Mavzu: Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani “San’at maktabi”
loyihasi
ARXITEKTURAVIY REJAVIY QISM
SAN’AT MAKTABLARI HAQIDA MA’LUMOT
SAN’AT MAKTABINING TOMOSHALAR ZALI
SAN’AT MAKTABI O’QUVCHILARI SALOHIYATINI OSHIRISHGA XIZMAT QILADIGAN IJODIY TO’GARAKLAR
MA’MURIY ZONA
KONSTRUKTIV HISOBLASH QISMI
IQTISODIY HISOBLASH QISMI
HAYOT FAOLIYATI HAVFSIZLIGI QISMI
YONG’IN CHIQQANDA QILINADIGAN AMALIY ISHLAR
XULOSA
INTERNET MA’LUMOTLARI
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
ARXITEKTURAVIY-REJAVIY QISM
SAN’AT MAKTABI
San’at maktabi –eng so’ngi tipdagi jihozlar va texnikalar bilan jihozlangan, yangi tipdagi, o’zgacha arxitekturaviy yechimga ega zamonaviy bino. Unda bugungi kun, kelajak yoshlari uchun barcha qulayliklar, shart-sharoitlar, imkoniyatlar yaratilgan.
San’at maktabi sobiq ittifoq davrida shahar va qishloqlarga mo’ljallab loyihalangan va qurilgan ko’p funksiyali klublar, madaniyat uylari va saroylariga juda o’xshab ketadi. Faqat klub va madaniyat uylari katta yoshdagi barcha fuqarolar uchun mo’ljallangan bo’lsa, Yoshlar ijod markazi ijodning biron bir turi bilan shug’ullanishga moyil 6 yoshdan 25-30 yoshgacha bo’lgan yoshlarga mo’ljallangan. San’at maktabi 3 asosiy zonadan, ya’ni: 1. Katta tomosha zali; 2. Yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishga mo’ljallangan ijodiy to’garaklar zonasi; 3. Ma’muriy zonalardan tashkil topadi. Biz loyihalayotgan 2 qavatli San’at maktabi Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumaniga mo’ljallangan bo’lib, markaz quyidagi:
Shahar va tuman yoshlarining barcha turdagi tadbirlarini o’tkazish;
Yoshlarning aktyorlik va xoreografik iste’dodlarini shakllantirish;
Yoshlarning tasviriy va fotografiya san’atlariga bo’lgan iqtidorlarini shakllantirish;
hunarmandchilik sohalariga bo’lgan qiziqish va iqtidorlarini oshirish;
kompyuter savodxonligi va kompyuter grafikasiga bo’lgan qiziqishlarini oshirish va o’rgatish;
xorijiy tillar, jumladan ingliz tilini mukammal o’rgatish;
Yoshlarning sport turlari, shaxmat-shashkaga bo’lgan qiziqishlarini oshirish va ularning sog’lom turmush tarzini shakllantirish;
Dizaynning ommaviy turlari: liboslar dizayni, pardalar dizayni, soch turmaklash dizayniga bo’lgan qiziqishlarini oshirish va ularni mukammal o’rgatish;
Shahrisabz an’anaviy qandolatchiligini davom ettirish va uni san’at darajasiga ko’tarish;
Yoshlar shu yerda bajarilgan san’at asarlari taqdimotlarini o’tkazish va ularni ko’rgazma qilish;
Yoshlar intellektual salohiyatini oshirishning yangi pedagogik va texnologik jihatlarini ilmiy-uslubiy jihatdan o’rganish va tadqiqotlar natijalarini yoshlar hayotiga joriy qilish, ya’ni uslubiy qo’llanmalar, ko’rgazmali plakatlar va tarqatma materiallar tayyorlash bo’yicha shug’ullanadigan pedagog-ustozlar uchun shart-sharoitlar yaratish kabi soha va xizmatlar doirasini o’z ichiga oladi.
Bundan tashqari Yoshlar ijod markazining katta zalida:
turli forumlarning tuman bosqichlarini o’tkazish;
“Tashabbus”, “Yil ayoli”, “Balli qizlar”, “Quvnoqlar va zukkolar” kabi tanlovlar tuman bochqichlarini o’tkazish;
Turli konsertlar, Xalq ansambllari va teatrlari, Folklor ishtirokchilarining chiqishlarini o’tkazish;
Xalq-xo’jaligi borasidagi turli anjuman va tadbirlarni o’tkazish;
Tuman yoshlari yoki shu joyda shug’ullanayotgan yosh iste’dod egalarining buyuk shaxslar: xalq artistlari, ko’zga ko’ringan shoir va yozuvchilar, rassom va hunarmandlar, fan va davlat arboblari bilan uchrashuvlarini tashkil etish va o’tkazish mumkin.
San’at maktabining Ko’rgazmalar zalida:
xalq artistlari, ko’zga ko’ringan shoir va yozuvchilar, rassom va hunarmandlarning “Mahorat darslari” (“Master-klass”) shaklidagi ekstern darslarini grafik asosida muntazam tashkil etish;
tuman va shahar iste’dodli yoshlarining hamda markazda shug’ullanayotgan yoshlarning badiiy va tasviriy ijodlari namunalarini grafik asosida muntazam ko’rgazma qilib borish;
buyuk shoir va yozuvchilar, rassom va hunarmandlar ijodi, turli tarixiy shaxslar va shaharlarning yubileylariga bag’ishlab chiqarilgan kitoblar va albomlarning hamda yoshlarning ijodiga bag’ishlangan risolalarning taqdimotlarini o’tkazish;
yoshlar markazida shug’ullanayotgan iste’dodlarning mini-chiqishlarini, tayyorlagan liboslar taqdimotlarini o’tkazish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |