Miloddan avvalgi IV asr, Yepidavr.
150 ming tomoshabinga mo’ljallab qurilgan yunon teatri.
Amfiteatrli zalda hamma tomoshabinlar parter va amfiteatrda, ya’ni sahna yuzasidan uncha baland bo’lmagan tekislikda joylashtiriladi. Tomoshabinlarni joylashtirish va evakuatsiya qilish bu holda uncha qiyinchilik tug’dirmaydi.
Tomoshabin zalining maqbul (optimal) yuzasi: bir tomoshabinga 0,65 m2, havo hajmi bir tomoshabinga – 4,5-5 m3 — drama, 5-6 m3 –musiqali teatr uchun (bu hisobga orkestr egallagan chuqur hajm ham kiradi.)
Tomoshabin va sahna xonalari. Tomoshabin kompleksi tarkibidagi xonalar tomosha boshlanguncha odamlarni ruhan spektaklga tayyorlash uchun xizmat qiladi. Sahna xonalari esa spektaklni tayyorlashga xizmat qiladi.
Tomoshabin xonalarini kirish va kassa vestibyullar, asosiy vestibyul, kiyinib-yechinadigan xona, taqsimlovchi foye, tamaddixona, teatr ma’mu-
riyati xonasi tashkil etadi. Vestibyul, foye, kuluarlarning o’zaro qanday joylashtirganligi va ularning tarxi qanday tuzilganligi tomoshabin kompleksining fazoviy strukturasini yaratishda muhim rol o’ynaydi. Foyelar tomoshabin zaliga bog’liq bo’lgan, lekin unga nisbatan alohida joylashgan xonalardir.
Sahna xizmatidagi xonalarni shunday loyihalash va jihozlash zarurki, spektaklni tayyorlash va sahnaga qo’shish uchun yetarli shart-sharoitlar bo’lishi kerak.
Bunday vazifani spektaklni sahnalashtiruvchi va teatr ishlab chiqarish xo’jaligining ijodiy jamoalari amalga oshiradilar. Shuni hisobga olgan holda sahna xizmatidagi xonalarni ikki guruhga ajratish mumkin: birinchisi — spektaklni sahnaga qo’yilishini ta’minlovchi xonalar: ikkinchisi — ishlab chiqarish ustaxonalari va ularga tegishli bo’lgan omborlar hamda texnik jihozlangan xonalar.
Aktyorlarning yon sahnalar, arerssena va sahna maydonidagi dekorat-siyalarni cheklab o’tib bevosita o’yin maydonchasiga chiqa olishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shularni hisobga olgan holda sahnaga chiqish oldidan aktyorlar uchun kutish xonalari quriladi.
Orkestr odatda prossenium ostiga — qisman o’yib kiritilgan portal oldidagi chuqurga joylashtiriladi. Ishlab chiqarish ustaxonalarini teatr binosiga to’g’ri joylashtirish uchun dekoratsiyalar tayyorlash va sahnaga olib chiqish jarayonidagi texnologik sikllarni hisobga olish kerak.
Hajmiy dekoratsiyalar tayyorlashning dastlabki sikli duradgorlik ustaxonasida boshlanadi. Bu yerda yuzasi o’yin maydonchasiga va balandligi portal bo’yiga teng bo’lgan katta hajmdagi qurilmalar, maydonchalar va dekoratsiyalarning sinchlari tayyorlanadi hamda mustahkamligini sinash maqsadida ular oldindan montaj qilib quriladi.
Ikki sababga binoan o’ralgan holdagi rang tasvirlarni, dekoratsiyalarni bevosita sahnaga olib chiqish zaruriyati hamda kattaligi (12 m dan kam bo’lmagan) butaforiya va rangtasvirlar dekoratsiya ustaxonalarini teatr binosiga joylashtirishda ikki usul kelib chiqadi: tomoshabin zali ustiga va arerssena ustiga joylashtirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |