Tomoshabin zalining texnologik jihatdan bog’liqlik
sxemasi.
Sahna eni tomosha maydoni kengligi yoki tomoshabin o’rindiqlarini, dekoratsiyalarni, yoritish vositalarini joylashtirish va spektaklni bemalol sahnalashtirish uchun etarli bo’lgan kenglikdan kelib chiqadi. Portal eni va uning yon bo’shliqlari ham shu kenglikka asosan tashkil topadi. Odatga ko’ra sahna eni kamida portal tuynugi enidan ikki baravar
ortiq bo’lishi kerak.
Sahna balandligi fon bezaklari va hajmiy dekoratsiyalarni bir necha qavat balandlikda joylashtirish imkoniyatini yaratib berishi zarur. Zalning eng to’rida joylashgan dekoratsiyalarning maksimal balandligi ularning ustki qismini zal o’rtasidan ko’rish mumkin bo’lgan darajada belgilanadi va odatga ko’ra u portal balandligidan bir yarim baravar ortiq bo’ladi. Chunki, sahna qoidasiga binoan, dekoratsiyalarni almashtiruvchi
qurlmalar - kolosniklar va ko’targichlar bilan jihozlangan bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |