Asosiy tushuncha va iboralar
Iqtisodiyotni boshqarish (Devoni buzruk va devon), vazirlar vakolati,
yer egaligining 5 ko‘rinishi, ulufa (oziq-ovqat, maosh), soliqqa tortish
tartibi, tanho, Ulug‘bek islohotlari, «Fulusi adliya» tashqi savdoga
e’tibor, tamg‘a bojidagi o'zgarishlar, ANavoiyning «Vaqfiya» (1482),
«Mahbub-ul qulub» (1500) asarlari, Zahiriddin Muhammad
Bobuming «Mubayyin», «Zakot to‘g‘risida asar» kitoblari, «Hiroj»,
«Muqassam», «Muvazzar».
Nazorat va mulohaza uchun savollar
1. Amir Temur davlatining ilmiy qonun-qoidalari qaysi asarda
keltirilgan?
2. Amir Temur davrida davlatni boshqarish tartibi qanday bo‘lgan?
3. Amir Temur davridagi soliq tizimi va maoshni belgilashning
xususiyatlarini so'zlab bering.
4. Ulug‘bek davridagi islohotlar qaysi sohani barqarorlashtirishga
qaratilgan?
5. Alisher Navoiy asarlaridagi iqtisodiy g‘oyalaming mohiyatini
gapirib bering.
6. Alisher Navoiyning «Vaqfiya» asarida qanday iqtisodiy g‘oyalar
bayon etilgan?
7. Zahiriddin Muhammad Bobuming iqtisodiy g‘oyalari qaysi
asarlarda bayon etilgan?
8. «Akbamoma»da qanday iqtisodiy g‘oyalar ilgari surilgan?
9. «Fulusi adliya» deganda nima tushuniladi va u qaysi davrga te-
gishli?
10. A.Navoiy boylik to‘plashning qanday yo'llari to‘g‘risida gapir-
gan?
V b о b. MERKANTILIZM IQTISODIY TA’LIMOTI
5.1. Merkantilizm vujudga kelishining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari
«Merkantilizm»
iborasi birinchi bo‘lib Adam Smitning asarlarida
uchraydi. Lug'aviy ma’nosiga ko'ra bu so‘z italyancha bo‘lib, savdogar
mazmuniga ega. Bu so‘z yangi ta’limotning mazmun va mohiyatini
o‘zida aks ettiradi.
Uzoq yillar davomida boylikning, xalq moddiy farovonligining asosi
mehnat, yer, dehqonchilik va chorvachilik, hunarmandchilikda deb
kelinar edi. Lekin XV asrga kelib, ahvol keskin o‘zgardi. Bu ta’limotning
kelib chiqishiga bir qancha ijtimoiy-iqtisodiy sabablar turtki bo‘ldi.
Awalo, feodal tuzumning yemirilishi, tovar-pul munosabatlarining
o‘sishi, fan va madaniyatning rivoji, ayniqsa, yangi yerlaming ochilishi,
buyuk geografik kashfiyotlar, mustamlakachilik tizimining paydo
bo'lishi, ayniqsa, savdo-sotiqning rivojiga turtki bo'ldi. Noekvivalent
savdo tufayli metropoliya koloniyalar hisobiga beqiyos boyidi. Ana shu
o'zgarishlami asoslab beruvchi iqtisodiy ta’Iimot — merkantilizm yuzaga
keldi va muomala sohasini o‘rganish bilan shug‘ullandi. Merkantilizm
sinfiy jihatdan savdo kapitalini himoya qildi. Shu daviga kelib Yevropada
oltin va kumush qahatchiligi boshlandi. «Hindistonda nodir metallar
ko‘p» degan mish-mishlar va u yerdagi mavjud ziravorlar insonlami
yangi yerlar ochish, yangi boylik makonlarini izlab topishga otlantirdi.
Pul vazifasini bajaigan nodir metallar (hali qog'oz pul yo‘q), ulaming
kuch-qudrati hammani oyoqqa turg'azdi, insonni o‘ylashga, ixtirolar
qilishga, harakatga undadi. Oqibatda, suvda kemalar orqali xavfli yo‘lga
otlanish taraddudi boshlandi, xaritalar tuzildi, kompas kashf etildi,
kerakli odamlar, asbob-anjom, suv, oziq-ovqat, qurol-yarog* to'plandi.
Merkantilistik siyosat ham ishlab chiqildi. Uning bosh vazifasi davlatga
ko‘proq oltin va kumush keltirish deb bilindi. Bu davrda pul sifatida
qimmatbaho metallar - oltin va kumush ishlatilgan, shu sababli oltin
va kumush zaxiralarini ko‘paytirish borasida ma’lum iqtisodiy siyosatlar
ishlab chiqarildi.
1492-yilda portugaliyalik
Do'stlaringiz bilan baham: |