‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. Razzoqov, sh. Tashmatov, N. ‘R m 0N 0y iqtisodiy ta’limotlar tarixi



Download 40,17 Kb.
Pdf ko'rish
bet43/184
Sana11.03.2023
Hajmi40,17 Kb.
#918013
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   184
Bog'liq
61aef8397723d3.50813536

U.Stafford, 
Italiyada
G.Skaruffi 
va boshqalardir. Masalan, florensiyalik (Italiya) bankir


B.Divanzetti 
(1529-1606) pul (chaqa)ni iqtisodiy organizmning qoniga 
o'xshatadi, demak, agar chaqa (pul) bo'lmasa (qon kabi), organizm 
o'ladi. Kapitalizmning o'sishi, savdoning rivoji tufayli bu siyosat o‘zini 
oqlamadi (XVII asrdan boshlab XVIII asrgacha), pul balansi siyosati 
savdo balansi siyosati bilan almashdi. Bunda davlatdan pul olib chiqishga 
ruxsat berildi.
Rivojlangan merkantilizm yoki savdo balansi nazariyasi XVI asming 
ikkinchi yarmida paydo bo'ldi va XVII asming o‘rtalarida asosan Angliyada 
avj oldi. Uning asosiy mafkurachisi 
Tomas Mann 
(1571-1641) edi. 
Uning fikricha, pul tashqi savdo aylanmasida boshlang‘ich maskantni 
tashkil etadi, ya’ni P-T-P. T. Manning fikricha, har bir savdo kapitalisti 
o‘z pulini ma’lum foyda olish uchun aylanmaga qo'yadi. Tovar, pul, 
foyda va kapital orasidagi aloqadorlikning sababini topishga harakat qilingan. 
U Makedoniya podshosi 
Filipp Makedonskiymng «Kuch natija bermagan
joyda pulni ishga solish kerak»
degan iborasini yaxshi ko‘rgan.
Savdo balansini oshirish uchun ishlab chiqarish harajatlarini 
kamaytirishga e’tibor berildi, bunda birinchi navbatda yollanma 
ishchilaming ish haqini cheklash va umuman, xalqning turmush 
darajasini pasaytirish kerak, deb topildi. Ish haqini cheklash zarurligi 
g‘oyaviy asosda hal etildi. T.Mann yozishicha, «mo‘l-ko‘lchilik va kuch 
xalqni qanchalik buzsa, ehtiyojsiz qilib qo‘ysa, qashshoqlik va muhtojlik 
uni shunchalik aqlli va mehnatsevar qiladi» emish. Bu albatta, savdo 
kapitali xodimlari har qanday yo‘l bilan imkoni boricha ko'proq boyishi 
uchun yo‘l ochib berish, demakdir. XV-XVII asrlarda merkantilizm 
g‘oyalari (pul to‘plash siyosati, proteksionizm, xo‘jalik faoliyatini davlat 
tomonidan tartibga solish va boshqalar) Yevropaning deyarli barcha 
mamlakatlarida, Portugaliyadan to Maskoviyagacha yoyildi. Fransiyada 
bu g‘oya XVIII asming ikkinchi yarmida moliya vaziri Kolber tomonidan 
rivojlantirildi. Fransiyada sudxo'rlikning rivojlanishi shu siyosat bilan 
chambarchas bog'liq, uning ta’siri asrlar davomida saqlanib qoldi va 
milliy xususiyat kasb etdi (P-P). Italiya iqtisodchilari ham (ASerra) bu 
ta’limotni keng tadqiq etdilar. Agar inglizlarda bu ta’Iimot ko'proq «savdo» 
bilan bog'liq bo‘lsa, italiyaliklarda u ko‘proq «pul», «chaqa» shaklida 
namoyon bo‘lgan. Germaniyada merkantilizm kameralistika shaklida 
bo'lib, XIX asr boshlarigacha rasmiy iqtisodiy doktrina edi.
Ammo merkantilizmning iqtisodiy g‘oyalari va uning nazariy asosi 
Angliyada ishlab chiqildi. 0 ‘z davri uchun bu ta’Iimot ancha ijobiy 
voqea bo'ldi.


Nima uchun «boylik», ya’ni iste’mol qilinayotgan va jamlanayotgan 
boyliklar (ya'ni iste’mol qiymatlari) bir mamlakatda boshqasinikidan 
tezroq o‘sadi?
Korxona, ayniqsa, davlat miqyosida boylik tezroq ko‘payishi uchun 
nima qilish mumkin va zarur? degan savol tug‘iladi. Merkantilistlar 
shu savolga javob berishga urindilar.
Davr taqozosi tufayli sanoat hali feodalistik, aniqrog‘i kapitalizmgacha 
bo‘lgan shaklda edi va sanoat kapitali hali yetakchi emas edi, asosiy 
kapital savdoda to‘plandi. Shu davrda Ost-Indiya, Afrika va boshqa 
koloniyalarning asosiy maqsadlari savdo bilan bog‘liq edi. «Milliy 
boylikka» asosan va ko‘proq savdo kapitali sifatida qaralgan va asosiy 
iqtisodiy kategoriya - almashuv qiymatiga katta e’tibor berilgan.
Arastu, Ibn Xaldun va boshqa olimlarga tegishli bo‘lgan ekvivalent 
(teng) almashuv tamoyili merkantilistlarga yot edi. Aksincha, ulaming 
fikricha, almashuv tabiatan tengsiz noekvivalentdir. Bu g‘oyaning kelib 
chiqishi tarixan bo‘lib, ular almashuv deganda birinchi navbatda tashqi 
savdo almashuvini tushunishgan, ayniqsa rivojda ortda qolgan xalqlar va 
mustamlakalardagi almashuv oldindan teng bo‘lmagan.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, boshqa yo'nalish (Arastu), o‘rta 
asrdagi tadqiqotchilardan farqli ravishda merkantilistlar qiymatning 
mehnat nazariyasini rivojlantirmadilar. Ulaming fikricha, kapitalning 
o‘sishi va jamg‘arilishi almashuv tufayli, ayniqsa, tashqi savdo tufayli 
ro‘y beradi, lekin ular ko‘p masalalami to‘g‘ri hal etishga intilganlar.
Merkantilizm bu davrda xalq manfaatlaridan yiroq siyosatni olib 
borayotganligi ochiqdan-ochiq ma’lum bo‘lib qoldi.
Ba’zi bir ingliz mualliflari, masalan J.Chayld, U.Teml boshqacha 
yo‘l, ya’ni ssuda kapitali miqdori (foiz)ni kamaytirishni taklif etgan. 
Merkantilistlaming g‘oyalari buijua siyosiy iqtisodining awalgi davr 
qarashlarini aks ettiradi, chunki ular asosiy e’tibomi muomala sohasiga 
qaratgan edilar (boylik asosan ishlab chiqarish sohasida yuzaga keladi, 
buni keyinroq ko‘ramiz). Merkantilizm turli davlatlarda asosiy sohalarda 
bir xil namoyon bo‘lsa ham, o‘ziga xos milliy xususiyatlarga ham ega.
Kapitalistik ishlab chiqarishga imkoni boricha ko‘proq aholini jalb 
etish muhim deb hisoblangan, chunki real ish haqi past bo‘lgan 
sharoitda foyda kelishi oshadi va kapital jamg‘arilishi tezlashadi.
Merkantilizm ta’Iimot sifatida ham, iqtisodiy siyosatdagi yo‘nalish 
sifatida ham turlicha edi: eskirayotgan feodal munosabatlaiga qarama-


qarshi va yangi buijuaziyani qo‘llash orqali o‘z davri uchun progressiv 
bo‘lgan ilk kapitalizrnning shakllanishiga yaxshi imkoniyat yaratdi. Ammo 
Fransiyada Ludovik XIV («Davlat bu men» degan) va Kolber tomonidan 
manufakturalami ko‘paytirish usuli milliy sanoatni rivojlantirish uchun 
emas, absolutizmni mustahkamlash, qirol xonadonining sarf-xarajatlarini 
qoplashga qaratildi. Germaniyadagi kameralistlar ham mavjud hokimiyatni 
qo‘llash, aholini esa ularga so'zsiz bo‘ysundirishga harakat qildilar.
Merkantilizm bilan birga 

Download 40,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish