHQARUV»  texnikasi  o'qituvchilarni  auditoriyani  boshqa-rishdagi 
usullari  hamda  o'quvchi-talabalarni  ish  jarayonida  boshqarish  usullari  bilan 
tanishtiruvchi va shunga o'rgatishga qaratilgan. 

Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish