Ўзбекистон алоқа ва ахборотлаштириш агентлиги тошкент ахборот технологиялари университети “ахборот технологиялари” факультети


Pedagogik  texnologiya  tamoyillari



Download 1,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/81
Sana31.12.2021
Hajmi1,6 Mb.
#256523
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   81
Bog'liq
6OIK7nngJPR3g0p2PhwnDCu5NGKIk38phO7YuNKG

Pedagogik  texnologiya  tamoyillari.  Asosiy  tamoyil-pedagogik  texnologiyaning 
O'zbekiston  Respublikasida  t  a'limning  uchta  turi-umumiy  o'rta.  o'rta  maxsus, 
kasb-hunar va oliy ta'lim uchun yara-tilgan va amaliyotga joriy etilayotgan davlat 
ta'lim  standartlari  hamda  ta'limning boshqa  turlari uchun  tegishli  davlat  dasturlari 
va tala-blarini bajarishga yo'g'rilganligidir. Pedagogik texnologiya tamoyil-larining 
manbalari  ijtimoiy-ma'naviy  o'zgarishlar.  yangi  pedagogik-psixologik  evrilishlar, 
pedagogika-psixologiya  va  barcha  turdagi  fanlarning  integrativ  va  differensiativ 
rivojlanishi,  dunyo  pedagogika-si  va  milliy  (mahalliy)  pedagogikaning  boy  va 
ilg'or  tajribasi,  etnopedagogika(xalq  pedagogikasi)ning  tarixiy  va  zamonaviy 
merosidan kelib chiqadi. Pirovard natijada, pedagogik texnologiya pedagogikaning 
asosiy  («oltin»)  qoidasini  bajarishga,  ya'ni  ta'lim  va  tarbiyaning  birligini 
ta'minlashga  xizmat  qilishi  lozim.  Bunda  izchil-lik,  maqsadlilik,  umumiylik  kabi 
tamoyillar  bilan  bir  qatorda  pedagogik  texnologiyaning  ijtimoiy,  falsafiy, 
metodologik.  didaktik,  pedagogik,  psixologik,  fiziologik,  gigienik,  mafkuraviy, 
huquqiy-me'yoriy,  iqtisodiy,  tarixiy,  nazariy  va  amaliy  asoslari  ham  baravariga 
qatnashadi. O'qituvchi va o'quvchining munosabatiga daxldor tamoyillarning amal 
qilishi  esa  o'quv  jarayonining  sifat  va  samara-dorligini  ta'minlashning  qudratli 
omilidir. 
        Pedagogik  texnologiyaning  barcha  tamoyillari  o'zaro  aloqadorlikda  va  bir-
birini taqozo etgan holda amal qiladilar. 
        Pedagogik  texnologiyaning  o'qituvchi  (tarbiyachi)  tomonidan  o'qitish 
(tarbiya) vositalari yordamida o'quvchilarga ta'sir ko'rsatish va bu faoliyat mahsuli 
sifatida  ularda  oldindan  belgilab  olingan  shaxs  sifatlarini  shakllantirish  jarayoni 
desa bo'ladi. 
          Pedagogik  texnologiya  amaliyotga  joriy  etish  mumkin  bo'lgan  ma'lum 
pedagogik tizimning loyihasi bo'lib hisoblanadi. 


          Pedagogik  texnologiya-ta'lim  texnologiyasi,  yangi  pedagogik  tajriba,  yangi 
pedagogik  texnologiya.  axborot  texnologiyasi,  yangi  tajriba,  novator  o'qituvchilar 
tajribasi,  ta'lim  metodlari,  tarbiya  metodlari  kabi  tushunchalarni  qamrab  olishi 
bilan  birgalikda  ta'lim  jarayonida  oldinga  qo'yilgan  maqsadga  erishishning  yo'li, 
o'ziga xos instrumentariy bo'lib hisoblanadi. 
        Demak, pedagogik texnologiya didaktik vazifalarni samarali amalga oshirish, 
shu sohadagi maqsadga erishish yo'li, 
        Pedagogik  texnologiya  va  o'qitish  texnologiyasi  o'zaro  bog'liq  bo'lishi  bilan 
birga farq qiluvchi tomonlari ham mavjud. 
       Pedagogik  texnologiya  ta'lim-tarbiyajarayonining  hamma  sohalarini  qamrab 
oluvchi  yaxlit  tizim  boisa,  o'qitish  texnologiyasi  ma'lum  fanlarni  hozirgi  didaktik 
talablar asosida o'qitishning yaxlit tizimini tashkil qiladi. 
      Ularning o'zaro bog'liqligi «Ta'lim to'g'risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash 
milliy  dasturi»  talablari  asosida  ishlab  chiqilgan  dav-lat  ta'lim  standartlarida  o'z 
ifodasini topgan. 
1.  Yangi  pedagogik  texnologiyaning  metodik  asoslari  davlat  ta'lim  standartlari 
bolib  hisoblanadi.  Davlat  ta'lim  standartlarida  talaba  (o'quvchi)  egallashi  lozim 
bo'lgan  bilim,  ko'nikma,  malakalar  mezoni  belgilab  berilgan.  Bilim,  ko'nikma  va 
malakalar DTS talab-laridan past bo'lmasligi kerak. 
2.  Pedagogik  texnologiya  va  o'qitish  texnologiyalarining  maqsadi  bitta-  ijodiy 
tafakkur  sohibini  yetishtirishdan  iborat.  Bu  maqsad-davlat  ta'lim  standartlarining 
bosh  talabidir.  Ta'lim  jarayonidagi  har  bir  texnologiya,  berilgan  topshiriqlar 
o'quvchining ijodiy fikrlashiga va ijodiy rivojlanishiga olib kelsin. Shunday vaziyat 
yaratish  kerakki,  o'quvchi(talaba)  o'z  xohishi  bilan  izlansin,  tafakkurini  rivojlan-
tirsin, intilsin, unda fanni egallashga qiziqish uyg'onsin. 
3.  Har  bir  mashg'ulotda  beriladigan  topshiriqlar  umumiy  vaqtning  20-25%  ini 
egallasin,  o'quvchining  ijodiy  tafakkur  asosida  ish  olib  borishi  esa  vaqtning  70-
80%    miqdoriga  to'g'ri  kelsin.  O'quvchi  ko'proq  amaliy  bilimlarni  egallasin  va 
undan nazariy xulosalar chiqara olsin. 
4. O'qitish texnologiyasida bilim berish, bilim olish usulini tan-lash va o'rganishga 
katta  ahamiyat  berish,  bilim  olishning  bahs  munozara  asosida  amalga  oshishini 
ta'minlash. 
5.  O'qitish  usuli-texnologiyasi  yangi  pedagogik  texnologiyalarning  asosi  bo'lib 
hisoblanadi. 
6.  Ta'lim  jarayonida  darslarni  bahs-munozara,  seminar,  o'yinlar,  disputlar, 
quvnoqlar  va  zukkolar  musobaqasi  tarzida  va  har  xil  teatrlashgan  vaziyatlar 
shaklida  tashkil  etish,  ya'ni  ta'limda  tabaqalash-tirilgan  yondashuvni  amalga 
oshirish lozim. 
7. Ta'lim jarayonining tayanch bilimlarni amaliyotga tatbiq etib, rivojlantirib 
borish asosida va tizimli tarzda tashkil etilishi yangi pedagogik texnologiya va 
o'qitish texnologiyalarining uzviyligini ta'minlovchi - lokal (bitta yo'nalish) 
holatining samara berishiga olib keladi. 
       Hozirgi ilmiy-texnik taraqqiyot asrida ta'limni texnologiyalash-tirish oldiga bir 
qator vazifalar qo'yilgan. 


       Har  bir  dais  ta'lim  beruvchi,  tarbiyalovchi  va  rivojlantiruvchi  maqsadlarni 
ko'zda tutib amalga oshiriladi. 
       O'quv jarayonida motivatsiya, bilish faoliyati, boshqarish fa-oliyati kabi o'ziga 
xos texnologik vazifalar mavjud: 
1.  Motivatsiya  -  o'quvchilar  diqqatini  tortish,  ichki  tuyg'u-istak,  zaruratni 
shakllantirishdir.  O'quv  jarayonida  o'quvchi  va  o'qituvchi  uchun  ham  asosiy 
harakatlantiruvchi kuch-ichki motivatsiya bo'lishi kerak. 
2.  Bilish  faoliyatida  e'tiborni  asosan  quyidagilarga  qarata  borish  kerak: 
o'quvchilarda  tashabbuskorlik,  mustaqillik,  bilimlarni  puxta  o'zlashtirish  istagini 
paydo  qilish.  zarur  malaka  va  ko'nikmalarni  hosil  qilishga  moyillik  tug'dirish, 
tafakkur rivojiga jiddiy e'tibor qara-tish vah.k.. 
      Boshqarish  faoliyatining  vazifalari  berilayotgan  bilim,  ko'nikma  va  malakalar 
tizimini  tashkil  etish  bilan  bog'liqdir.  Darsda  qo'llanilayotgan  texnologiyalarga 
ularning monitoringi asosida va pirovard natijasi orqali baho beriladi. 
      Pedagogik 
innovatsiya-ta'limga 
yangiliklarni 
kiritishdir. 
Boshqarishda 
pedagogik innovatsiyaga rioya qilmoq zarur. 
      Pedagogik  texnologiya  esa  dinamikjarayonlarning  in'ikosi  sifatida  rivojlanadi, 
takomillashadi va vaqt mezonida boyib boradi. 
 

Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish