Ўзбекистон алоқа ва ахборотлаштириш агентлиги тошкент ахборот технологиялари университети “ахборот технологиялари” факультети



Download 1,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/81
Sana31.12.2021
Hajmi1,6 Mb.
#256523
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   81
Bog'liq
6OIK7nngJPR3g0p2PhwnDCu5NGKIk38phO7YuNKG

«Skarabey» texnologiyasi 
 
        «Skarabey»  interfaol  texnologiya  bo'lib,  u  o'quvchi-talabalarda  fikriy 
bog'liqlikni  kuchaytiradi,  mantiq  va  xotiraning  rivojlanishiga  imkoniyat  yaratadi. 
Talabalarda muammoni hal qilishda o'z fikrini ochiq va erkin ifodalash mahoratini 
shakllantiradi. Mazkur texnologiya mustaqil ravishda bilimning sifati va saviyasini 
xolis baholash, o'rganilayotgan mavzu haqidagi tushuncha va tasawutiarni aniqlash 


imkonini  beradi  hamda  turli  g'oyalarni  ifodalash  va  ular  orasidagi  bog'liqliklarni 
aniqlashga imkon yaratadi. 
     «Skarabey»  texnologiyasi  o'quvchi-talabalar  tomonidan  oson  qabul  qilinadi, 
chunki  u  faoliyatning  fikrlash,  bilish  xususiyatlarini  inobatgaolingan  holda  ishlab 
chiqilgan. U talabalar tajribasidan foydalanishni ko'zda tutadi, faol ijodiy izlash va 
fikriy  tajriba  o'tkazish  imkoniyatlariga  ega.  «Skarabey»  texnologiyasi  alohida 
ishlarda, kichik guruhlardava mashg'ulotlar o'tishjarayonida qoilanilishi mumkin. 
     «Skarabey» texnologiyasidan o'quv materiauning turli bosqichlarini o'rganishda 
foydalaniladi: 
- boshida-o'quv faoliyatini rag'batlantirish sifatida («Aq]iy hu-jum»); 
- mavzuni o'rganish jarayonida-uning mohiyati, tuzilishi va maz-munini belgilash; 
- ular orasidagi asosiy qismlar, tushunchalar, alo-qalar xarakterini aniqlash;  
-mavzuni yanada chuqurroq o'rganish, yangi jihatiarini ko'rsatish; 
- oxirida-oiingan bilimlarni mustahkamlash va yakunlash maq-sadida. 
      Mazkur 
texnologiyaning 
ayrim 
afzalliklari 
sifatida 
idrok 
qilishni 
yengillashtiruvchi chizma shakllardan foydalanishni ko'rsatish mumkin. 
      Ta'limdan  tashqari  «Skarabey»  texnologiyasi  tarbiyaviy  xarak-terdagi  qator 
vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi: 
- o'zgalar fikriga hurmat;  
-jamoabilan ishlash mahorati; 
-imkoniyatni ko'rsatish ehtiyoji; 
- xushmuomalalik; 
- ishga ijodiy yon dash ish; 
- o'z qobiliyati va imkoniyatlarini tekshirishga yordam beradi; 
- «men»ligini ifodalashga imkon beradi; 
- o'z faoliyati natijalariga mas'ullik va qiziqish uyg'otadi. 
     Psixotexnik o'yinlar didaktik o'yinlarning o'ziga xos xususiyatiga 
ega bo'lgan turi hisoblanadi. Bu o'yinlar o'quv jarayonida kerak bo'luvchi malaka, 
xotira,  fikrlash,  diqqat  vatasawur  kabilami  shakllantiruvchi  o'qitish  usuli 
hisoblanadi.  Psixotexnik  o'yinlar  ko'proq  o'quvchi-talabaiarni  bilim,  ko'nikmava 
malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. 
     Innovatsion  texnologiyalar  bo'yicha  mutaxassislar  tomonidan  ynqoridagi 
texnologiyalar  tavsiya  qilingan.  Bu  faoliyatning  turli  yo'nalishian  bo'yicha 
bajariladigan ishlar quyidagicha tashkil etiiadi: 
- oliy maktab o'qituvchilarini yangi pedagogik texnologiyalarga o'qitish; 
- ta'lim muassasalarining fan o'qituvchilarini o'qitish; 
- ta'lim muassasalarining ayrim toifadagi rahbar kadrlarini o'qitish; 
- akademik guruhlar murabbiylarini tarbiyaviy texnologiyalarga o'qitish. 
     Shu  yo'nalishlar  bo'yicha  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalar  ishlab  chiqish, 
texnologik  xaritalartuzish,  tarqatma  materiallar  tayyorlash  va  ulardan  amaliyotda 
foydalanish  lozim.  Bunday  faoliyatda  ko'chnia  seminarlar  ham  amalga  oshiriladi. 
Ko'chma  seminarlarni  tayyorlash  va  o'tkazishda  harbir  o'quv  yurtining  o'quv-
tarbiya jarayoni xususiyatiaridan keiib chiqqan holda dastuilnr yaraiiladi. 
     Bugungi  kunda  Oliy  va  o'rla  maxsus  o'quv  yurtlari  ta'lim  sohasida  iqtisodiy 
fanlarni o'qitish, iqtisodiy ta'lim-tarbiya, o'zlashtirilgan iqtisodiy bilimlar darajasini 


zamonaviy  pedagogik  texnologiyalarga  suyangan  holda  tashkil  qilish,  baholash, 
iqtisodiy  fanlar  bo'yicha  yangi  o'quv  dasturlarini  yaratish  muhim  muaminolardan 
biridir.  Shuo'rinda  aytish  kerakki,  iqtisodiy  tarbiya  tizimini  ishlab  chiqishda 
uziuksizlik,  yaxlitlik  va  bog'liqlikni  ta'minlovchi  «bosqichli  ta'lim»  konsepsiyasi 
tavsiya  etildi.  Konsepsiya  negizida  maktabgacha  ta'lim  sohasida  o'zlashtiriigan 
elementar  iqtisodiy  ta'lim-tarbiyadan  to  iqtisodiy  madaniyatlilik  darajasigacha 
bo'lgan  jarayon  qamrab  olinadi.  Bu  jarayon  tarbiyalanuvchilarga  iqtisodiy 
tayyorgarlik,  iqtisodiy  tafakkur,  fikrga  egalik,  iqtisodiy  ong  va  iqtisodiy 
madaniyatlilik kabi sifatlarni yelkazishni talab qiladi. 
          Ma'lumki,  bilimlarni  nazorat  qilish  hamda  baholashning  reyting  tizimiga 
o'tilguniga  qadar  o'quv  jarayoni  faqal  o'qituvchi  (pedagog)ning  mahoratiga 
asoslangan bo'lib, bilim olishni o'quvchi-talabaning faoliigi, ijodiy mehnati asosida 
tashkil etisliga imkon ber-mas edi. berilayotgan bilimlar miqyosi oshib borayotgan 
bo'lsa  ham, o'quvchi-talabaning  bu  bilimlarni  o'zlashtirish  darajasi  talab  doirasida 
emasedi. Bu hoi ta'lim jarayoniga o'quvchi-talabaiarni birxii uzluksiz 
bilim  olishga  undaydigan,  ular  olgan  bilimlarni  jahon  talablari  dara-jasiga 
yetkazish  imkonini  beradigan  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalar  va  ta'lim 
uslublarini  joriy  qilishni  taqozo  etdi.  Shu  maqsadda  oliy  ta'limdan  so'ng,  o'rta 
maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimida ham bilimlarni nazorat qilish va baholashning 
reyting amaliyotiga o'tildi. 
          Reyting  tizimida  iqtisodiy  bilimlarni  ko'p  bosqichli  nazoratini  amalga 
oshirish  va  baholashda  asosiy  uslublardan  biri  to'g'ri  tuzilgan  testlardan 
foydalanishdir.  Test  sinovlarini  ishlab  chiqishda  uslubiyot  didaktik  testologiya 
nazariyasini tashkil etadi. 
           Xulosa qilib aytganda, bugungi yoshlarimizni iqtisodiy tarbiyalangan, ta'lim 
olgan,  iqtisodiy  savodxonlik  va  tayyorgarligi  davr  talabi  darajasida  bo'lgan, 
iqtisodiy  tafakkuri  va  ongi  yuksak,  barkamol  insonlar  qilib  tarbiyalash 
muammosiga  har  tomonlama  amaliy  va  nazariy  yordam  berish  har  bir  ziyoli 
fuqaroning burchidir. 

Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish